toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjat 21.07.2004 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 21-iyul,
346-son
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 21-iyuldagi 346-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus koʻrsatish va uni ragʻbatlantirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1995-yil 14-fevraldagi 55-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 2-son, 3-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 1995-yil 15-sentabrdagi 361-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 9-son, 34-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tugatish tartibi toʻgʻrisida” 1997-yil 2-iyuldagi 336-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 24-modda) 5-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 1999-yil 7-iyuldagi 334-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 36-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1999-yil 14-sentabrdagi 427-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 53-modda) ilovaning 7-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 5-iyundagi 214-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 27-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2001-yil 27-iyundagi 276-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 34-modda) ilovaning 6-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 22-avgustdagi 347-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 8-son, 47-modda) 2-ilovaning 3-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 29-son, 335-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda)