toggle_night_mode
Hujjat 25.09.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini bajarish, shuningdek elektron hukumat markaziy maʼlumotlar bazasi va axborot tizimlari komplekslari bilan integratsiyalash Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Butunjahon Internet axborot tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi oʻrinlarda Yagona portal deb ataladi) yangi versiyasi ishga tushirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Yagona portalda joriy etish maqsadida davlat xizmatlariga boʻlgan talabni baholash boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi;
Yagona portalda davlat xizmatlariga boʻlgan eng koʻp talabni baholash natijasida aniqlangan eng koʻp talab qilinadigan davlat xizmatlari joriy etiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish “Oʻzinfokom” markazi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzinfokom” markazi deb ataladi) Yagona portalda elektron davlat xizmatlarini joriy etish va texnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Yagona integrator hisoblanadi;
tadbirkorlik subyektlari davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda davlat organlari deb ataladi) bilan shartnoma asosida talabgor elektron davlat xizmatlarini Yagona portalda va rasmiy veb-saytlarda joriy etishda ishtirok etadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. “Oʻzinfokom” markaziga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Yagona portalni texnik qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash;
Yagona portal orqali elektron davlat xizmatlari koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirish;
Yagona portalda elektron davlat xizmatlarini joriy qilishda davlat organlariga metodologik va texnik yordam koʻrsatish;
Yagona portalning uzluksiz ishlashini taʼminlash;
Yagona portal faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish, koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlarining roʻyxatini kengaytirish va sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi quyidagilarni taʼminlasin:
ikki oy muddatda davlat xizmatlariga boʻlgan talabni baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
davlat organlari bilan birgalikda mavjud boʻlgan eng talabgor boʻlgan elektron davlat xizmatlarini Yagona portalning yangi versiyasiga bosqichma-bosqich oʻtkazish;
davlat organlariga Yagona portaldagi davlat organining shaxsiy kabinetidan foydalana olishlarini taʼminlash.
6. Davlat organlari:
bir hafta muddatda markaziy apparatning va ularning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan tashkilotlarning elektron davlat xizmatlari koʻrsatishda vakolatli boʻlgan xodimlarini belgilasinlar, ularni “Elektron hukumat” (id.gov.uz) tizimidan foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish Yagona axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazsinlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi soʻrovi boʻyicha elektron davlat xizmatlarini avtomatlashtirilgan tarzda taqdim etish uchun tegishli veb-servislar ishlab chiqilishini va kuzatib borilishini taʼminlasinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.X. Shermatov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-sentabr,
728-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi oʻrinlarda Yagona portal deb ataladi) maqsadini, vazifalarini va ish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomning amal qilishi davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda davlat organlari deb ataladi) rasmiy veb-saytlari orqali elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibiga ham tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Yagona portal faoliyati “Elektron hukumat” tizimi bazasida faoliyat koʻrsatgan holda uning axborot, uslubiy, texnik kuzatuvi va maʼmurchiligi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish “Oʻzinfokom” markazi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzinfokom” deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Yagona portal davlat organlari tomonidan koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlaridan foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
