1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 1-iyundagi PQ-3026-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Davlat veterinariya qoʻmitasining:
respublikada jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan asrab, koʻpaytiriladigan hayvonlarni (keyingi oʻrinda hayvonlar deb ataladi) bosqichma-bosqich identifikatsiya qilinishini tashkil etish;
identifikatsiya qilingan hayvonlar toʻgʻrisida yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish maqsadida yagona elektron axborot tizimini joriy qilish;
hayvonlarni identifikatsiya qilish ishlariga jalb qilinadigan xodimlarni bosqichma-bosqich oʻqitish ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Hayvonlarni identifikatsiya qilish ishlarini tashkil etish, shu jumladan, yagona elektron axborot tizimini joriy qilish, tuman va shahar veterinariya boʻlimlarini axborot-kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlash, hayvonlarni identifikatsiya qilish ishlariga jalb qilinadigan xodimlarni oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlar:
xalqaro tashkilotlar va xorijiy hukumatlar moliya institutlarining grantlari va kredit mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
3. Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab amalga kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda hayvonlarni identifikatsiya qilish boʻyicha mutaxassislarni oʻqitish, atributlar va veterinariya pasportlarini tayyorlash, yagona maʼlumotlar bazasining elektron axborot tizimi dasturini yaratish hamda joriy etish yuzasidan 2018 — 2020-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Ushbu chora-tadbirlar rejasida nazarda tutiladigan barcha ishlarni 2020-yil 1-iyungacha yakunlanishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi xalqaro tashkilotlar va xorijiy hukumatlar moliya institutlarining grantlarini respublikadagi mavjud hayvonlarni identifikatsiya qilish ishlarini amalga oshirish uchun keng jalb qilgan holda ushbu ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Fermerlar kengashi, manfaatdor vazirliklar va idoralar aholi hamda tadbirkorlar oʻrtasida ushbu qarorning mazmuni, mohiyati va amaliy ahamiyatini keng targʻib qilgan holda, respublikada faoliyat olib borayotgan hayvonlarni soʻyish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarni ixtisoslashgan soʻyish korxonalariga aylantirish va soʻyiladigan hayvonlarni belgilangan tartibda soʻyish ishlarini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi bilan hamkorlikda muntazam ravishda oʻquv va amaliy seminarlar tashkil etsinlar.
7. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligiga aholi oʻrtasida ushbu qarorning mazmuni, mohiyati va amaliy ahamiyatini muntazam ravishda keng yoritish tavsiya etilsin.
8. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev va Davlat veterinariya qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchisi B.T. Norqobilov zimmasiga yuklansin.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
veterinariya pasporti — hayvonga berilgan identifikatsiya raqamiga muvofiq rasmiylashtirilgan, hayvon egasini belgilovchi, hayvonlarning kasalliklarga qarshi profilaktikasi va ularni davolash ishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qayd etib boriladigan, hayvonning yashash davri davomida saqlanadigan hujjat;
identifikatsiya — birkalash, tavro bosish (tamgʻalash), jeton berish (jetonlash) va chip oʻrnatish (elektron identifikatsiya) orqali hayvonlarni aniqlash imkonini beradigan individual raqam berish, shuningdek, hayvonlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni elektron axborot tizimiga kiritish va ularga veterinariya pasportini rasmiylashtirish;
individual raqam — birkalash, tavro bosish (tamgʻalash), jeton berish (jetonlash) va chip oʻrnatish (elektron identifikatsiya) orqali hayvonlarni aniqlash imkonini beradigan harflardan va sakkiz xonali raqamdan iborat kod;
ixtisoslashgan soʻyish korxonasi — hayvonlarni soʻyish uchun zamonaviy mexanizatsiyalashtirilgan yoki avtomatlashtirilgan asbob-uskunalar bilan jihozlangan bino va xonalari mavjud boʻlgan korxona;
hayvonlar — jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan asrab, koʻpaytiriladigan (boqiladigan) qoramollar, qoʻy va echkilar, choʻchqalar, otlar, eshaklar va tuyalar, itlar va mushuklar;
elektron axborot tizimi — hayvonlar hisobi va ularni hisobga qoʻyish haqidagi mavjud maʼlumotlar bazasidagi axborotlar majmuasi;
qarovsiz hayvonlar — uy va maʼlum bir joyda saqlanmaydigan, identifikatsiya qilinmagan nazoratsiz qolgan (yurgan) hayvonlar;
hayvonning identifikatsiya raqami — hayvonga uning yashash davri davomida bir marta beriladigan, boshqa hayvonlarda takrorlanmaydigan harfli va raqamli kod;
hayvon egalari — hayvonlarni oʻz ehtiyoji yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun koʻpaytirish, boqish va saqlashni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
hayvonlar hisobi — hayvonlarning yashash davri davomida ularning kelib chiqishi, koʻpayishi (koʻpaytirilishi) va harakati, shuningdek, hayvonlarda uchraydigan kasalliklarga qarshi profilaktika, tashxis qoʻyish va davolash ishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar majmui;
hayvonlarni hisobga qoʻyish — hayvonlarni identifikatsiya qilish va elektron axborot tizimiga hayvon haqidagi maʼlumotlar, shu jumladan, unga berilgan identifikatsiya raqami va identifikatsiya qilinganligi toʻgʻrisida berilgan hujjatlar yoki tegishli yozuvlar qayd etilgan veterinariya pasporti haqidagi axborotlarni kiritish.
hayvon egasining familiyasi, ismi va otasining ismi;
hayvon egasi boʻlgan yuridik shaxsning toʻliq nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);
hayvonlarni saqlash joyi;
hayvonlarning egasi almashganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
hayvonlarning tugʻilgan sanasi;
hayvonlarda amalga oshirilgan profilaktika, tashxis va davolash ishlari toʻgʻrisida maʼlumotlar;
hayvonlarning hisobga qoʻyilganligi boʻyicha berilgan hujjatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar;
hayvonlarning soʻyilgan (nobud boʻlgan, yoʻq qilingan) sanasi;
hayvonlarning goʻshtidan (jasadidan) isteʼmol uchun foydalanilganligi yoki ularning zararsizlantirilganligi (yoʻqotilganligi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Elektron axborot tizimi maʼlumotlar bazasiga hayvonning fotosurati ham joylashtirilishi mumkin.
4. Elektron axborot tizimiga maʼlumotlar tuman (shahar) veterinariya boʻlimlari tomonidan kiritiladi.
5. Hayvonlarni identifikatsiya qilish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan tartibda hayvonlarga individual raqam berish;
elektron axborot tizimiga hayvonlar identifikatsiya qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumot kiritish;
veterinariya pasportini rasmiylashtirish.
6. Hayvonlarga turlariga qarab individual raqam berish quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi:
a) birkalash usuli — bu usul qoramol, qoʻy va echkilar, tuyalar, choʻchqalarning qulogʻiga birkalarni taqish orqali amalga oshiriladi va u hayvonlarning yashash davri davomida olinmaydi;
b) tavro bosish (tamgʻalash) usuli — bu usul ot va eshaklarga nisbatan qoʻllaniladi, yaʼni, ot va eshaklarning tanasining chap tomoni kurak sohasiga suyuq azot yordamida respublika, viloyat tartib kodi va bel sohasiga individual raqami qoʻyiladi. Bunda tavro (tamgʻa) oʻlchamining balandligi 50 mm, eni 30 mm boʻlishi lozim;
v) jetonlash usuli — bu usul it va mushuklarga nisbatan qoʻllanilib, jetonlar maxsus boʻyinbogʻ orqali taqiladi;
7. Ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan usullardagi identifikatsiya raqamlari oʻn ikki belgidan iborat boʻladi:
birinchi ikkita belgi — Oʻzbekiston Respublikasining harfli (liter) kodi (Standartlashtirish boʻyicha Xalqaro tashkilot (ISO) kodiga muvofiq);
uchinchi belgi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar harfli kodi;
toʻrtinchi belgi — hayvonlar turining raqamli kodi;
beshinchi belgidan oʻn ikkinchi belgigacha — sakkiz xonali raqamdan iborat hayvonlarning individual raqami (ot va eshaklardan tashqari). Ot va eshaklarning individual raqamlari toʻrt xonali raqamdan iborat boʻladi.
8. Hayvonlarni birkalash va jetonlash uchun ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan identifikatsiya raqamini saqlovchi quloq birkalari va jetonlardan foydalaniladi.
9. Hayvonlarni identifikatsiya qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining harfli kodlari ushbu Nizomning 4-ilovasiga, hayvonlar turining raqamli kodi esa 5-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
10. Hayvonlar identifikatsiya qilingandan soʻng davlat veterinariya xizmatining vakili ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq qaydnomani rasmiylashtiradi va elektron axborot tizimiga kiritish uchun tuman (shahar) veterinariya boʻlimiga taqdim etadi.
11. Soʻyilgan (nobud boʻlgan, yoʻq qilingan) hayvonlarning, shuningdek, ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan holatlarda veterinariya pasporti va identifikatsiya raqamini saqlovchi atributlar tegishli tuman (shahar) davlat veterinariya xizmati tomonidan yoʻq qilinadi.
12. Hayvonlar egasi almashganda, shuningdek, bir hududdan boshqa hududga koʻchirilganda identifikatsiya raqamini saqlovchi atribut almashtirilmaydi va bu boʻyicha elektron axborot tizimi hamda veterinariya pasportiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
13. Import qilingan zotdor hayvonlarning naslliligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlgan taqdirda, ularga ushbu hayvonlarni eksport qilayotgan davlatda berilgan identifikatsiya raqamini saqlovchi atribut oʻzgartirilmaydi.
Import qilingan hayvonlar belgilangan tartibda karantin tekshiruvidan oʻtgandan soʻng ular toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlar ushbu Nizomga asosan elektron axborot tizimiga kiritiladi hamda veterinariya pasporti rasmiylashtiriladi.
Boqish va koʻpaytirish uchun import qilingan hayvonlarni naslli hayvon ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagan taqdirda ushbu Nizom talablari asosida identifikatsiya qilinadi.
14. Soʻyish maqsadida import qilingan hayvonlar identifikatsiya qilinmaydi. Ushbu hayvonlar keltirilgan vaqtdan boshlab yetti kalendar kunida soʻyilishi shart.
15. Birka (jeton) yoʻqotilganda yoki unga shikast yetganligi sababli identifikatsiya raqamini aniqlash imkoniyati boʻlmaganda, hayvonlarning identifikatsiya raqamlariga elektron axborot tizimidagi boshqa hayvonlarning identifikatsiya raqamlari va veterinariya pasportlari bilan solishtirish orqali besh kun muddatda aniqlik kiritiladi. Bu davrda hayvonni sotish (hadya qilish), almashtirish va soʻyish (soʻyishga topshirish) taqiqlanadi. Bu hayvonlarni qayta identifikatsiya qilish ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
16. Hayvonlarning egalaridan identifikatsiya qilish xizmatlari uchun toʻlov undiriladi. Toʻlov miqdori va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Davlat veterinariya qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
3-bob. Identifikatsiya qilingan hayvonlarga veterinariya pasportini rasmiylashtirish
17. Hayvonlarga identifikatsiya raqami berilganidan soʻng uch ish kuni mobaynida davlat veterinariya xizmatining vakili hayvon egasiga ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakldagi veterinariya pasportini rasmiylashtiradi.
18. Saqlanayotgan (boqilayotgan) har bir bosh hayvonga veterinariya pasporti rasmiylashtiriladi (qoʻy va echkilarga guruh usulida veterinariya pasporti rasmiylashtirilishi mumkin).
19. Veterinariya pasportiga hayvonlarning identifikatsiya raqami (yangi tugʻilgan hayvonlar bilan birga uni tuqqan hayvon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham kiritiladi), hayvonlarning kasalliklarga qarshi profilaktikasi va ularni davolash ishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
20. Veterinariya pasportiga yangi maʼlumotlar veterinariya tadbirlari oʻtkazilgan davrda (profilaktika, tashxis qoʻyish va davolash tadbirlari) hamda hayvon egasi oʻzgarganda va boshqa holatlarda kiritib boriladi.
