1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilari va ularning trenerlarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PQ-3196-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek sportchi va trenerlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda ularning salomatligini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlariga toʻlanadigan umrbod oylik toʻlovlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlagan trenerlarga toʻlanadigan bir martalik pul mukofotlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlarining salomatligini sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, bir martalik pul mukofotlari nufuzli xalqaro sport musobaqalarida 2018-yil 1-yanvardan boshlab yuksak natijalarga erishgan sportchilarning trenerlariga beriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi R.D. Kurbanov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-oktabr,
878-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-oktabrdagi 878-son qaroriga 1-ILOVA
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlariga toʻlanadigan umrbod oylik toʻlovlar toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar uchun umrbod oylik toʻlovlarni (keyingi oʻrinlarda umrbod oylik toʻlovlar deb ataladi) tayinlash, toʻlash, miqdorini oshirish va toʻlashni toʻxtatish tartibini belgilaydi.
2. Umrbod oylik toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor sportchilarga (keyingi oʻrinlarda sportchi deb ataladi) toʻlanadi.
3. Sportchilarga toʻlanadigan umrbod oylik toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) taqdimnomasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishiga asosan amalga oshiriladi.
4. Umrbod oylik toʻlovni olish uchun sportchilar har yili 1-dekabrga qadar quyidagi hujjatlarni Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) taqdim etadi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib yoki sovrindor boʻlganini tasdiqlovchi diplom nusxasi (diplom boʻlmagan taqdirda Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, Xalqaro paralimpiya qoʻmitasining tasdiqlovchi hujjati).
5. Vazirlik ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni uch kun ichida oʻrganib chiqadi, umumlashtiradi hamda sportchilarga umrbod oylik toʻlovlar tayinlash toʻgʻrisida Respublika komissiyasiga takliflar kiritadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
6. Respublika komissiyasi Vazirlikning takliflarini uch kun ichida oʻrganib chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga sportchilarga umrbod oylik toʻlovlar tayinlash toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarga umrbod oylik toʻlovlarni tayinlash toʻgʻrisida farmoyishi qabul qilingandan soʻng Vazirlik sportchiga bir kun ichida bu haqida yozma ravishda maʼlum qiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
8. Umrbod oylik toʻlov tayinlangan sportchining familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, doimiy yashash manzili oʻzgargan taqdirda, sportchi bu haqida 10 kun muddatda Vazirlikka yozma ravishda xabar berishi lozim.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
9. Umrbod oylik toʻlov Vazirlik tomonidan sportchiga quyidagi miqdorda toʻlanadi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
oltin medal uchun — eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdorida;
kumush medal uchun — eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida;
bronza medali uchun — eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida.
11. Sportchilar uchun toʻlanadigan umrbod oylik toʻlovlar Vazirlikka Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Milliy olimpiya qoʻmitasi mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan moliyalashtiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
4-bob. Umrbod oylik toʻlovning miqdorini oshirish yoki uni toʻlashni toʻxtatish asoslari
12. Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida sovrindor boʻlganligi uchun umrbod oylik toʻlovlar tayinlangan sportchilar kelgusi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib boʻlgan taqdirda yoki Xalqaro olimpiya qoʻmitasi va Xalqaro paralimpiya qoʻmitasining qaroriga muvofiq gʻolib va sovrindor deb topilganda, umrbod oylik toʻlov oshirilgan miqdorda ushbu Nizomning 2-bobida nazarda tutilgan tartibga muvofiq qayta tayinlanadi.
13. Quyidagilar umrbod oylik toʻlov toʻxtatilishiga asos boʻladi:
umrbod oylik toʻlov oladigan sportchi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqarilganda yoki sport musobaqalarida boshqa davlat nomidan ishtirok etganda;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Butunjahon antidoping tashkiloti (WADA) tomonidan taqiqlangan dori vositalari qoʻllagani aniqlanib, Olimpiya va Paralimpiya gʻolib va sovrindorligidan mahrum etilganda;
sud qaroriga muvofiq ozodlikdan mahrum etilganda;
sportchi vafot etganda.
Umrbod oylik toʻlovlar toʻxtatilishi sportchiga avval toʻlangan toʻlovlarni qaytarib olinishiga asos boʻlmaydi.
14. Sportchiga umrbod oylik toʻlov miqdorining oshirilishi yoki toʻxtatilishi Vazirlikning taklifiga asosan Respublika komissiyasining taqdimnomasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishiga asosan amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
15. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
16. Umrbod oylik toʻlovlar uchun ajratilgan budjet mablagʻlarini maqsadli ishlatilishi va toʻgʻri toʻlanishi boʻyicha nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
_____________________________________ (pasport seriyasi, raqami, berilgan sanasi, kim tomonidan berilgan)
ARIZA
Menga Olimpiya (Paralimpiya) oʻyinlarida gʻolib va sovrindor sportchi boʻlganim uchun umrbod oylik toʻlov belgilangan tartibda tayinlanishi masalasini koʻrib chiqishingizni soʻrayman.
