Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi bosh direktorining
Oʻzbekiston Respublikasi “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2009-yil 24-iyundagi 72-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1988, 2009-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 30-31-son, 353-modda) bilan tasdiqlangan Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarining 29-bandi
ikkinchi xatboshisidagi “muhr bilan” degan soʻzlardan keyin “(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.