21. Veterinariya pasporti tuman (shahar) veterinariya boʻlimi boshligʻi tomonidan imzolanadi va muhr bosiladi.
22. Veterinariya pasporti yoʻqolganda yoki yaroqsiz holga kelib qolganda uning dublikati beriladi.
23. Veterinariya pasporti yoʻqolganligi va yaroqsiz holga kelganligi toʻgʻrisidagi ariza (yaroqsiz holga kelgan taqdirda veterinariya pasporti bilan birga) davlat veterinariya xizmatining vakiliga taqdim qilinadi va yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan veterinariya pasporti hayvon egasi tomonidan ariza berilgan kundan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.
24. Dublikat berish toʻgʻrisida ariza taqdim qilingan kundan boshlab uch kun ichida davlat veterinariya xizmatining vakili hayvon egasiga yuqori qismining oʻng burchagiga “DUBLIKAT” soʻzi yozilgan yangi veterinariya pasportini rasmiylashtirib beradi.
4-bob. Hayvonlarni hisobga olish va hisobdan chiqarish
25. Qoramol, qoʻy va echkilar, tuyalarning bolalari tugʻilganidan oʻn toʻrt kundan keyin bir oylikdan kechikmasdan, qulunlar va xoʻtiklar toʻrt oyligidan, choʻchqa bolalari bir oyligidan, it va mushuklar uch oyligidan hisobga olinadi.
26. Aholini hayvonlar va odam uchun umumiy boʻlgan kasalliklardan muhofaza qilish maqsadida xaridor (oluvchi) hayvonni sotib olganda (hadyani olganda) doimiy yashash joyi boʻyicha davlat veterinariya xizmatining vakiliga yetti kun ichida hayvonni hisobga qoʻyish uchun murojaat qiladi.
27. Hayvon egalarining arizasiga muvofiq davlat veterinariya xizmati tomonidan hayvonlarni hisobga olish ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq uch kun ichida amalga oshiriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning hayvonlarini bosh soni koʻp boʻlgan taqdirda ularni identifikatsiya qilish boʻyicha alohida grafik ishlab chiqiladi.
29. Identifikatsiya raqamini saqlovchi atribut va veterinariya pasporti hayvonning yashash davri davomida saqlanishi shart.
30. Xizmat koʻrsatgan veterinariya vrachi tomonidan veterinariya pasportiga hayvonlarning davolanganligi va/yoki boshqa oʻtkazilgan profilaktika tadbirlari amalga oshirilganligi toʻgʻrisida yozuv kiritilishi majburiydir. Bunda, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq qaydnoma rasmiylashtiriladi, hayvon egasining imzosi bilan tasdiqlanib, veterinariya vrachi tomonidan imzolanadi va elektron axborot tizimiga kiritish uchun tegishli davlat veterinariya xizmatiga taqdim etiladi.
31. Hayvon egalari hayvon tugʻilganda ushbu Nizomning 25-bandiga muvofiq belgilangan muddatlarda identifikatsiya qilish uchun doimiy yashash joyi boʻyicha davlat veterinariya xizmatining vakiliga murojaat qiladi.
32. Identifikatsiya raqamini saqlovchi atribut va/yoki veterinariya pasporti boʻlmagan hayvonlar identifikatsiya qilinmagan hisoblanadi.
33. Hayvondan identifikatsiya raqamini saqlovchi atributni yechish, oʻzgartirish, boshqa hayvon identifikatsiya raqamini saqlovchi atribut bilan almashtirish, veterinariya pasportiga oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, turli yozuvlar kiritish, shuningdek, nobud boʻlgan (soʻyilgan, yoʻq qilingan) hayvonlarning identifikatsiya raqamini saqlovchi atribut va veterinariya pasportini saqlash taqiqlanadi.
34. Hayvonlar hisobga qoʻyilgandan soʻng hayvon egalari ushbu Nizom talablari bilan tanishtiriladi.
35. Hayvon egalari hayvon soʻyilganda (nobud boʻlganda, yoʻq qilinganda) hayvonning identifikatsiya raqamini saqlovchi atribut va veterinariya pasportini (elektron identifikatsiyalashda faqat veterinariya pasportini) yetti kun muddatda doimiy yashash manzili boʻyicha davlat veterinariya xizmatining vakiliga hisobdan chiqarish uchun taqdim qiladi.
