Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining
Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-son “Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qaror qiladi:
1. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2015-yil 30-oktabrdagi 6 va k-8-son qarori (roʻyxat raqami 2736, 2015-yil 1-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2015-y., 48-son, 610-modda) bilan tasdiqlangan Maishiy isteʼmolchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Hisobga olish pribori ekspert tekshiruvidan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruv, tergov, prokuratura organlari yoxud sudning qaroriga (ajrimiga), asosan oʻtkazilishi mumkin.”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.