1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.08.00.00 Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar / 19.08.05.00 Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi / 19.08.05.01 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro shartnomalar (bitmlar);
3.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro va xorijiy tashkilotlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
2017-yil mayda Qozon shahrida boʻlib oʻtgan MDH hukumat rahbarlarining Kengashi majlisi davomida Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish sohasida normativ-huquqiy va normativ-texnik boshqarish, muvofiqlikni baholash, standartlashtirish, akkreditatsiya va metrologik taʼminlash boʻyicha yondashuvlarni bir-biriga yaqinlashtirish toʻgʻrisidagi Bitimga muvofiq:
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
1. 2017-yil 26-mayda Qozon shahrida (Rossiya Federatsiyasi) imzolangan atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish sohasida normativ-huquqiy va normativ-texnik boshqarish, muvofiqlikni baholash, standartlashtirish, akkreditatsiya va metrologik taʼminlash boʻyicha yondashuvlarni bir-biriga yaqinlashtirish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (B.V. Gʻulomov) hamda Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligini (A.U. Karimov) ularga taalluqli qismida yuqorida koʻrsatilgan xalqaro shartnomaning amalga oshirilishi yuzasidan masʼul boʻlgan vakolatli organlar etib belgilansin.
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish sohasida normativ-huquqiy va normativ-texnik boshqarish, muvofiqlikni baholash, standartlashtirish, akkreditatsiya va metrologik taʼminlash boʻyicha mazkur Bitim ishtirokchi-davlatlarining yondashuvlarini yaqinlashtirish Bitimning 2-moddasiga muvofiq ushbu yoʻnalishlar boʻyicha faoliyatni belgilovchi Tomonlarning qoʻshimcha bitimlarni qabul qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi (A.X. Komilov) Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillarini bajarganligi toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.S. Sultonov) ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov, Bosh vazir oʻrinbosari — “Oʻzagrosanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi B.V. Gʻulomov va “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A.U. Karimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV