toggle_night_mode
Hujjat 02.09.2004 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLARNI ROʻYXATDAN OʻTKAZISHNI HAMDA ULAR TOMONIDAN SAVDO FAOLIYATI AMALGA OSHIRILISHINI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Yuridik va jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishda hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishida ularga qoʻyiladigan talablarni birxillashtirish, savdo korxonalarining savdo operatsiyalari yuzasidan iqtisodiy va mulkiy javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2002-yil 1-dekabrdan boshlab ulgurji savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar amalga oshiriladigan savdo operatsiyalari yuzasidan iqtisodiy va mulkiy javobgarlikni taʼminlaydigan miqdorlarda ustav jamgʻarmasiga va boshqa aktivlarga ega boʻlishi shart boʻlgan tartib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Shundan kelib chiqqan holda belgilab qoʻyilsinki, ixtiyorida tegishli moddiy-texnik bazaga (oʻz omborxonalariga va asbob-anjomlariga) ega boʻlgan hamda roʻyxatdan oʻtkazish vaqtida eng kam oylik ish haqining kamida 4600 baravari, shundan — pul mablagʻlari eng kam oylik ish haqining kamida 1530 baravari miqdoridagi ustav jamgʻarmasini shakllantirgan yuridik shaxslar ulgurji savdoni amalga oshirishga ruxsat guvohnomasi olish huquqiga egadirlar.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 340-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 29-son, 331-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, buyum bozorlarida import isteʼmol tovarlari bilan chakana savdo qilish tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan hamda “erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtirilgan yuk bojxona deklaratsiyasi, muvofiqlik sertifikatlari mavjud boʻlganda, bojxona toʻlovlari va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganda import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasiga ega boʻlgan jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 395-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda import isteʼmol tovarlarini olib kelish va ularni bojxonada rasmiylashtirish jismoniy shaxslar — yakka tartibdagi tadbirkorlarning oʻzlari tomonidan amalga oshirilishi shart.
Chakana savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar belgilangan tartibda daromadlar va tovar operatsiyalari hisobini yuritishlari shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar daromadlarini va tovar operatsiyalarini hisobga olish tartibini oʻn kun muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
3. Ulgurji va chakana savdo faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Shaharlar va tumanlar hokimliklarining bolalar, oʻquv va tibbiyot muassasalari yaqinida joylashgan doʻkonlarda alkogolli mahsulotlar sotishga ruxsat guvohnomalari berishi taqiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari 2003-yil 1-yanvargacha savdo faoliyati bilan shugʻullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar qayta roʻyxatdan oʻtkazilishini, ularning hujjatlari va savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomalari mazkur qaror talablariga qatʼiy muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 26-noyabr,
407-son
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qaroriga
ILOVA
Ulgurji va chakana savdo faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan yagona yondashuvlar va talablarni taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan hamda yuridik shaxslar tomonidan ulgurji savdoni roʻyxatdan oʻtkazish va amalga oshirish tartibini, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chakana savdoni roʻyxatdan oʻtkazish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom oʻzlari mahsulot ishlab chiqaruvchi va sotuvchi yuridik shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizomda foydalaniladigan asosiy tushunchalar va taʼriflar:
bozor — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan joylarda va belgilangan qoidalar boʻyicha savdo faoliyatini amalga oshirish uchun moʻljallangan, belgilangan tartibda ana shunday maqom olgan doimiy yoki vaqtinchalik asosda faoliyat koʻrsatadigan mulkiy kompleks;
ulgurji savdo — savdo sohasida tovarlarning yirik turkumlarini oʻzaro hisob-kitoblarning naqd pulsiz shakli boʻyicha, uni tijorat tadbirkorlik faoliyati maqsadida yoki oʻz ishlab chiqarish — xoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalanishni moʻljallayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
chakana savdo — savdo sohasida yakuniy isteʼmol uchun, undan tijorat maqsadlarida foydalanish huquqisiz aholiga tovarlarni donalab yoki koʻp boʻlmagan miqdorlarda naqd pulga sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
turgʻun chakana savdo shoxobchasi — joylardagi davlat hokimiyati organlari qarori bilan ajratilgan yer uchastkalaridagi Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi organlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha qurilgan, sanitariya va yongʻin xavfsizligi normalari va talablariga javob beradigan, savdo zaliga, savdo asbob-anjomlariga hamda tovarlarni saqlash, sortlarga ajratish va qadoqlash uchun xonalarga ega boʻlgan, shuningdek nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlangan obyekt (bino, inshoot).
Keyingi tahrirga qarang.
II. Ulgurji savdoni roʻyxatdan oʻtkazish va amalga oshirish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
3. Ulgurji savdo bilan yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, ular faqat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi tumanlar (shaharlar) hokimliklarida ulgurji savdoni amalga oshirish huquqiga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ruxsat guvohnomasi olgan taqdirda shugʻullanishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqiga ruxsat guvohnomasini olish uchun yuridik shaxslar soliq toʻlovchi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi tuman (shahar) hokimligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari zarur:
ariza;
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
ustavning “ulgurji savdo” faoliyat turi koʻrsatilgan, notarial tasdiqlangan nusxasi;
yuridik shaxsda tegishli moddiy-texnik bazaning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;
arizada koʻrsatilgan muddat mobaynida ulgurji savdoni amalga oshirish huquqi uchun mahalliy yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi bank hujjatining nusxasi;
ustav jamgʻarmasining mazkur Nizomda talab qilingan pul mablagʻlari toʻlanganligini tasdiqlovchi bank hujjatining nusxasi.
5. Ruxsat guvohnomasi yuridik shaxslarga faqat ulgurji savdoni amalga oshirish uchun moddiy-texnik baza — tovarlarning saqlanishini, turkumlanishini, sortlarga ajratilishini va butlanishini taʼminlovchi oʻz omborxonalari va asbob-anjomlari mavjud boʻlganda berilishi mumkin.
Boshqa joyda joylashgan qoʻshimcha omborxonalar mulk sifatida sotib olinganda yoki ijaraga olinganda ulgurji tashkilot bu haqda ruxsat guvohnomasi bergan organni va davlat soliq xizmati organini bir hafta muddatda yozma ravishda xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Ruxsat guvohnomasi eng kam oylik ish haqining kamida 4600 baravari, shundan pul mablagʻlari — eng kam oylik ish haqining kamida 1530 baravari miqdoridagi ustav jamgʻarmasini shakllantirgan yuridik shaxslarga beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 340-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 29-son, 331-modda)
7. Ruxsat guvohnomasi arizada koʻrsatilgan, biroq uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.
8. Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan ulgurji savdoni amalga oshirish qoidalari buzilganligi aniqlangan taqdirda ruxsat guvohnomasi davlat soliq xizmati organi taqdimnomasiga koʻra uni bergan tuman (shahar) hokimligi tomonidan qaytarib olinishi mumkin.
9. Ruxsat guvohnomasining amal qilishi oy mobaynida savdo aylanmasi mavjud boʻlmaganda davlat soliq xizmati organi taqdimnomasiga koʻra, xizmat koʻrsatuvchi bank axboroti asosida toʻxtatib turilishi mumkin. Ruxsatnomani bergan tuman (shahar) hokimligi tovarlar sotib olish va sotish yuzasidan shartnomalar, shuningdek ushbu tovarlarni sotib olish uchun pul mablagʻlari manbalari mavjud boʻlgan taqdirda ruxsat guvohnomasining amal qilishini tiklashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Tovarlar faqat tuzilgan shartnomalar asosida va oʻzaro hisob-kitoblarning naqd pulsiz shaklida quyidagilarga ulgurji sotilishi mumkin:
nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlangan turgʻun savdo tarmogʻiga ega boʻlgan yuridik shaxslarga;
maxsus isteʼmolchilarga, davlat taʼminoti muassasalariga, davlat taʼminoti muassasalarini taʼminlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan savdo firmalariga;
oʻz ishlab chiqarish — xoʻjalik faoliyati uchun yuridik shaxslarga;
faqat yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlar sifatida roʻyxatdan oʻtishgan va nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlangan turgʻun chakana savdo uchun shart-sharoitlar mavjud boʻlgan taqdirda kichik turkumlar bilan jismoniy shaxslarga.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Chakana savdo bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga ulgurji sotishda shartnomaga sotib oluvchi roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organining turgʻun savdo shoxobchasi mavjudligi va nazorat-kassa mashinasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi ilova qilinishi kerak.
