1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni toʻlash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.05.00 Telefon aloqasi;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
2.Iqtisodiyot / Aloqa]
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 6-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2329-5]
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2012-yil 1-fevraldagi 2-yu va 7-son qarori (roʻyxat raqami 2329, 2012-yil 21-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
a) 2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“energoresurslarni nazorat qilish va hisobga olish tizimida foydalaniladigan raqamlar — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan belgilanadigan energoresurslarni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish doirasidagi elektr energiya, tabiiy gaz va boshqa kommunal xizmatlarni hisobga olish asboblarini ulashni taʼminlash uchun uyali aloqa kompaniyalari tomonidan ajratilgan raqamlar.”;