Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-fevraldagi 50-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2015 — 2020-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash Konsepsiyasini va chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2015-yil 29-avgustdagi 251-son qarori)”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 16-sentabrdagi 66, 70, 340-V-son qarori (roʻyxat raqami 2828, 2016-yil 3-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 40-son, 470-modda) bilan tasdiqlangan Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Tuzni yodlashda qoʻllaniladigan mikronutriyentlarni xarid qilish uchun zarur mablagʻlarni, shu jumladan chet el valyuta mablagʻlarni jamlash maqsadida Markaziy byuroga xizmat koʻrsatuvchi bankda 22604 — “Mijozlarning boshqa depozitlari — Jamgʻarma — Maqsadli” maxsus hisob raqamlari ochiladi.”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.