toggle_night_mode
Hujjat 17.10.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Madaniyat va sanʼat sohasidagi boshqaruv tizimida davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat koʻrsatayotgan budjetdan tashqari Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi faoliyatini taʼminlash;
moliyaviy, tashkiliy va ijodiy yoʻnalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga koʻmaklashish, shuningdek, madaniyat arboblarini hamda tasviriy sanʼat, adabiyot, teatr, musiqa va xoreografiya sohalarida ularning tashabbusi bilan tashkil etiladigan tadbirlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
xalqaro va davlatlararo madaniy aloqalarni kengaytirish, madaniyat va sanʼat sohasida xalqaro madaniy tashkilotlar va xayriya jamgʻarmalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy sarmoya va grantlarni jalb etish, mamlakatimizda madaniyat va sanʼatga doir homiylikni rivojlantirishga koʻmaklashish;
madaniyatlararo ijodiy muloqotni yoʻlga qoʻyish va oʻzbek sanʼatining jahon badiiy va madaniy makoniga integratsiyalashuviga koʻmaklashish, shuningdek, mamlakatimizning madaniy va ilmiy-texnik salohiyati hamda raqobatdoshligi bilan bogʻliq jihatlarni namoyish etish;
madaniyat va sanʼat sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarni zarur adabiyotlar va davriy nashrlar bilan taʼminlash;
xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda, mamlakatimiz muzeylari va boshqa madaniy muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish tizimini takomillashtirishga koʻmaklashish;
xalqaro standartlarga muvofiq yangi madaniy muassasalar qurish uchun moliyaviy mablagʻ va koʻmak berish;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularni kapital hamda joriy taʼmirlash;
xalqaro institutlar, xorijiy mamlakatlar hukumatlari, homiylar va donorlari bilan hamkorlikda loyihalarni birgalikda moliyalashtirishni tashkil etishni taʼminlash;
jahondagi ilgʻor tajribalarni mamlakatimizda joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash maqsadida madaniyat va sanʼat sohasini moliyalashtirish boʻyicha rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrganish;
aholiga pullik xizmatlar koʻrsatish hajmini va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi budjet tashkilotlari fondiga tushumlarni koʻpaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
qonunchilikda belgilangan manbalardan tushayotgan mablagʻlarni jamgʻarishni taʼminlash;
ajratilayotgan maqsadli mablagʻlardan toʻgʻri, samarali va maqsadli foydalanish ustidan tizimli nazorat oʻrnatish;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish boʻyicha tadbirlar uchun maqsadli mablagʻlar ajratish.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlanadigan majburiy ajratmalardan tashqari barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli fondlariga majburiy toʻlovlardan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin, unda, jumladan, Jamgʻarma ijrochi direksiyasi tuzilmasini tasdiqlashni koʻzda tutsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda, bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-oktabr,
PQ-3325-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PQ-3325-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari
ROʻYXATI
1. Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berishdan undiriladigan davlat boji tushumi summasidan 70 foiz miqdoridagi ajratmalar.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlardagi davlat foydasiga oʻtkazilgan mulkni sotishdan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga tushadigan mablagʻlarning bir qismi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “Oʻzbekiston badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3219-son qaroriga muvofiq “Oʻzsharobsanoat” AJning oʻz tashabbusi bilan homiylik tartibida har yili ajratiladigan mablagʻlar.
4. Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini moliya tashkilotlarida joylashtirishdan olingan daromadlar.
5. Homiylar xayriyalari, yuridik va jismoniy shaxslarning, xalqaro tashkilotlarning grantlari.
6. Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PQ-3325-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3219-son qarori:
a) 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5496-son Farmoniga muvofiq tahrirda bayon etilgan.
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2778-son qarorining 2-ilovasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
““Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi

Vazirlik hayʼati

Vazir

Vazir yordamchisi

Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi

5

Vazirning birinchi oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosari

Teatrlarni rivojlantirish boshqarmasi

4

Muzeylar va kutubxonalarni rivojlantirish boshqarmasi

3

Iqtisodiy tahlil va moliya boshqarmasi

3

Xalqaro aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi

3

Konsert-tomosha muassasalarini rivojlantirish boshqarmasi

3

Madaniy-maʼrifiy muassasalar va nomoddiy madaniy meros shoʻbasi

2

Buxgalteriya

3

Kadrlar boshqarmasi

3

Ishlar boshqarmasi

3

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis

1

Ijodkor yoshlar bilan ishlash va madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi

3

Badiiy ekspertiza boshqarmasi, Madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish respublika ilmiy-metodika markazi, Respublika koʻzi ojizlar markaziy kutubxonasi, “Guliston”, “Moziydan sado” jurnallari tahririyati, qoʻriqxona-muzeylar, hayvonot bogʻlari, davlat muzeylari, uy-muzeylar, vazirlik tizimiga kiruvchi koʻrgazmalar va taʼlim muassasalari

Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi, Axborot va kompyuter texnologiyalari markazi, Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi xizmati, “Binolarni ekspluatatsiya qilish va foydalanish boʻyicha direksiya” davlat korxonasi

Repertuar-tahririyat shoʻbasi

2

Bosh yuriskonsult

1

Davlat teatrlari, “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi, Oʻzbek davlat sirki, Oʻzbekiston orkestrlari birlashmasi, Oʻzbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi, “Yoshlar madaniyat va sanʼat markazi” davlat korxonasi, “Teatr” jurnali tahririyati, “Istiqlol” va “Turkiston” sanʼat saroyi, Fargʻona viloyati Islom Karimov nomidagi teatr va konsert saroyi, “Diydor” va “Tomosha”teatr-studiyalari

Matbuot kotibi

1

Taʼlim muassasalari va tarmoqni metodik taʼminlash boshqarmasi

4

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali direksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi

 

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 49 nafar.”
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 53-bandi 1 — 6-kichik bandlari ikkinchi xatboshilari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-yil, 7-son, 56-modda) quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga tushishi kerak boʻlgan mablagʻlarning bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 07/17/3325/0127-son; 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 09.12.2021-y., 07/21/36/1143-son; 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son; 17.02.2026-y., 07/26/64/0147-son)