Davlat organlari rasmiy veb-saytlarida Yagona portalda mavjud boʻlgan elektron davlat xizmatini tegishli havola (giperhavola)ni joylashtirish yoʻli bilan joriy qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestri — davlat xizmatlari, shakllari va blankalarining yagona reyestri tarkibida shakllantiriladigan hamda Yagona portalda eʼlon qilinadigan elektron davlat xizmatlarining toʻliq roʻyxatini, shuningdek ushbu Nizomga muvofiq boshqa axborotni oʻz ichiga olgan butunjahon Internet tarmogʻidagi ochiq va hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot resursi;
“Elektron hukumat” foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi (Identifikatsiyalashning yagona tizimi) — jismoniy va yuridik shaxslarning haqiqiy identifikatsiyalanishini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlikda mansabdor shaxslarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalaridan ruxsat olib foydalana olishlarini taʼminlovchi davlat axborot tizimi;
soʻrov — jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmati koʻrsatish uchun davlat organlariga yuboriladigan talabi;
idoralararo elektron hamkorlik — davlat organlari oʻrtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali maʼlumotlar almashuvi;
elektron davlat xizmati reglamenti (Reglament) — elektron davlat xizmati koʻrsatish tartibi va unga qoʻyiladigan talablarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjat;
elektron hujjatlarning repozitoriysi — elektron hujjatlarni qayta ishlashni va saqlashni taʼminlovchi, shuningdek Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatning haqiqiyligini tekshirish vositalarini taqdim etuvchi axborot resursi;
elektron davlat xizmati — axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan holda elektron shaklda koʻrsatiladigan davlat xizmati;
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Yagona portalning maqsadi va vazifalari
4. Quyidagilar Yagona portalning maqsadlari hisoblanadi:
ariza beruvchilarga davlat organlari tomonidan elektron davlat xizmatlarini koʻrsatishni taʼminlovchi axborot tizimlarining sifatli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini taʼminlash, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan axborot almashuvini taʼminlashning qoʻshimcha mexanizmlarini yaratish orqali ularning masʼuliyatini va ijro intizomini kuchaytirish.
5. Yagona portal quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
ariza beruvchilarga elektron davlat xizmatlaridan kafolatlangan va xavfsiz foydalana olishlarini taʼminlash;
elektron davlat xizmatlari olish uchun soʻrovlarni va boshqa hujjatlarni yoʻllash hamda elektron davlat xizmatlari koʻrsatish natijasini qabul qilish;
davlat organlariga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish yuzasidan soʻrovlarni qabul qilish, koʻrib chiqish va natijasini ariza beruvchilarga yuborish imkoniyatini yaratish;
toʻlov tizimlaridan foydalangan holda onlayn-toʻlov imkoniyatlarini amalga oshirish;
elektron davlat xizmatlari koʻrsatishning holati va borishini kuzatish;
elektron hujjatlarni shakllantirish, saqlash va ularning haqiqiyligini tekshirish;
kelib tushgan soʻrovlar va koʻrsatilgan elektron davlat xizmatlar asosida statistik maʼlumotlarni shakllantirish.
3-bob. Elektron davlat xizmatlari turlari va tasnifi
6. Yagona portalda elektron davlat xizmatlari Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) tomonidan davlat xizmatlariga boʻlgan talabni baholash mezonlariga muvofiq tahlil qilgan holda joriy qilinadi.
7. Elektron davlat xizmatlari foydalanish uchun qulay boʻlishi va ariza beruvchilarning ehtiyojlari hamda manfaatlariga mos boʻlishi kerak.
Yagona portalning asosiy tili davlat tili hisoblanadi, shuningdek qoraqalpoq, rus, ingliz va boshqa tillardagi versiyalari ham boʻlishi mumkin.
8. Elektron davlat xizmatlari axborot va interaktiv davlat xizmatlari shaklida koʻrsatilishi mumkin.
Ariza beruvchilarning axborotga ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, davlat organining faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni eʼlon qilish va boshqacha tarqatish yoʻli bilan koʻrsatiladigan elektron davlat xizmati axborot davlat xizmati hisoblanadi.
Ariza beruvchiga ushbu shaxs va elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organi oʻrtasida ikki tomonlama elektron hamkorlik yoʻli bilan koʻrsatiladigan elektron davlat xizmati interaktiv davlat xizmati hisoblanadi.
Interaktiv davlat xizmati avtomatlashtirilgan davlat xizmati shaklida amalga oshirilishi mumkin, uning koʻrsatilishi faqat axborot tizimlaridan va “Elektron hukumat” tizimi maʼlumotlar bazalaridan, shu jumladan idoraviy axborot resurslari va maʼlumotlar bazalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
9. Elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida taqdim etiladigan axborot dolzarb, ishonchli boʻlishi va ruxsatsiz foydalana olish, chiqib ketishi, yoʻq qilinishi, buzib koʻrsatilishi, blokirovka qilinishdan himoyalangan boʻlishi kerak.
Elektron davlat xizmati koʻrsatish yoki undan foydalanish jarayonlarining ishtirokchisi boʻlmagan shaxslarga elektron davlat xizmati koʻrsatilishida Yagona portalda shakllangan maʼlumotlardan Vazirlik bilan kelishilmagan holda foydalanish taqiqlanadi.
10. Elektron davlat xizmatlari pulli yoki bepul koʻrsatiladi.
Pulli elektron davlat xizmatlaridan foydalanganlik uchun ariza beruvchilar tomonidan toʻlovni amalga oshirish tartibi va usullari Reglamentda belgilanadi.
Davlat organlari Reglamentda nazarda tutilgan holatlarda, shu jumladan elektron davlat xizmatlari koʻrsatish muddatlari va tartib-taomillari qisqartirilishida elektron davlat xizmatlari koʻrsatish uchun boshqa toʻlov miqdorini belgilashi mumkin.
11. Ariza beruvchilarning haqiqiyligini taʼminlash darajasi boʻyicha elektron davlat xizmatlari quyidagilarga boʻlinadi:
past — shaxsiy maʼlumotlar taqdim etilishini talab qilmaydigan xizmatlar;
oʻrta — haqiqiy shaxsiy maʼlumotlar taqdim etilishini talab qiladigan xizmatlar;
yuqori — ularni koʻrsatish uchun soʻrovlar elektron raqamli imzodan foydalanib yuboriladigan xizmatlar.
Davlat organlari elektron davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan ariza beruvchilarning haqiqiylik darajasini Vazirlik bilan kelishgan holda belgilaydi.
4-bob. Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi
12. Elektron davlat xizmati koʻrsatish tartibi va unga qoʻyiladigan talablar Reglamentda belgilanadi.
Reglament davlat xizmati koʻrsatish natijasini taqdim etuvchi davlat organi tomonidan Vazirlik bilan kelishgan holda ishlab chiqiladi va kelishuv Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrida roʻyxatga olish uchun asos hisoblanadi.
13. Reglament:
elektron davlat xizmati bir nechta davlat organlari ishtirokida koʻrsatilgan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
elektron davlat xizmati bitta davlat organi tomonidan koʻrsatilgan taqdirda — tegishli davlat organi tomonidan tasdiqlanib, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Reglamentda quyidagilar boʻlishi kerak:
davlat xizmatining nomi;
uni koʻrsatishning quyidagi tartibotlari tavsifi:
a) ariza beruvchidan soʻrovni qabul qilish tartiboti boʻyicha:
elektron davlat xizmati koʻrsatiladigan shaxslar toifasi;
soʻrov berish usuli;
soʻrovda koʻrsatiladigan maʼlumotlar (arizadagi maʼlumotlar roʻyxati, ariza blankasi);
soʻrov elektron shaklda berilganda ariza beruvchi haqiqiyligining talab qilinadigan darajasi;
elektron davlat xizmati koʻrsatish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning roʻyxati va namunalari;
b) soʻrovni koʻrib chiqish va qayta ishlash tartibotlari boʻyicha:
elektron davlat xizmati koʻrsatish doirasida idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan olinadigan maʼlumotlar roʻyxati va tarkibi hamda ularni taqdim etuvchi (oluvchi) davlat organlari roʻyxati;