Tovarlar kichik turkumlar bilan turgʻun savdo shoxobchalari orqali chakana savdo bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarga sotilgan taqdirda shartnomaga sotib oluvchi roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organining turgʻun savdo shoxobchasi mavjudligi va nazorat-kassa mashinasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi ilova qilinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Ulgurji savdoni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Yuridik shaxslar tomonidan chakana savdoni roʻyxatdan oʻtkazish va amalga oshirish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
13. Yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar chakana savdo bilan faqat turgʻun chakana savdo shoxobchasi joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimliklarida chakana savdoni amalga oshirishga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ruxsat guvohnomasi olgan taqdirda shugʻullanishi mumkin.
14. Chakana savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasini olish uchun yuridik shaxslar turgʻun savdo shoxobchasi joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
ariza;
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
ustavning “chakana savdo” faoliyat turi koʻrsatilgan, notarial tasdiqlangan nusxasi;
yuridik shaxsda tegishli moddiy-texnik bazaning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;
nazorat-kassa mashinasi oldindan roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organining maʼlumotnomasi;
chakana savdoni amalga oshirish huquqi uchun mahalliy yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi bank hujjatining nusxasi.
15. Ruxsat guvohnomasi yuridik shaxslarga faqat tovarlarning saqlanishini, turkumlanishini, sortlarga ajratilishini va chakana sotish uchun qadoqlanishini taʼminlovchi savdo asbob-anjomlari, shuningdek nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlangan oʻzining yoki boshqa yuridik shaxslardan ijaraga olingan chakana savdo obyektlari mavjud boʻlganda berilishi mumkin.
16. Ruxsat guvohnomasi har bir turgʻun chakana savdo shoxobchasiga arizada koʻrsatilgan, biroq ikki yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.
17. Chakana savdoni amalga oshirish qoidalari xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan buzilganligi aniqlangan taqdirda ruxsat guvohnomasi uni bergan tuman (shahar) hokimligi tomonidan davlat soliq xizmati organlari taqdimnomasiga koʻra qaytarib olinishi mumkin.
18. Ruxsat guvohnomasining amal qilishi hafta mobaynida savdo aylanmasi mavjud boʻlmagan yoki naqd pul tushumini inkassatsiya qilish qoidalari buzilgan taqdirda davlat soliq xizmati organi taqdimnomasiga koʻra, xizmat koʻrsatuvchi bank axboroti asosida toʻxtatib turilishi mumkin. Ruxsatnomani bergan tuman (shahar) hokimligi ruxsat guvohnomasining amal qilishini tovarlarni sotib olish va sotish yuzasidan shartnomalar, shuningdek ushbu tovarlarni sotib olishga pul mablagʻlari manbalari mavjud boʻlgan taqdirda tiklashi mumkin.
Taʼmirlash ishlari oʻtkazilishi munosabati bilan, shuningdek boshqa shunga oʻxshash hollarda faoliyat vaqtinchalik toʻxtatib turilgan taqdirda, yuridik shaxs ruxsat guvohnomasi bergan tegishli organni va davlat soliq xizmati organini yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Tovarlarni chakana sotish yuridik shaxslar tomonidan faqat turgʻun savdo shoxobchalari orqali, nazorat-kassa mashinalarini majburiy qoʻllangan holda amalga oshirilishi mumkin. Chakana savdoni koʻchma ravishda (doʻkonchalarda) amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi, salqin ichimliklar va muzqaymoqlar sotish bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Koʻchma savdoni faqat yuridik shaxslar tomonidan joylardagi davlat hokimiyati organlarining savdoni amalga oshirishning aniq muddatlari va joylari koʻrsatilgan holdagi ruxsatnomalari asosida, shuningdek tantanalar kunlarida, savdo xizmati koʻrsatish yuzasidan yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida, shartnomada koʻchma savdoga qoʻyiladigan tovarlar turlari va miqdorini koʻrsatgan holda amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlarni naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha sotish chakana savdo korxonalari tomonidan oʻtgan oydagi oylik tovar aylanmasi umumiy hajmining 10 foizi doirasida amalga oshirilishi mumkin. Bunda tovarlar sotilishini hisoblab chiqish har bir oy boʻyicha alohida amalga oshiriladi. Tovarlarni oldingi oylar hisobiga sotishga yoʻl qoʻyilmaydi. Savdo tashkilotlariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari tovarlarni naqd pulsiz berish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirishda mazkur talablarga amal qilsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Chakana savdo korxonalariga tovarlarni tovar aylanmasi umumiy hajmining 10 foizidan ortiqcha naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha faqat ijtimoiy soha tashkilotlari va muassasalari (bolalar, davolash muassasalari, qariyalar uylari, bolalar uylari, nogironlar uylari, oʻquv va maʼrifat yurtlari)ga sotishga ruxsat beriladi.
