1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
KORXONALARDA XALQARO STANDARTLARGA MUVOFIQ BOʻLGAN SIFATNI BOSHQARISH TIZIMLARINI JORIY ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va koʻrsatiladigan xizmatlarning tashqi va ichki bozorlarda raqobatbardoshliligini yanada oshirish, respublikaning eksport salohiyatini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-avgustdagi 183-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 348-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari mazkur qarorga 1-ilovaga* kiritilgan korxonalar boʻyicha sifatni boshqarish tizimlarini bosqichma-bosqich ishlab chiqish, joriy etish va sertifikatlashtirish tadbirlarining tarmoq dasturlarini ikki hafta muddatda tasdiqlasinlar.
Sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish va sertifikatlashtirishning tahliliga oid masalalarni Komplekslarning har chorakdagi majlislarida muntazam koʻrib chiqish Vazirlar Mahkamasi komplekslari ish amaliyotiga joriy etilsin.
Ish yakunlarini chiqarishda boshqaruvning barcha darajalarida sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish boʻyicha koʻrsatkichlardan rahbarlar ishini baholash mezonlaridan biri sifatida foydalanilsin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.15.00 Mahsulot sifati xavfsizligi, belgilangan normalarga va savdo qoidalariga rioya etish ustidan nazorat]
3. Sifatni boshqarish tizimlari joriy etilishini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus ishchi guruh tashkil etilsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-avgustdagi 183-sonli qarori tahririda— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 348-modda)
Quyidagilar ishchi guruhining asosiy vazifalari etib belgilansin:
respublika korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish va mahsulotlarni oʻz vaqtida sertifikatlash ishlarini muvofiqlashtirish;
ishlab chiqaruvchi korxonalarda sifatni boshqarish tizimlarini oʻz vaqtida ishlab chiqish, joriy etish va sertifikatlash bilan bogʻliq jarayonlarning muntazam monitoringini amalga oshirish;
sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish tadbirlarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va boshqa donor tashkilotlarning grantlarini jalb etishda ishlab chiqaruvchi korxonalarga koʻmaklashish;
xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimini joriy etgan ishlab chiqaruvchi korxonalarni ragʻbatlantirishga doir takliflar ishlab chiqish.
4. Belgilansinki, daromad (foyda) soligʻini hisoblashda yuridik shaxslarning soliq solinadigan daromadi (foydasi) sifatni boshqarish tizimlari joriy etilishi va ularni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladigan investitsiyalar summasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda kamaytiriladi.
5. Sinov laboratoriyalariga ega boʻlgan korxonalar tomonidan chetdan olib kelinadigan, mahsulotlarni laboratoriyada tekshirish va test sinovidan oʻtkazishda foydalaniladigan texnologiya asbob-uskunalari bojxona toʻlovlaridan, shu jumladan qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinsin (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno).
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-avgustdagi 183-sonli qarori tahririda— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 348-modda)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.15.00 Mahsulot sifati xavfsizligi, belgilangan normalarga va savdo qoidalariga rioya etish ustidan nazorat]
6. “Oʻzstandart” agentligi xalqaro sifat standartlarini joriy etgan korxonalar reyestrini tashkil etsin va uning ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda eʼlon qilinishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.08.00 Fan-texnika faoliyati]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga texnika sohasi oʻquv yurtlarida “sifat menejeri” yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar tayyorlash dasturini joriy etish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.15.00 Mahsulot sifati xavfsizligi, belgilangan normalarga va savdo qoidalariga rioya etish ustidan nazorat;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang);
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
8. “Oʻzteleradio” kompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi korxonalarning ishlab chiqarishlarda sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish boʻyicha tajribasini ommaviy axborot vositalarida keng yoritsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-avgustdagi 183-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 34-35-son, 348-modda)