Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-son
qaroriga muvofiq, shuningdek ixtisoslashtirilgan sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish va ularni yoqilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Moddiy-texnika resurslarining strategik turlarini sotishning maxsus tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 32-bandining
birinchi xatboshiga “Oʻzbekiston havo yoʻllari milliy aviakompaniyasi” soʻzlaridan keyin “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzuridagi “Toza hudud” davlat unitar korxonalari hamda “Toshkent shahar “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.