1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro va xorijiy tashkilotlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (AYSESKO) bilan hamkorlik toʻgʻrisida
Taʼlim, fan va madaniyat sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, Oʻzbekistonning madaniy-gumanitar sohadagi yutuqlarini keng targʻib qilish, mamlakatimizning islom taraqqiyotidagi buyuk rolini keng yoritish, respublikaning qadimgi tarixi va madaniy merosi bilan tanishtirish, Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (AYSESKO) doirasida Oʻzbekistonning maʼnaviy aloqalarini kengaytirish maqsadida, shuningdek Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (AYSESKO) Nizomiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (keyingi oʻrinlarda AYSESKO deb ataladi) bilan oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi;
Toshkent islom universiteti rektori AYSESKO Ijroiya qoʻmitasida Oʻzbekiston vakili etib belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yil va kelgusi yillar uchun respublikaning xalqaro tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan majburiy toʻlovlari roʻyxatini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasining AYSESKOga yillik aʼzolik badalini toʻlash uchun mablagʻ ajratishni nazarda tutsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-dekabrdagi 629-son qarori bilan tasdiqlangan YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi T.K. Norboyeva va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-oktabr,
821-son
Vazirlar Mahkamasinig 2017-yil 12-oktabrdagi 821-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-dekabrdagi 629-son qarori bilan tasdiqlangan YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
“YUNESKO va AYSESKO tadbirlarida hamda loyihalarida Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tashkilotlari va mutaxassislarining qatnashishi toʻgʻrisida YUNESKOning kotibiyatiga hamda mintaqaviy boʻlinmalariga, AYSESKO Bosh direksiyasiga takliflar tayyorlash va kiritish”;
uchinchi xatboshidagi “YUNESKO” soʻzidan soʻng “AYSESKO Bosh direksiyasi” soʻzlari qoʻshilsin.
“YUNESKO kotibiyati va AYSESKO Bosh direksiyasi, YUNESKO huzuridagi konsultativ maqomga ega boʻlgan komissiyalar va YUNESKO hamda AYSESKOga aʼzo davlatlarning Milliy komissiyalari bilan oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirib borish”;