Ariza qabul qilingan 20__ yil ____ __________________
________________________________________________ (hujjatni qabul qilib olgan mutaxassis imzosi)
Roʻyxat raqami____________________
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-oktabrdagi 878-son qaroriga 2-ILOVA
Yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlagan trenerlarga toʻlanadigan bir martalik pul mukofotlarini berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Parosiyo oʻyinlarida hamda Olimpiya oʻyinlari dasturlariga kiruvchi sport turlari boʻyicha jahon chempionatlarida gʻolib va sovrindor sportchilarni tayyorlagan trenerlarni (keyingi oʻrinlarda trenerlar deb ataladi) bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
2. Trenerlarni bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) taqdimnomasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishiga asosan amalga oshiriladi.
3. Trenerlarni bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish xarajatlari Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Milliy olimpiya qoʻmitasi mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
2-bob. Bir martalik pul mukofotlarining miqdori va ularni toʻlash tartibi
4. Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
oltin medal — 20 000 AQSH dollari;
kumush medal — 15 000 AQSH dollari;
bronza medal — 10 000 AQSH dollari.
5. Olimpiya oʻyinlari dasturlariga kiruvchi sport turlari boʻyicha jahon chempionatlarida gʻolib va sovrindor sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
oltin medal — 6 000 AQSH dollari;
kumush medal — 3 000 AQSH dollari;
bronza medal — 1 500 AQSH dollari.
6. Osiyo va Parosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
7. Sport turlari boʻyicha federatsiyalar va uyushmalar Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Parosiyo oʻyinlarida hamda Olimpiya oʻyinlari dasturlariga kiruvchi sport turlari boʻyicha jahon chempionatlari yakunlangandan soʻng uch kun ichida mazkur nufuzli xalqaro sport musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar roʻyxatini Vazirlikka taqdim etadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
8. Vazirlik sport turlari boʻyicha federatsiyalar va uyushmalar tomonidan taqdim etilgan trenerlar roʻyxatlarini besh kun ichida oʻrganib chiqadi, umumlashtiradi va trenerlarni bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish toʻgʻrisida Respublika komissiyasiga takliflar kiritadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
9. Respublika komissiyasi Vazirlikning takliflarini uch kun ichida oʻrganib chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga trenerlarni bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlagan trenerlarni ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi farmoyishi qabul qilingandan soʻng Vazirlik, Milliy olimpiya qoʻmitasi bir martalik toʻlanadigan pul mukofotlarini toʻlash uchun chet el valyutasiga ayirboshlash uchun vakolatli bankka oʻtkazib beradi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
11. Vakolatli bank oʻrnatilgan tartibda belgilangan bir martalik pul mukofotlarini gʻolib va sovrindor sportchilarni tayyorlagan trenerlarga Vazirlik va Milliy olimpiya qoʻmitasi taqdim etgan tegishli hujjatlarga asosan AQSH dollarida talab qilib olguncha omonat (depozit) hisobvaragʻiga oʻtkazadi va omonat daftarchasini rasmiylashtirib beradi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
12. Trenerlarga toʻlangan bir martalik pul mukofotlari jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan daromad soligʻisiz amalga oshiriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
13. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
14. Trenerlarga bir martalik pul mukofotlari uchun ajratilgan budjet mablagʻlarini maqsadli ishlatilishi va toʻgʻri toʻlanishi boʻyicha nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-oktabrdagi 878-son qaroriga 3-ILOVA
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlarining salomatligini sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarga (keyingi oʻrinlarda sportchi deb ataladi) sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga yoʻllanmalar ajratish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
2. Sportchilar har yili bir marta oʻzlari uchun maqbul boʻlgan vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga (keyingi oʻrinlarda sanatoriylar deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Milliy olimpiya qoʻmitasi mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan sogʻlomlashtirish kursidan bepul oʻtish huquqiga ega.
3. Sportchilarni sanatoriylarga yuborish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Sportchilar sanatoriylarda sogʻlomlashtirish kursidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan Yoʻllanmalarni taqsimlash rejasiga muvofiq oʻtadilar.
5. Sportchilar keyingi yilga sanatoriyga yoʻllanma olish uchun har yili 1-sentabrgacha Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza;
sportchining pasport nusxasi;
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlganligini tasdiqlovchi diplom nusxasi (diplom boʻlmagan taqdirda Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, Xalqaro paralimpiya qoʻmitasining tasdiqlovchi hujjati).