soʻrovni koʻrib chiqish (qayta ishlash) muddatlari va usuli, axborot tizimidan foydalanilgan taqdirda — uning davlat organlari davlat axborot resurslari va axborot tizimlari reyestridagi nomi va tartib raqami;
soʻrovni koʻrib chiqish (qayta ishlash) muddatlari;
xizmat koʻrsatish narxi va toʻlov usuli (xizmat pulli boʻlgan taqdirda);
v) natijani saqlash va javobni yuborish tartiboti boʻyicha:
davlat xizmati koʻrsatish natijasini saqlash usuli va turi;
davlat xizmati koʻrsatish natijasini taqdim etish shakli;
davlat xizmati koʻrsatilishini rad etish uchun asoslar.
15. Elektron davlat xizmatini joriy etishda Reglament bilan birgalikda Yagona portalda elektron davlat xizmatlarini joriy qilish boʻyicha texnik hujjatning (keyingi oʻrinlarda Texnik hujjat deb ataladi) boʻlishi ham talab etiladi.
16. Texnik hujjat davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi va Vazirlik huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda “Oʻzinfokom” bilan kelishilgandan soʻng Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Texnik hujjatda Yagona portalda joriy etiladigan elektron davlat xizmatini tuzish va loyihalashtirishda talab etiladigan grafik va yozuvli maʼlumotlar, shu jumladan quyidagilar:
elektron davlat xizmati koʻrsatilayotgan shaxslar toifasi;
elektron davlat xizmati koʻrsatilishi tartibi va bosqichlarining tasnifi;
elektron davlat xizmatining texnik koʻrsatkichlari;
elektron davlat xizmatini koʻrsatish muddati va unga masʼul boʻlgan davlat organlarini koʻrsatgan holda tartibining grafik tasviri;
davlat xizmatini koʻrsatish narxi va toʻlov usullari (xizmat pulli boʻlgan taqdirda);
ariza beruvchidan soʻrovni qabul qilishda, soʻrovni koʻrib chiqishda, natijasi saqlanishida hamda javob yoʻllanishida tomonlarning huquq va majburiyatlari;
Yagona portal bilan davlat organlarining tegishli axborot tizimlari idoralararo elektron hamkorligi tartibi mavjud boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Texnik hujjat elektron davlat xizmatining texnik jihatdan amalga oshirilishi uchun talab etiladigan boshqa turdagi maʼlumotlarni ham oʻzida jamlashi mumkin.
18. Yagona portalda elektron davlat xizmatlari quyidagilar orqali taqdim etiladi:
ariza beruvchining shaxsiy kabineti;
davlat organining shaxsiy kabineti.
Yagona portaldagi shaxsiy kabinetga kirish qonunchilikda belgilangan tartibda Yagona identifikatsiyalash tizimi orqali amalga oshiriladi.
19. Elektron davlat xizmatlari olish uchun soʻrovlar ariza beruvchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
20. Ariza beruvchining shaxsiy kabineti elektron davlat xizmatidan foydalanish, elektron davlat xizmatini koʻrsatish holatini kuzatib borish, shaxsiy maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash hamda elektron davlat xizmat koʻrsatish sifatini baholash imkoniyatlarini beradi.
Ariza beruvchining shaxsiy kabineti “Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalaridagi, shu jumladan idoraviy axborot resurslari va maʼlumotlar bazalaridagi maʼlumotlar asosida foydalanuvchilarni koʻrsatilishi lozim boʻlgan elektron davlat xizmatlari haqida xabardor qilish imkonini beradi.
21. Elektron davlat xizmati koʻrsatish boʻyicha soʻrovlarni qabul qilish va ularga javob yuborish davlat organining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi.
Bunda elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari xizmatni koʻrsatish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan mustaqil ravishda oladi.
Elektron davlat xizmati koʻrsatish uchun soʻrovni koʻrib chiqish va qayta ishlash, uni koʻrsatish natijasini saqlash idoralararo va idoraviy axborot tizimlaridan, shu jumladan axborot resurslari va maʼlumotlar bazalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
22. Davlat organining shaxsiy kabineti elektron davlat xizmati koʻrsatishda kerakli hujjatlar va maʼlumotlarni tayyorlash, tahrir qilish, izlash va taqdim etish imkoniyati orqali davlat organining vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan kelib tushgan soʻrovlarni qayta ishlash uchun moʻljallangan.
