Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 5-iyundagi PF-2613-son
Farmoni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Valyuta va eksport-import operatsiyalari boʻyicha hisob va hisobot tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 28-apreldagi 171-son
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi 159-son qarori bilan tasdiqlangan Kichik korxonalar uchun soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllash tartibi III boʻlimining
2-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzi ishlab chiqargan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilishdan olingan tushum summalari yalpi tushum tarkibiga kiritilmaydi. Mazkur qoida savdo-vositachilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yoxud xomashyo tovarlarni paxta tolasi, paxta kalavasi, lint, neft, neft mahsulotlari, rangli va qora metallarni erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilayotgan kichik korxonalarga joriy qilinmaydi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
1 va 2-ilovalarga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “1999-yilda eksport prognozi bajarilishini va valyuta tushumlari koʻpayishini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 7-apreldagi 161-son qarorining 1-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yilgi makroiqtisodiy va davlat budjeti asosiy istiqbol koʻrsatkichlari toʻgʻrisida” 1999-yil 31-dekabrdagi 554-son qarorining 7-bandi va ushbu qarorga 3-ilovaga izoh.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 8-sentabrdagi 384-son qarorining 1-bandi “a” kichik bandining
birinchi,
ikkinchi va
uchinchi xatboshilari.