Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Yolgʻiz pensionyerlarga, keksalarga va nogironlarga uyda ijtimoiy xizmat koʻrsatish turlarini kengaytirish hamda ular bilan toʻliq qamrab olishni taʼminlash, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz fuqarolarga ijtimoiy yordam koʻrsatishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari rolini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga mehnat organlarida ishsiz sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan fuqarolarni yolgʻiz pensionyerlarga, keksalarga va nogironlarga uyda ijtimoiy xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish uchun 2000-yil mobaynida haq toʻlanadigan vaqtinchalik jamoat ishlariga jalb qilish huquqi berilsin.
2. Belgilansinki, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan yolgʻiz pensionyerlarga, keksalarga va nogironlarga uyda ijtimoiy xizmat koʻrsatish uchun haq toʻlanadigan vaqtinchalik jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq amaldagi xarajatlar (shu jumladan, ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar) 2000-yilda, istisno tariqasida, 100 foiz miqdorda Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Moliya vazirligi, “Mahalla” respublika jamgʻarmasi:
yolgʻiz pensionyerlarga, keksalarga va nogironlarga uyda ijtimoiy xizmat koʻrsatish uchun haq toʻlanadigan vaqtinchalik jamoat ishlariga ishsiz fuqarolarni jalb qilishning vaqtinchalik tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar, bunda bir xodimning xizmat koʻrsatish normativlarini, ushbu ishlarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash tartibini, shuningdek, ijtimoiy xizmat koʻrsatishning toʻliqligi va sifatini samarali nazorat qilish mexanizmini nazarda tutsinlar;
yolgʻiz pensionyerlarga, keksalarga va nogironlarga uyda ijtimoiy xizmat koʻrsatish uchun haq toʻlanadigan vaqtinchalik jamoat ishlariga ishsiz fuqarolarni jalb qilishning vaqtinchalik tartibini joriy yilda qoʻllash natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga yolgʻiz pensionyerlarga, keksalarga va nogironlarga uyda ijtimoiy xizmat koʻrsatish ishlarini tashkil etishni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.