23. Davlat organining kabinetidan foydalanish huquqi vakolatli mansabdor shaxsga mazkur davlat organi rahbarining rasmiy soʻrovi asosida Vazirlik tomonidan taqdim etiladi.
Davlat organining rasmiy soʻrovida Yagona identifikatsiyalash tizimi roʻyxatidan oʻtgan elektron davlat xizmati koʻrsatish uchun davlat organi vakolatli mansabdor shaxslari haqida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
a) vakolatli mansabdor shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi;
b) egallab turgan lavozimi;
v) foydalanuvchiga Yagona identifikatsiyalash tizimida identifikatsiyalash uchun berilgan maʼlumotlar.
24. Davlat organlarining elektron davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonida foydalaniladigan axborot tizimlari elektron hukumatning infratuzilmasi bilan integratsiyalashgan va qonun hujjatlarida belgilangan talablarga mos boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Yagona portal orqali elektron davlat xizmatlari koʻrsatishda, uni koʻrsatish natijasi ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha shakllantiriladi va taqdim etiladi.
26. Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlar shaklidagi elektron davlat xizmatlari koʻrsatish natijalari davlat organlari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatishda qogʻoz manbada beriladigan hujjatlarga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Ariza beruvchi davlat xizmatlari koʻrsatilishi boʻyicha soʻrovini koʻrib chiqish natijasi toʻgʻrisidagi javobni olish shaklini tanlash huquqiga ega.
Agar ariza beruvchi soʻrovda javobni qogʻoz manbada yuborish talabini koʻrsatgan boʻlsa, davlat xizmatlari koʻrsatish natijasi jismoniy shaxs xohishiga koʻra doimiy yoki vaqtinchalik roʻyxatda turgan pochta manzilidagi joyiga, yuridik shaxsga esa — pochta manziliga muvofiq joylashgan joyiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Elektron hujjatlar repozitoriysi
28. Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish natijalari davlat organlaridan elektron hujjat shaklida olingan maʼlumotlar asosida ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda elektron hujjatlar repozitoriysida saqlanadi.
29. Ariza beruvchi Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatni qogʻoz nusxasini ariza beruvchining shaxsiy kabineti orqali olish imkoniyatiga ega boʻladi.
30. Elektron hujjatlarning qogʻozli manbadagi nusxalari davlat xizmatlari olish uchun anʼanaviy soʻrovda ularni ariza beruvchilar tomonidan taqdim etish uchun moʻljallangan (shaxsan kelib, pochta yoki faksimil aloqa orqali).
31. Davlat organlari Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatni Elektron hujjatlar repozitoriysining rasmiy veb-sayti orqali noyob identifikatsiya raqamini kiritish yoki elektron hujjatda joylashgan QR–kodni skaner qilish yoʻli bilan ariza beruvchilardan olingan elektron hujjatlarning qogʻozli manbadagi nusxalarining haqiqiyligini tekshirish va ular boʻyicha maʼlumotlar olish imkoniyatiga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Davlat organlari idoraviy axborot tizimlaridan va maʼlumotlar bazalaridan taqdim etiladigan axborotning haqiqiyligi va dolzarbligini taʼminlaydi.
33. Vazirlik Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlardagi axborotning buzib koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻradi va idoraviy axborot tizimlaridan olingan elektron shakldagi axborotning muvofiqligini taʼminlaydi.
34. Elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
35. Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibiga rioya etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Davlat organlarining rahbarlari elektron xizmatlar koʻrsatilishini asossiz rad etish va ularning sifatsiz taqdim etilishi uchun javobgar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Ariza beruvchilar notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etganliklari, elektron davlat xizmatlari koʻrsatish uchun tuhmat va haqoratlardan iborat soʻrovlar berganliklari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali logotipining tasviri‎‎