Soʻyilgan hayvonlarga ixtisoslashgan soʻyish korxonasining veterinariya vrachi tomonidan ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq hayvon egasiga berilgan “Hayvon soʻyilganligi toʻgʻrisida” maʼlumotnoma ham taqdim etiladi.
36. Davlat veterinariya xizmati hayvonlarning identifikatsiya raqamini saqlovchi atribut va veterinariya pasportiga (elektron identifikatsiyalashda faqat veterinariya pasportiga) asosan hayvonlarni hisobdan chiqaradi.
37. Davlat veterinariya xizmatining vakiliga hayvon egalari hayvon sotilganligi yoki hadya qilinganligini veterinariya pasportida tasdiqlatishga majburdir, bunda hayvon egalari oʻzlarining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ham taqdim etadi.
38. Hayvonlar veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari talablariga muvofiq sharoitlardagi joylarda (binolarda) saqlanadi.
39. Shahar hududida hayvonlarni saqlashda ularning bosh sonlarining chegaralari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
40. Qoramollar, qoʻy va echkilar, choʻchqalar, otlar, eshaklar va tuyalarni koʻp qavatli turar-joylarda saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
41. Aholini hayvonlar va odam uchun umumiy boʻlgan kasalliklardan muhofaza qilish maqsadida identifikatsiya qilinmagan hayvonlarni yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan saqlash va boqish taqiqlanadi.
Koʻchalar, chorrahalar, istirohat bogʻlari, avtomobil yoʻllari va temir yoʻllar hamda ochiq maydonlarda chiqindilar va goʻngni toʻplash, saqlash, tashlash va yoqish taqiqlanadi.
42. Hayvonlardan hosil boʻlgan chiqindilar va goʻng veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq saqlanadi va yoʻq qilinadi.
6-bob. Hayvonlarni tutish va saqlash
43. Qarovsiz hayvonlarni tutish, tashish va saqlash tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish boʻlimlari tomonidan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq amalga oshiriladi.
44. Yuqumli kasalliklarga chalinganligi gumon qilingan va odamlarga tajovuz qilayotgan hayvonlar toʻgʻrisida hayvon egalari yoki tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish boʻlimlari tomonidan davlat veterinariya xizmatlariga murojaat qilinishi lozim.
45. Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish boʻlimlari orqali tutib saqlanayotgan soʻyiladigan hayvonlar oʻttiz kun mobaynida hayvon egalari tomonidan olib ketilmagan taqdirda, ushbu hayvonlar obodonlashtirish boshqarmalari hisobiga oʻtkaziladi va davlat veterinariya xizmati tomonidan veterinariya koʻrigidan oʻtkazilgandan soʻng, soʻyilib faqat qayta ishlash maqsadlari uchun ishlatilishi mumkin.
7-bob. Hayvon egalarining huquqlari va majburiyatlari
46. Hayvon egalari:
veterinariya xizmatidan hayvonlarning kasallikka chalinishi holati, epizootik vaziyat toʻgʻrisida, shuningdek, hayvonlarda oʻtkazilgan maxsus tekshirishlar natijalari, ularga koʻrsatilgan veterinariya xizmati uchun toʻlovlar miqdorlari haqida axborot va boshqa maʼlumotlarni olish;
veterinariya xizmati koʻrsatilishi toʻgʻrisida tegishli veterinariya xizmatlari, shuningdek, xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari bilan shartnomalar tuzish;
hayvonlarni, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni, ozuqalarni, ozuqabop qoʻshimchalarni, veterinariya dori va texnika vositalarini veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq olish hamda realizatsiya qilish;
davlat organlari va boshqa organlarning qonunga xilof qarorlari, ushbu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud bevosita sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Hayvon egalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
47. Hayvon egalari:
veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuni.
davlat veterinariya xizmatining koʻrsatmalarini bajarish;
oʻzlariga tegishli hayvonlar kasalliklarining oldini olishga qaratilgan tashkiliy-xoʻjalik va veterinariya tadbirlarini oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tadbirlar bundan mustasno;
kasal hayvonni davolatish, zarur boʻlgan hollarda tegishli davlat veterinariya inspektorining koʻrsatmasiga koʻra uning soʻyilishini yoki yoʻq qilinishini belgilangan tartibda taʼminlash;
hayvonlarning toʻsatdan nobud boʻlganligi yoki gʻayriodatiy xatti-harakati holatlari toʻgʻrisida tegishli davlat veterinariya xizmatini zudlik bilan xabardor qilish;
hayvonlarni yuqumli kasalliklardan muhofaza etish boʻyicha tegishli karantin tadbirlari va boshqa veterinariya tadbirlari oʻtkazilishini, shuningdek, toʻliq hajmda davolash-profilaktika tadbirlari oʻtkazilishini taʼminlash;
chorvachilik binolarini hamda hayvonlarni saqlash uchun moʻljallangan boshqa inshootlarni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq saqlash;
hayvonlar saqlanayotgan va boqilayotgan obyektlarda dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlarini oʻz vaqtida oʻtkazish;
hayvonlarni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga rioya etgan holda realizatsiya qilishni amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilmagan veterinariya dori vositalarini va ozuqabop qoʻshimchalarni hayvonlarda qoʻllamaslik;
soʻyiladigan hayvonlarni soʻyishga doir veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga rioya etish;
soʻyiladigan hayvonlarni faqat ixtisoslashgan soʻyish korxonasida soʻyish (veterinariya vrachining ruxsati bilan shaxsiy ehtiyoji uchun va majburiy soʻyish bundan mustasno);
hayvonlarni davlat veterinariya xizmatida roʻyxatdan oʻtkazish va identifikatsiya qilish;
hayvonlarning identifikatsiya raqamini saqlovchi atributini va veterinariya pasporti saqlanishini taʼminlash;
hayvonga berilgan identifikatsiya raqamini saqlovchi atributi va veterinariya pasporti uchun belgilangan toʻlovlarni amalga oshirishga majburdir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qoʻmitasining 2019-yil 1-avgustdagi 7-sonli qarori bilan tasdiqlangan Hayvonlarning egalaridan identifikatsiya qilish xizmatlari uchun undiriladigan toʻlovlar miqdori va shartlari toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3177, 26.08.2019-y.).
Hayvonlar egalarining zimmasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
48. Hayvon egalari hayvonlarni sogʻligʻiga va ushbu Nizomga muvofiq saqlanishiga hamda hayvonlar tomonidan odamlarga yetkazilgan har qanday tarzdagi zarar uchun javob beradilar.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
49. Ushbu Nizomga rioya qilinishini nazorat qilish mahalliy davlat hokimiyati organlari, ichki ishlar organlari, davlat veterinariya xizmatiga va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatli organlarga yuklatiladi.
50. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining X bobi.
Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
_______________ viloyati, _______________ tuman, ___________________ M.F.Y., ______________ koʻcha, ______ uy.
sotdim (hadya qildim) _____________________
______________________________________
(imzo)
(uchinchi egasining F.I.Sh. yoki subyekt nomi)
Davlat veterinariya xizmati vakili ___________________
______________________________________
(imzo/muhr)
(F.I.Sh.)
20___ yil “___” ______________
Izoh: Hayvon egasi hayvoni sotib (hadyani) olganda doimiy yashash joyi boʻyicha davlat veterinariya xizmatining vakiliga yetti kun ichida hayvonni hisobga qoʻyish uchun murojaat qilishga majbur.
IV. HAYVONNING SOʻYILISHI
Men hayvon egasi ___________________________________________________________________________________
(F.I.Sh. yoki nomi)
identifikatsiya raqami № ______________________________ boʻlgan hayvonni soʻyish uchun topshirdim
_____________________
____________________________
(imzo)
(sana)
_______________ viloyati, ____________ tumani, _______________ M.F.Y., __________ koʻcha, _______ uy manziliga
__________________ ixtisoslashgan soʻyish korxonasi rahbari (vakili)/identifikatsiya raqami № _________________
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 38-son, 1057-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2021-y., 09/21/434/0659-son; 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)