toggle_night_mode
Hujjat 13.11.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-iyundagi PQ-3077-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 10-noyabr,
PF-5231-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-noyabrdagi PF-5231-son Farmoniga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 26-martdagi “Eksport qiluvchi korxonalarni ragʻbatlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirish borasida qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1731-son qarorida:
birinchi xatboshidagi “tovar (ish, xizmat) ishlab chiqaruvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “ishlab chiqarilgan tovar (ish, xizmat)larni” soʻzlari “oʻz tovar (ish, xizmat)larini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “oʻzida ishlab chiqarilgan” soʻzlari “oʻzlari mulk egasi boʻlgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bandning birinchi xatboshidagi “oʻzi ishlab chiqargan” soʻzlari “oʻzlari mulk egasi boʻlgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 8-avgustdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2022-son qarori 6-bandi “tovarlar” soʻzidan keyin “(yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum va poliz ekinlari bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2699-son qarorida:
a) 8-ilovaning “Toʻlovchilar” ustuni 5-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzlari mulk egasi boʻlgan eksportchi korxonalar uchun tovarlar, ishlar, xizmatlar eksportining (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish joyidan qatʼi nazar) erkin ayirboshlanadigan valyutadagi ulushi quyidagilarni tashkil etadi:
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3351-son qarori bilan tasdiqlangan roʻyxatda keltirilgan xomashyo tovarlari bundan mustasno)”;
b) 101-ilovaning “Toʻlovchilar” ustuni 8-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzlari mulk egasi boʻlgan yuridik shaxslar uchun tovarlar, ishlar, xizmatlar eksportining (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish joyidan qatʼi nazar) erkin ayirboshlanadigan valyutadagi ulushi quyidagilarni tashkil etadi***:
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3351-son qarori bilan tasdiqlangan roʻyxatda keltirilgan xomashyo tovarlari bundan mustasno)”;
v) 18-ilovaning “Toʻlovchilar” ustuni 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzlari mulk egasi boʻlgan eksportchi korxonalar uchun tovarlar, ishlar, xizmatlar eksportining (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish joyidan qatʼi nazar) erkin ayirboshlanadigan valyutadagi ulushi quyidagilarni tashkil etadi*:
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3351-son qarori bilan tasdiqlangan roʻyxatda keltirilgan xomashyo tovarlari bundan mustasno)”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2017-y., 06/17/5231/0237-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2023-y., 06/23/198/0868-son)