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri‎‎

(Davlat organining nomi)
‎Manzili:
‎Tel:
‎El. pochtasi:
‎‎№ ABC-123456789-DEF
‎Hujjat yaratilgan sana: ___________________

‎‎KK.OO.YYYY

Kimga berilgan: ____________________________________________________

‎‎Oluvchining FIO/Tashkilotning nomi (oluvchi)

Oluvchining identifikatsiya raqami: ____________________________________

PINFL/STIR

Hujjatning turi (Maʼlumotnoma, guvohnoma, bildirishnoma va shu kabilar)

‎Hujjatning matni (Davlat xizmati reglamentiga muvofiq elektron davlat
‎xizmati turiga asosan shakllantiriladi
)

Hujjatni imzolagan shaxs ___________________________________________‎‎‎

‎‎FIO (davlat organi rahbari)

Hujjatning haqiqiylik muddati: _____________________________________

KK.OO.YYYY (____kun)

Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi.
‎Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun edoc.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.
‎Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlangan.

‎‎


‎Hujjatning
‎haqiqiyligini
‎tasdiqlovchi
‎QR-kod

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 31-dekabrdagi 355-son qarorida:
a) 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligini reytingli baholash tizimi
TUZILMASI

T/r

Koʻrsatkich

Koʻrsatkichning salmogʻi

Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari

Hoʻjalik boshqaruvi organlari

Xizmatlar koʻrsatmaydigan tashkilotlar

Yakuniy reyting,

shu jumladan:

100%

100%

100%

I.

Rasmiy veb-sayt va interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish

60%

15%

40%

1.1.

Internet tarmogʻida rasmiy veb-saytning mavjudligi va undan foydalana olish

1%

1%

1%

1.2.

Rasmiy veb-saytning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi

5%

5%

20%

1.3.

“Ochiq maʼlumotlar” boʻlimining mazmuni

8%

1%

11%

1.4.

“Elektron qatnashish” uchun imkoniyatlar mavjudligi

16%

4%

8%

1.5.

Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha talablarni bajarish

30%

4%

x

II.

Axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari

16%

50%

22%

2.1.

Axborot tizimlari, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi doirasida foydalaniladigan axborot tizimlari

8%

2%

15%

2.2.

Idoralararo elektron hujjatlar aylanishi tizimining faoliyat koʻrsatishi

3%

1%

2%

2.3.

Ichki elektron hujjat almashinuvi tizimining faoliyat koʻrsatishi

1%

1%

1%

2.4.

Boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan oʻzaro hamkorlik qiluvchi maʼlumotlar bazalari

4%

1%

4%

2.5.

Ishlab chiqarish va texnik jarayonlarni tashkil etish, xodimlar boshqaruvi

doirasida foydalaniladigan axborot tizimlari

x

30%

x

2.6.

Moddiy-texnika resurslarining hisob-kitobi va hisobotini tartibga solish, ishlab chiqarilgan mahsulotlar isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni tartibga solish maqsadida foydalaniladigan axborot tizimlari

x

15%

x

III.

Axborot xavfsizligi

20%

20%

20%

3.1.

Axborot xavfsizligini taʼminlash tizimlari va vositalarini tashkilotning moliyalashtirish manbalari bilan tasdiqlangan yaqin yillardagi faoliyatiga joriy etish tadbirlari rejalarining mavjudligi

3%

3%

3%

3.2.

Axborot xavfsizligi boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarning mavjudligi va ularning amalga oshirilishi holati

7%

7%

7%

3.3.

Axborot xavfsizligini taʼminlash va xodimlarini himoya qilish boʻyicha jismoniy chora-tadbirlarning mavjudligi va amalga oshirilishi holati

4%

4%

4%

3.4.

Axborot xavfsizligini taʼminlash texnik vositalarining mavjudligi va holati

6%

6%

6%

IV.

Tashkiliy jihatdan baholash

4%

15%

18%

4.1.

Tashkilotning moliyalashtirish manbalari bilan tasdiqlangan, yaqin yillardagi faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish tadbirlari rejalarining mavjudligi

1%

4%

6%

4.2.

Davlat xizmatlarini interaktiv shaklga bosqichma-bosqich oʻtkazish boʻyicha oʻtkazishning jadvallari va sanalari koʻrsatilgan holdagi chora-tadbirlar dasturining mavjudligi

1%

x

x

4.3.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish yuzasidan rahbariyat orasidan masʼul shaxsning mavjudligi

1%

1%

2%

4.4.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish yuzasidan masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmaning yoki tegishli xizmatlar autsorsingi boʻyicha shartnomaning mavjudligi

1%

1%

4%

4.5.

Ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsion mexanizmlar va texnologiyalarni joriy etish

x

2%

x

4.6.

Ishlab chiqarilgan tovar va mahsulotlarni Internet tarmogʻi orqali sotish

x

3%

x

4.7.

AKTni joriy etish va rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil qilish

x

4%

6%

Izoh: Davlat organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining AKTni, shu jumladan “elektron hukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari, shuningdek AKTni rivojlantirish boʻyicha kompleks dasturlari oʻz vaqtida va toʻliq roʻyobga chiqarilishi, “elektron hukumat” xizmatlari va axborot tizimlarini joriy etishning ijrosi taʼminlanmagan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yakuniy bahodan olib tashlanadigan 20 ball miqdorida “jarima” balli oladilar.
1-bandga quyidagi mazmundagi “s” kichik bandi qoʻshilsin:
“s) Oʻzbekiston Respublikasiga investitsiya kiritish uchun qaror qabul qilish uchun zarur boʻladigan statistik va boshqa axborotlar”;
“a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“a) veb-sayt boʻyicha kengaytirilgan izlash, shuningdek boshlangʻich izlash natijasi asosida chuqur izlash vazifalari”;
“b” kichik bandidagi “soddalashtirilgan” soʻzi “adaptatsiya qilingan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“d) fuqarolar murojaatlarining koʻrib chiqilishi holati va vaqtini, shuningdek elektron davlat xizmatlar koʻrsatish holatini kuzatib borish, shu jumladan elektron pochtaga va/yoki arizachining mobil telefoniga bildirishnomalar yuborish”;
“j” kichik bandidagi “onlayn-soʻrovlar, bloglar, forumlar” soʻzlaridan soʻng “onlayn-chat” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi “i” kichik bandi qoʻshilsin:
“i) veb-sayt orqali xizmatlardan foydalanishning hisobini yuritish mexanizmi”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 6-bandning birinchi xatboshidagi “rahbar yoki rahbar tomonidan oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan boshqa shaxs” soʻzlari “mansabdor shaxslar, davlat organining rahbarlari yoki oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan boshqa vakolatli shaxs” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Portalga interaktiv davlat xizmatlarini joriy etishda davlat organlariga metodologik va texnik yordam berish”;
v) 11-bandning uchinchi xatboshidagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 13-banddagi “tegishli” soʻzidan keyin “manbalari boʻlmish” soʻzlari qoʻshilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 23-avgustdagi 181-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-yil, 8-son, 50-modda.), shuningdek qarorga 2-ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining davlat axborot resurslarini hamda interaktiv davlat xizmatlarini hisobga olishni takomillashtirishga oid ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 20-avgustdagi 239-son qaroriga ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-yil, 8-son, 61- modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga 1-ilovaning 38-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-yil, 3-son, 12-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2010-yil 2-iyundagi 104-son qaroriga 3-ilovaning 7-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-yil, 6-son, 25-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Joylarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 1-fevraldagi 24-son qaroriga ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-yil, 2-son, 3-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 87-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-yil, 11-son, 79-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “Interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatishni hisobga olgan holda Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 30-dekabrdagi 378-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-yil, 12-son, 95-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 31-maydagi 152-son qaroriga ilovaning 7-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-yil, 5-son, 34-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga 1-ilovaning 55-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-yil, 9-son, 64-modda).
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga 1-ilovaning 28-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-yil, 7-son, 73-modda).
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-martdagi 74-son qaroriga ilovaning 9-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-yil, 3-son, 22-modda).
12. Vazirlar Mahkamasining ““Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida” 2016-yil 3-iyundagi 188-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-yil, 6-son, 47-modda), shuningdek qarorga 1-ilova.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 38-son, 1037-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2021-y., 09/21/373/0559-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 12.06.2023-y., 09/23/237/0353-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son; 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 07.03.2026-y., 09/26/93/0210-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)