(19-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-son qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 187-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar tovarlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarga, qonun hujjatlarida belgilangan holda sotish joylarida sotilayotgan tovarlarning muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlishlari shart. Sotiladigan tovarlar vitrinalarga qoʻyilgan boʻlishi va kelib chiqqan mamlakati, ishlab chiqaruvchisi va narxi koʻrsatilgan narxnomalarga ega boʻlishi kerak. Yaroqlilik muddatiga ega boʻlgan tovarlarni sotish chogʻida narxnomalarda yaroqlilik muddati ham koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 345 — 347-moddalari.
IV. Yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chakana savdoni roʻyxatdan oʻtkazish va turgʻun chakana savdo shoxobchalari orqali amalga oshirish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
22. Yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar chakana savdo bilan faqat turgʻun chakana savdo shoxobchasi joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimliklaridan chakana savdoni amalga oshirish huquqiga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ruxsat guvohnomasi olgan taqdirda shugʻullanishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Chakana savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasini olish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar turgʻun savdo shoxobchasi joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
yakka tartibdagi tadbirkor chakana sotishni moʻljallayotgan tovarlar guruhlari koʻrsatilgan ariza;
jismoniy shaxsning yuridik shaxs boʻlmasdan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
yakka tartibdagi tadbirkorda chakana savdo faoliyatini amalga oshirish uchun moddiy-texnik bazaning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;
nazorat-kassa mashinasi oldindan roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organining maʼlumotnomasi;
chakana savdoni amalga oshirish huquqi uchun mahalliy yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi bank hujjatining nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Ruxsat guvohnomasi yakka tartibdagi tadbirkorlarga faqat tovarlarning saqlanishini, sortlarga ajratilishini va chakana sotish uchun qadoqlanishini taʼminlovchi oʻzining yoki boshqa yuridik shaxslardan ijaraga olingan, savdo asbob-anjomlari bilan jihozlangan chakana savdo obyektlari mavjud boʻlganda berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Ruxsat guvohnomasi faqat yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan uning chakana savdoni amalga oshirish tartibi, savdo qoidalari, chakana savdo sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, keltirilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi, shuningdek qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlik choralari bilan tanishligi yozma ravishda tasdiqlangandan keyin beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Ruxsat guvohnomasida ushbu guvohnoma bilan chakana sotishga ruxsat berilgan tovarlar turkumlari majburiy tartibda koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka tartibdagi tadbirkorning oʻzi tomonidan import qilingan tovarlarni sotishda ruxsat beruvchi guvohnoma faqat roʻyxatdan oʻtkazish joyi boʻyicha davlat soliq inspeksiyasi tomonidan berilgan import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasi mavjud boʻlganda haqiqiydir.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 395-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
