1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH VA BAʼZILARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 25-maydagi PF-3434-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-yanvardagi 2-son qarorida:
1, 1a, 1b va 2-ilovalarda “Hokimning oʻrinbosari — xotin-qizlar qoʻmitasi raisi” ustunidagi “referent” soʻzi “bosh mutaxassis” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3a, 5a va 6-ilovalar yangi tahrirda bayon qilinsin (ilova qilinadi).
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 1-martdagi 33-f-son farmoyishi;
Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy koʻnikma markazlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 16-maydagi 162-son qarorining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-iyul,
317-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga 3a-ILOVA (Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 317-son qarori tahririda)
Viloyat markazlari boʻlgan shaharlar hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi