Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-son “Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2014-yil 15-apreldagi 5-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2584, 2014-yil 15-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 20-son, 237-modda) bilan tasdiqlangan Odamning immunitet tanqisligi virusiga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish qoidalarining
28-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Tekshiruvdan oʻtayotgan shaxsni gʻayriixtiyoriy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uning roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qaroriga yoki sud ajrimiga koʻra amalga oshiriladi.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.