27. Ruxsat guvohnomasi arizada koʻrsatilgan muddatga, lekin bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Ruxsat guvohnomasi savdo qoidalari buzilishlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlari taqdimnomasiga koʻra qaytarib olinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Ruxsat guvohnomasining amal qilishi hafta mobaynida savdo aylanmasi mavjud boʻlmagan yoki naqd pul tushumini inkassatsiya qilish qoidalari buzilgan taqdirda davlat soliq xizmati organi taqdimnomasiga koʻra, xizmat koʻrsatuvchi bank axboroti asosida toʻxtatib turilishi mumkin. Ruxsatnomani bergan tuman (shahar) hokimligi ruxsat guvohnomasining amal qilishini tuzilgan shartnomalar boʻyicha tovarlar olinganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan taqdirda tiklashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Tovarlarni chakana sotish yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan faqat turgʻun savdo tarmoqlari orqali, nazorat-kassa mashinalari majburiy qoʻllangan holda amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Chakana savdoni turgʻun savdo tarmoqlari orqali amalga oshirishda tovarlarni savdo shoxobchasidan tashqarida, shu jumladan doʻkonchalar orqali sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarga, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda sotish joylarida sotilayotgan tovarlarning muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlishlari shart. Sotiladigan tovarlar vitrinalarga qoʻyilgan boʻlishi va kelib chiqqan mamlakati, ishlab chiqaruvchisi va narxi koʻrsatilgan narxnomalarga ega boʻlishi kerak. Yaroqlilik muddatiga ega boʻlgan tovarlarni sotish chogʻida narxnomalarda yaroqlilik muddati ham koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 345 — 347-moddalari.
V. Yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chakana savdoni roʻyxatdan oʻtkazish va buyum bozorlarida amalga oshirish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar buyum bozorlarida chakana savdoni faqat quyidagilar boʻyicha amalga oshirish huquqiga egadirlar:
ilgari foydalanilgan tovarlar;
yakka tartibdagi tadbirkorlarning bevosita oʻzlari tomonidan keltirilgan import tovarlar;
oʻzlari tayyorlagan (sotilishi taqiqlanmagan) tovarlar;
ushbu tovarlarni ishlab chiqargan boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlardan sotib olingan tovarlar;
vatanimiz tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar ularning qonuniy tarzda sotib olinganligini tasdiqlovchi barcha hujjatlar mavjud boʻlganda hamda ular nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlangan turgʻun savdo shoxobchalari orqali sotilganda.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-oktabrdagi 467-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 196-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
35. Buyum bozorlarida chakana savdoni amalga oshirmoqchi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkor ruxsat guvohnomasi olish uchun buyum bozori joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimligiga quyidagilarni taqdim etishi zarur:
yakka tartibdagi tadbirkor chakana savdoda sotishni moʻljallayotgan tovarlar guruhlari koʻrsatilgan ariza;
yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchining jismoniy shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
buyum bozori maʼmuriyatidan yakka tartibdagi tadbirkorga savdo joyi berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
chakana savdo huquqiga mahalliy yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi bank hujjati nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Ruxsat guvohnomasi faqat yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan uning buyum bozorlarida chakana savdoni amalga oshirish tartibi, savdo qoidalari, chakana savdo sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, keltirilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi, shuningdek qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlik choralari bilan tanishligi yozma ravishda tasdiqlangandan keyin beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Ruxsat guvohnomasida ushbu guvohnoma bilan chakana sotishga ruxsat berilgan tovarlar guruhlari majburiy tartibda koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka tartibdagi tadbirkorning oʻzi tomonidan import qilingan tovarlarni sotishda ruxsat beruvchi guvohnoma faqat roʻyxatdan oʻtkazish joyi boʻyicha davlat soliq inspeksiyasi tomonidan berilgan import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasi mavjud boʻlganda haqiqiydir.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 395-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
38. Ruxsat guvohnomasi arizada koʻrsatilgan muddatga, lekin uch oydan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Ruxsat guvohnomasi savdo qoidalari buzilishlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlari taqdimnomasiga koʻra qaytarib olinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Buyum bozorlarida tovarlarni chakana sotish yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan nazorat-kassa mashinalari qoʻllamasdan, daromadlar hisobini majburiy ravishda yuritgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda tijorat maqsadida olib kelingan tovarlarni sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar kunlik tushumni belgilangan tartibda bank muassasalarining kassasiga topshirishi shart.
(40-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 395-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Import tovarlarni chakana savdoda sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkor yuridik shaxs boʻlmasdan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida, eksport-import operatsiyalarini va chakana savdoni amalga oshirish huquqi bilan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi kerak hamda uning roʻyxatdan oʻtkazish joyi boʻyicha davlat soliq inspeksiyasi tomonidan berilgan import operatsiyalar subyektining hisobga olish kartasiga, shuningdek respublika hududiga tovarlar keltirganligini va ularning bojxonada rasmiylashtirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga, muvofiqlik sertifikatlariga, yagona bojxona toʻlovi va belgilangan soliq toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlishi shart.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 395-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
42. Oʻzi tayyorlagan tovarlarni chakana sotishni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar ishlab chiqarish sharoitlarining mavjudligini tasdiqlovchi va davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlangan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan berilgan hujjatlarga ega boʻlishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Mazkur tovarlarni ishlab chiqargan boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlardan sotib olingan tovarlarni chakana sotishni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar yakka tartibdagi tadbirkor-ishlab chiqaruvchi bilan tuzilgan sotilayotgan tovarlarning oldi-sotdi shartnomasiga ega boʻlishlari shart. Shartnomada quyidagi rekvizitlar majburiy tartibda koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
yakka tartibdagi tadbirkorlar — sotuvchi va sotib oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi;
yakka tartibdagi tadbirkorlarning — sotuvchi va sotib oluvchi pasportlarining seriyasi, tartib raqami va berilgan sanasi;
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarning tartib raqami va berilgan sanasi hamda guvohnomani bergan davlat hokimiyati organlari;
soliq toʻlovchilarning va roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq inspeksiyasining indentifikatsiya raqamlari;
Keyingi tahrirga qarang.
bank muassasasida hisob raqamlari mavjud boʻlgan taqdirda bank rekvizitlari.
44. Buyum bozorlarida chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Ushbu Nizomga rioya etilishi yuzasidan javobgarlik va nazorat
45. Savdo faoliyatini ruxsat guvohnomasisiz yoxud uning amal qilishi toʻxtatib turilgan yoki u olib qoʻyilgan davrda amalga oshirish faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirish hisoblanadi va buning uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qoʻllanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
46. Buyum bozorlarida chakana savdoni amalga oshirayotgan va yuridik shaxs boʻlmasdan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat soliq inspeksiyasida davlat roʻyxatidan oʻtmagan, tadbirkorlik faoliyati uchun tovarlar olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor sotadigan joylarda import tovarlar mavjud boʻlishi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qoʻllanilgan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan faoliyat sifatida qaraladi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 395-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
47. Savdo qoidalari buzilganda, sanitariya normalari va yongʻin xavfsizligi qoidalari bajarilishi taʼminlanmaganda, savdoni amalga oshirish huquqi uchun yigʻim yoki alohida tovarlar bilan savdoni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya yigʻimi toʻlanmaganda ruxsat guvohnomasi qoida buzilishlari bartaraf etilgunga qadar olib qoʻyilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Ushbu Nizomga rioya etilishini nazorat qilish davlat soliq xizmati organlariga, shuningdek joylardagi davlat hokimiyati organlariga yuklanadi.
(46 va 47 bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qaroriga muvofiq tegishli ravishda 47 va 48-bandlar deb hisoblanadi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 395-modda)
Ulgurji va chakana savdo faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish
va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
_______________________hokimligi