Yuqoridagi hujjatlar Vazirlikka toʻliq taqdim etilmagan taqdirda sanatoriyga yoʻllanma olish uchun sportchining arizasi qabul qilinmaydi.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Vazirlikka taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq Yoʻllanmalar soʻrab yozilgan arizalarni roʻyxatga olish daftarida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
6. Yoʻllanma unda koʻrsatilgan muddatda haqiqiy hisoblanadi.
Sportchilar salomatligining holatiga yoki boshqa asosli sabablarga koʻra yoʻllanmadan belgilangan muddatda foydalanish imkoniyatiga ega boʻlmagan taqdirda, yoʻllanmaning amal qilish muddati tugashidan kamida ikki hafta oldin Vazirlikka murojaat qilib, yoʻllanma muddatiga oʻzgartirish kiritishlari mumkin. Yoʻllanmada koʻrsatilgan muddatlarni kalendar yil mobaynida ikki martadan ortiq muddatga koʻchirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
7. Vazirlik salomatlikni tiklash muddati koʻrsatilgan holda ariza bergan sportchilarning roʻyxatini shakllantiradi va har yili 10-sentabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Vazirlik tomonidan taqdim etilgan roʻyxatni olgandan keyin besh ish kuni mobaynida sportchilarni doimiy yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasalariga yuboradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
9. Davolash-profilaktika muassasalari taqdim etilgan roʻyxatlar boʻyicha bir oy muddatda gʻolib va sovrindor sportchilarni bepul dispanserizatsiyadan oʻtkazadilar va uning natijalariga koʻra sanatoriyda sogʻlomlashtirishning zarur yoʻnalishini (tashxisi) aniqlaydi.
10. Sportchilarning tibbiy kartasida dispanserizatsiyadan oʻtkazish natijalari asosida sanatoriyda sogʻlomlashtirishning zarur yoʻnalishi (tashxisi) va zid koʻrsatmalar (ular mavjud boʻlganda) koʻrsatilgan holda tegishli yozuv qayd etiladi.
11. Davolash-profilaktika muassasasi rahbari gʻolib va sovrindor sportchilar dispanserizatsiyadan belgilangan muddatlarda oʻtkazilishini taʼminlanishi, shuningdek tibbiy va sanatoriy-kurort kartasida sogʻlomlashtirishning zarur yoʻnalishi (tashxisi) toʻgʻrisidagi yozuvlarning toʻgʻriligi, ishonchliligi va haqqoniyligi uchun shaxsan javob beradi.
12. Davolash-profilaktika muassasasi tibbiy kartadagi yozuv asosida sportchilarning belgilangan shakldagi sanatoriy-kurort kartasini rasmiylashtiradi va ushbu karta yoʻllanma olish uchun asos hisoblanadi.
Zarurat boʻlganda, sportchilar salomatligida oʻzgarishlar yuz bergan taqdirda sanatoriy-kurort kartasiga tuzatishlar kiritilishi mumkin.
13. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
davolash-profilaktika muassasalaridan har yili 25-oktabrgacha dispanserizatsiyadan oʻtgan sportchilarni sogʻlomlashtirish yoʻnalishlari (tashxisini) qayd etilgan roʻyxatni oladi;
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, tasarrufida sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalari boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari bilan birgalikda sanatoriylar nomlarini koʻrsatgan holda muassasalar roʻyxatini tuzadilar;
besh ish kuni mobaynida ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida keltirilgan roʻyxatni Vazirlikka taqdim etadi.
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
14. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi taqdim etgan roʻyxat asosida har bir sanatoriy boʻyicha kelgusi yil uchun Yoʻllanmalarni taqsimlash rejasini ishlab chiqadi va sanatoriylarning yuqori tashkilotlari bilan kelishilgan holda 15-noyabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
15. Vazirlik yoʻllanmalarni taqsimlash rejasi tasdiqlangandan soʻng undan koʻchirmani oʻn ish kuni mobaynida sanatoriylarga yetkazadi.
Vazirlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻllanmalar reyestrini yuritadi.
Zarur boʻlganda, yoʻllanmalarni taqsimlash rejasiga yil mobaynida asosli sabablardan (tibbiy koʻrsatma, sportchining rad etishi, musobaqa davri va boshqa asosli sabablar) kelib chiqqan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Oʻzgartirish va qoʻshimchalar Vazirlik tomonidan tegishli sanatoriylarning yuqori tashkilotlari bilan kelishilgan holda kiritiladi.
