1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.03.00 Favqulodda holat rejimi (shuningdek, 16.03.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining yongʻin xavfsizligi inspektorlarini, shuningdek, yongʻinlarni oʻchirish boʻlinmalarining safdorlar tarkibi va xizmatchilarini pul mukofoti bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari yongʻin xavfsizligi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 23-maydagi PQ-2992-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining yongʻin xavfsizligi inspektorlarini, shuningdek, yongʻinlarni oʻchirish boʻlinmalarining safdorlar tarkibi va xizmatchilarini pul mukofoti bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda oʻzining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
idoraviy mansub obyektlarning, shu jumladan bozorlar va yirik savdo majmualarining yongʻinga qarshi holati uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslari faoliyatini tanqidiy qayta koʻrib chiqsinlar, ushbu obyektlarning yongʻinga qarshi himoya tizimlari va vositalarini qoʻyiladigan talablarga muvofiqlashtirsinlar;
obyektlarning yongʻinga qarshi holati uchun masʼul boʻlgan shaxslarini ushbu qarorga muvofiq moddiy ragʻbatlantirishning samarali mexanizmini yaratsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-sentabr,
772-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-sentabrdagi 772-son qaroriga ILOVA
Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining yongʻin xavfsizligi inspektorlarini, shuningdek, yongʻinlarni oʻchirish boʻlinmalarining safdorlar tarkibi va xizmatchilarini pul mukofoti bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining yuksak kasb mahoratini namoyish etayotgan, yongʻinlarning oldini olish va oʻchirishga salmoqli hissa qoʻshayotgan yongʻin xavfsizligi inspektorlarini, shuningdek, yongʻinlarni oʻchirish boʻlinmalarining safdorlar tarkibi va xizmatchilarini pul mukofoti bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
Yongʻin xavfsizligi inspektorlarini, shuningdek, yongʻinlarni oʻchirish boʻlinmalari safdorlar tarkibi va xizmatchilarini moddiy ragʻbatlantirish (pul mukofoti bilan taqdirlash) yoʻli bilan ularning xizmat faoliyatini takomillashtirish ushbu Nizomning maqsadi hisoblanadi.
2. Yuksak kasb mahoratini namoyish qilayotgan va yongʻinlarning oldini olish va oʻchirishga salmoqli hissa qoʻshayotgan xodimlar quyidagi tartibda:
yongʻin xavfsizligi inspektorlari — ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga binoan har chorak yakuni boʻyicha bir lavozim maoshi miqdorigacha miqdorda bir yoʻla pul mukofoti bilan;
yongʻinlarni oʻchirish boʻlinmalarining safdorlar tarkibi va xizmatchilari — ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga binoan yil yakunlari boʻyicha bir lavozim maoshigacha miqdorda bir yoʻla pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladilar.
Ushbu pul mukofoti ichki ishlar organlari xodimlarini ragʻbatlantirishning amaldagi tizimiga qoʻshimcha hisoblanadi.
2-bob. Pul mukofoti bilan taqdirlash tartibi
3. Pul mukofoti bilan taqdirlash ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shartlar va mezonlarga muvofiq Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining yongʻin xavfsizligi inspektorlarini, shuningdek, yongʻinlarni oʻchirish boʻlinmalarining safdorlar tarkibi va xizmatchilarini baholash natijalari boʻyicha amalga oshiriladi.
4. Ishlab chiqilgan reyting tizimi boʻyicha yongʻin xavfsizligi inspektorlarining kasbiy yaroqliligini baholash natijalari har bir yil choragi yakunlari boʻyicha yongʻin xavfsizligi inspektorlarini pul mukofoti bilan taqdirlash uchun asos hisoblanadi.
Yongʻin xavfsizligi inspektorlarining kasbiy yaroqliligini baholashning reyting tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
5. Kasb mahoratining yuksak darajasini namoyish qilayotgan, yongʻinlarning oldini olishga salmoqli hissa qoʻshayotgan, yongʻinlarni oʻchirishda alohida namuna boʻlayotgan yongʻin xavfsizligi inspektorlariga, yongʻinlarni oʻchirish boʻlinmalarining safdorlar tarkibi va xizmatchilariga xizmatni oʻtash vaqtida kasbiy va jismoniy tayyorgarlik darajasidan, xizmat faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish natijalaridan, shuningdek, boshqa koʻrsatkichlardan kelib chiqib moddiy taqdirlashning quyidagi toifalari belgilanadi:
1-toifa — lavozim maoshining 100 foizi miqdorida;
2-toifa — lavozim maoshining 50 foizi miqdorida.
6. Pul bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻi, yongʻin xavfsizligi hududiy (obyekt) boshqarmalari boshliqlari tomonidan imzolanadi.
Yongʻin xavfsizligi boʻlimlari (boʻlinmalari) boshliqlarining bildirgilari buyruq chiqarish uchun asos hisoblanadi.
7. Pul bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyruqning matni taqdirlashga tavsiya etilgan xodimning bajargan ishining asoslangan bahosini, taqdirlash uchun asosni va uning toifasini oʻz ichiga olishi kerak.
Pul mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyruq tegishli boʻlinmaning butun shaxsiy tarkibiga eʼlon qilinadi.
3-bob. Pul mukofoti bilan taqdirlash manbalari
8. Respublika budjeti hisobiga moliyalashtiriladigan Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining xodimlari va xizmatchilarini pul mukofoti bilan taqdirlash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi mablagʻlari hisobiga, shuningdek budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
9. Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining shartnomalar asosida tashkil etiladigan boʻlinmalari xodimlari va xizmatchilarini pul mukofoti bilan taqdirlash shartnoma asosida koʻrsatilgan xizmatlar uchun tushadigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
10. Pul mukofotini xolisona va toʻgʻri toʻlash uchun masʼuliyat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻiga va yongʻin xavfsizligi hududiy (obyekt) boshqarmalari boshliqlariga, shuningdek, bildirgilar taqdim etgan yongʻin xavfsizligi boʻlimlari (boʻlinmalari) boshliqlariga yuklanadi.
11. Pul mablagʻlaridan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining yongʻin xavfsizligi inspektorlarini, shuningdek, yongʻinlarni oʻchirish boʻlinmalarining safdorlar tarkibi va xizmatchilarini pul mukofoti bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Yongʻin xavfsizligi inspektorlarini pul mukofoti bilan taqdirlash tartibi
SXEMASI
Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining yongʻin xavfsizligi inspektorlarini, shuningdek, yongʻinlarni oʻchirish boʻlinmalarining safdorlar tarkibi va xizmatchilarini pul mukofoti bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Yongʻinlarni oʻchirish boʻlinmalarining safdorlar tarkibi va xizmatchilarini pul mukofoti bilan taqdirlash tartibi
SXEMASI
Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining yongʻin xavfsizligi inspektorlarini, shuningdek, yongʻinlarni oʻchirish boʻlinmalarining safdorlar tarkibi va xizmatchilarini pul mukofoti bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati inspektorlarini, shuningdek, yongʻinlarni oʻchirish boʻlinmalarining safdorlar tarkibi va xizmatchilarini pul mukofoti bilan taqdirlash
shartlari va mezonlari
T/r
Faoliyatni baholash mezoni
Pul mukofoti bilan taqdirlash shartlari va toifalari
Buyruq qabul qilish uchun asos
Yongʻin xavfsizligi inspektori
1.
Yil choragi yakunlari boʻyicha xizmat faoliyatidagi yuqori natijalari, maxsus bilimlar va koʻnikmalarni muntazam ravishda takomillashtirib borganligi uchun
Yil choragi yakuni boʻyicha reyting ballari asosida — 1 va 2-toifa
Shahar, tuman va obyektlardagi yongʻin xavfsizligi boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻining bildirgisi
2.
Biriktirilgan va boshqa xududlarda, obyektlarda, qurilmalarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yongʻinlarning oldini olganligi uchun
Sodir boʻlganhar bir holat boʻyicha — 1-toifa
Shahar, tuman va obyektlardagi yongʻin xavfsizligi boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻining bildirgisi
3.
Sport musobaqalari va tanlovlarda yuqori natijalar koʻrsatganligi uchun
Tadbirlar natijalari boʻyicha — 2-toifa
Shahar, tuman va obyektlardagi yongʻin xavfsizligi boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻining bildirgisi
4.
Jinoyatchilarni ushlashda ishtirok etganligi, jinoyatlarning oldini olganligi uchun
Sodir boʻlgan har bir holat boʻyicha — 2-toifa
Shahar, tuman va obyektlardagi yongʻin xavfsizligi boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻining bildirgisi
5.
Ommaviy tartibsizliklarning oldini olish va toʻxtatish boʻyicha maxsus tadbirlarda faol ishtirok etganligi uchun
Oʻtkaziladigan maxsus tadbirlar natijalari boʻyicha — 1-toifa
Shahar, tuman va obyektlardagi yongʻin xavfsizligi boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻining bildirgisi
6.
Muhofaza qilinayotgan obyektlarda yongʻinlarning oldini olish va tugatish boʻyicha koʻngilli yongʻin muhofazasi aʼzolarini hamda ishchilar va xizmatchilarni oʻqitganlik (tayyorlaganlik) uchun
Mashgʻulotlar va mashqlar natijalari boʻyicha — 2-toifa
Shahar, tuman va obyektlardagi yongʻin xavfsizligi boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻining bildirgisi
Yongʻinlarni oʻchirish boʻlinmalarning safdorlar tarkibi va xizmatchilari
7.
Odamlarning sogʻligʻi va xayotiga xavf solayotgan yongʻinlarda, tabiiy ofatlarda, favqulodda holatlarda va boshqa vaziyatlarda professionallikni, qahramonlik va mardlikni namoyon etganligi va odamlarni qutqarganligi uchun
Sodir boʻlgan har bir holat boʻyicha — 1-toifa
Shahar, tuman va obyektlardagi yongʻin xavfsizligi boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻining bildirgisi
8.
Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini yongʻinlardan asrab qolish jarayonida jonbozlik koʻrsatganligi uchun
Sodir boʻlgan yongʻin natijalari boʻyicha — 2-toifa
Shahar, tuman va obyektlardagi yongʻin xavfsizligi boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻining bildirgisi
9.
Oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda sodir boʻlgan yongʻinlarni oʻchirishda jonbozlik koʻrsatganligi uchun
Sodir boʻlgan yongʻin natijalari boʻyicha —1-toifa
Shahar, tuman va obyektlardagi yongʻin xavfsizligi boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻining bildirgisi
10.
Oʻtkazilgan sport musobaqalarida, tanlovlarda, yongʻin-texnik amaliy mashgʻulotlar va mashqlarda yuqori professionallik va malakaga ega ekanligini koʻrsatganligi uchun
Oʻtkazilgan tadbirlaryakuni boʻyicha — 2-toifa
Shahar, tuman va obyektlardagi yongʻin xavfsizligi boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻining bildirgisi
11.
Jinoyatchilarni ushlashda ishtirok etganligi, jinoyatlarning oldini olganligi uchun
Sodir boʻlganhar bir holat boʻyicha —2-toifa
Shahar, tuman va obyektlardagi yongʻin xavfsizligi boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻining bildirgisi
12.
Ommaviy tartibsizliklarning oldini olish va toʻxtatish boʻyicha maxsus tadbirlarida faol ishtirok etganligi uchun
Oʻtkazilgan maxsus tadbirlar natijalari boʻyicha — 1-toifa
Shahar, tuman va obyektlardagi yongʻin xavfsizligi boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻining bildirgisi
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2017-y., 09/17/772/0023-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)