Blankaning seriyasi
‎va tartib raqami

Ulgurji savdoni amalga oshirish huquqi uchun
‎RUXSAT GUVOHNOMASI

200_____ yil___________________ №

___________________________________________________________ga berildi.

.............................(yuridik shaxsning toʻliq nomi)‎‎

Pochta manzili ____________________________________________________
Soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami__________________________________
XXTUT kodi___________________‎‎
______________________________________________________ joylashgan
__________________________________________________________orqali

(baza, ulgurji ombor)

200 __ yil “___”___________gacha ‎‎


‎ulgurji savdoni amalga oshirish
‎huquqi berildi.


‎MOʻ


‎____________ imzo

Keyingi tahrirga qarang.
Ulgurji va chakana savdo faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish
va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
_______________________hokimligi

Blankaning seriyasi
‎va tartib raqami

Chakana savdoni amalga oshirish huquqi uchun
‎ RUXSAT GUVOHNOMASI

200_____ yil___ _________ №

____________________________________________________________ga berildi.

.............................................‎ (yuridik shaxsning toʻliq nomi)‎‎

Pochta manzili___________________________________________________________
Soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami________________________________________
XXTUT kodi_____________________‎‎

_______________________________________joylashgan turgʻun savdo shoxobchasi orqali

200 ____ yil “____”____________gacha

chakana savdoni amalga oshirish
‎huquqi berildi.

Nazorat-kassa mashinasi ______________________________ davlat soliq inspeksiyasida ‎
‎‎____________ tartib raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan. ‎‎‎

MOʻ

____________ imzo

Izoh. Ruxsat guvohnomasi har bir savdo shoxobchasi uchun alohida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ulgurji va chakana savdo faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
3-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
_______________________hokimligi
‎‎

Blankaning seriyasi
‎va tartib raqami

Chakana savdoni amalga oshirish huquqi uchun
‎RUXSAT GUVOHNOMASI




‎Surat oʻrni

200_____ yil___ _________ №

‎‎
‎‎
__________________________________________________________________ga berildi.‎

(yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi)

Pochta manzili ______________________________________________________‎‎
‎‎Pasport seriya___________________ № ________________________tomonidan berilgan
Soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami__________________________

‎___________________________________________________________ joylashgan

(chakana savdo turgʻun savdo shoxobchasi orqali amalga oshirilganda toʻldiriladi)

turgʻun savdo shoxobchasi orqali

200 ____ yil “___”___________________gacha

Quyidagi______________________________________________________________
‎‎_____________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________
___________________________________________tovar guruhlari bilan


‎chakana savdoni amalga oshirish huquqi berildi.

‎‎Nazorat-kassa mashinasi __________________________ davlat soliq inspeksiyasida
‎ ____________ tartib raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan.


‎MOʻ‎


‎____________ imzo

Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 22-son, 179-modda; 2003-y., 20-son, 187-modda, 20-son, 196-modda; 2004-y., 29-son, 331-modda, 34-35-son, 395-modda, 45-46-son, 469-modda, 52-son, 523-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 22-son, 195-modda, 46-47-son, 458-modda; 2007-y., 17-18-son, 182-modda, 52-son, 534-modda; 2008-y., 20-21-son, 177-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda, 22-son, 258-modda; 2010-y., 23-son, 187-modda; 2011-y., 45-46-son, 470-modda; 2012-y., 35-son, 403-modda; 2015-y., 29-son, 383-modda; 2016-y., 23-son, 266-modda, 2016-y., 37-son, 434-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 09/19/201/2731-son, 14.03.2019-y., 09/19/216/2764-son, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.05.2020-y., 09/20/288/0600-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; 31.12.2020-y., 09/20/833/1704-son; 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2021-y., 09/21/485/0747-son, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son; 02.04.2022-y., 09/22/148/0262-son; 26.05.2025-y., 07/25/190/0464-son; 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)