Bunda Vazirlik har oyning 30 sanasiga qadar gʻolib va sovrindor sportchilarni taklifiga asosan sanatoriylarga yoʻllanmalarni taqsimlash rejasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan parametrlarini sanatoriylarga yetkazadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
16. Yoʻllanmalar bosmaxona usulida bosilgan, tartib raqamiga ega boʻlgan maxsus blankalarda va “Gʻolib va sovrindor sportchilar uchun yoʻllanma” soʻzlari yozilgan tegishli shtamp bilan tasdiqlanadi hamda ularda qaytarma talon boʻladi.
17. Vazirlik yoʻllanmalarni taqsimlash rejasiga muvofiq har yili 15-yanvargacha sanatoriylar bilan sportchilarni sogʻlomlashtirish boʻyicha shartnomalar tuzadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
18. Sanatoriylar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq sanatoriylar sportchilarni qabul qilishni taʼminlaydi.
19. Sanatoriylar bilan tuzilgan shartnomalar shartlari toʻliq bajarilishiga, shuningdek koʻrsatiladigan xizmatlar sifati uchun sanatoriylar rahbarlari shaxsan masʼuldir.
20. Sportchilarni sanatoriylarda davolash bilan bogʻliq xarajatlar Vazirlikka Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Milliy olimpiya qoʻmitasi mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
21. Sanatoriylar har oyning 5 sanasigacha oʻtgan oyda sportchilar amalda foydalangan yoʻllanmalardan kelib chiqqan holda bajarilgan ishlar dalolatnomalari va oʻzaro hisob-kitoblarni taqqoslash dalolatnomalarini Vazirlikka taqdim etadi va hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Vazirlikka taqdim etiladigan maʼlumotlarning ishonchliligi va asosliligi uchun sanatoriylar rahbarlari shaxsan masʼuldirlar.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
6-bob. Sanatoriylarda yashash va sogʻlomlashtirish shartlari
22. Yoʻllanmadan faqat unda koʻrsatilgan sportchilar foydalanishi mumkin. Yoʻllanmaning boshqa shaxsga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
23. Sanatoriyga kelgan sportchilarda pasport, sogʻliqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan sanatoriy-kurort kartasi (tibbiy xulosa) va oʻrnatilgan tartibda berilgan yoʻllanma boʻlishi kerak.
24. Sportchilarga “standart” yotoqxonalardan joy beriladi.
Sportchilar sanatoriylardagi mavjud qoʻshimcha xizmatlar uchun belgilangan toʻlovlarni oʻz hisobidan amalga oshirgan holda foydalanishlari mumkin.
25. Davolanishga kelgan sportchilarga sanatoriy tomonidan yoʻllanmaning qaytish taloni Vazirlikka topshirish uchun beriladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Yoʻllanmaning qaytish talonida sportchilarning familiyasi, ismi va otasining ismi, sanatoriyda amalda boʻlgan vaqti koʻrsatiladi.
26. Sportchilarga berilgan va ular foydalangan yoʻllanmalar boʻyicha hisob-kitob va nazorat Vazirlik tomonidan olib boriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
27. Vazirlik sanatoriy yoʻllanmalarining oʻz vaqtida va maqsadli berilishini taʼminlaydi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
28. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
29. Mazkur Nizom asosida ajratilgan mablagʻlarni maqsadli ishlatilishi boʻyicha nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlarining salomatligini sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlarining salomatligini sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri
_______________________________________________ga _______________________________________ da yashovchi ______________________________________________dan
(ariza beruvchining F.I.O.)
ARIZA
Menga ________ yil ____________ oyiga _________________________________________ sanatoriy-sogʻlomlashtirish
(sanatoriy nomi)
muassasasiga belgilangan tartibda yoʻllanma ajratishingizni soʻrayman.
Arizaga quyidagilarni ilova qilaman:
pasport nusxasi;
Gʻolib yoki sovrindor sportchi ekanligini tasdiqlovchi diplom nusxasi (diplom boʻlmagan taqdirda Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, Xalqaro paralimpiya qoʻmitasining tasdiqlovchi hujjati).
(arizani qabul qilgan shaxsning F.I.O., lavozimi)
Sana: 20__ yil “___” _______________________________
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlarining salomatligini sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Yoʻllanma soʻrab yozilgan arizalarni roʻyxatga olish
DAFTARI
T/r
Sportchining F.I.O.
Doimiy yashash joyi
Tibbiy maʼlumotnomaning tartib raqami va sanasi, shuningdek tibbiy maʼlumotnomani bergan muassasasining nomi
Tibbiy maʼlumotnomada koʻrsatilgan sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasasi nomi
Sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasasi nomi, yoʻllanmaning tartib raqami, muddati
Yoʻllanmani bergan masʼul xodimning F.I.O. va imzosi
Yoʻllanmani olgan gʻolib va sovrindor sportchining imzosi
Sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasasiga kelish kuni
Sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasasidan ketish kuni