1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish;
2.Moliya / Investitsiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Fargʻona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-Faza” loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Fargʻona vodiysidagi sugʻoriladigan yerlarda qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirishni taʼminlash, suv va yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, Jahon banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
2017-yil 30-iyunda Jahon banki Direktorlar kengashi “Fargʻona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-faza” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — XTA)ning imtiyozli resurslaridan Oʻzbekiston Respublikasiga 144,9 million AQSH dollari miqdorida besh yillik imtiyozli davrni qoʻshib hisoblaganda 25 yil muddatda qaytarish sharti bilan kredit berilishini maʼqulladi:
loyihaning umumiy qiymati 228,2 million AQSH dollarini tashkil etadi, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga qoʻshadigan hissasi — 83,3 million AQSH dollari miqdorida boʻlib, shulardan 36,9 million AQSH dollari — taqdim etiladigan soliq va bojxona imtiyozlari holidadir;
loyihani qoʻshimcha moliyalashtirish uchun 16,4 million AQSH dollari miqdorida Yevropa Ittifoqining granti jalb etiladi;
loyihani amalga oshirish davri 7 yil (2017 — 2024-yillar) mobaynida belgilangan;
Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat taʼminoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligi loyihani amalga oshirish, kreditlardan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, loyihaning barcha maqsadli koʻrsatkichlariga erishishni taʼminlash uchun javob beradigan ijro etuvchi hisoblanadi hamda uning zimmasiga loyihani amalga oshirishni boshqarish va muvofiqlashtirish vazifalari yuklanadi, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishiga muvofiq u qoʻshimcha xodimlar bilan taʼminlanadi;
(2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
loyiha doirasida kreditlardan maqsadli foydalanilishi ustidan samarali monitoringni taʼminlash uchun Agentlikga loyiha uchun xizmat koʻrsatuvchi bankda maxsus hisobvaraq ochishga ruxsat etiladi, ish haqini mana shu hisobvaraq orqali toʻlash huquqi beriladi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Agentlikning boshqa loyihalar boʻyicha majburiyatlarini soʻndirishga loyiha uchun ochilgan hisobvaraqlardan mablagʻlarni hisobdan chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
XTA kreditini soʻndirish, shuningdek XTA krediti boʻyicha vositachilik haqi va boshqa chiqimlarni toʻlash bilan bogʻlik sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
“Fargʻona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-faza” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan 1-ilovaga muvofiq;
“Fargʻona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-faza” loyihasi doirasida XTA kreditini soʻndirish, kredit boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarining hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda Markaz xodimlari faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi va tashkillashtirilishini taʼminlasin, loyihani amalga oshirish davrida Andijon shahri, Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumani va Fargʻona shahrida tegishli xonalar bepul foydalanish huquqi bilan ajratib berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmurodov, Andijon viloyati hokimi Sh.K. Abduraxmonov, Namangan viloyati hokimi X.X. Bozarov va Fargʻona viloyati hokimi Sh.Gʻ. Gʻaniyev zimmasiga loyiha tadbirlarini amalga oshirish uchun tegishli shart-sharoitlarni taʼminlash, shuningdek, Jahon bankining tartib-taomillariga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq hisobot hamda zarur hujjatlarni tayyorlash va taqdim etishni oʻz vaqtida tashkillashtirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov Oʻzbekiston Respublikasi bilan XTA oʻrtasida moliyalashtirish toʻgʻrisidagi Bitimni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan XTA oʻrtasida moliyalashtirish toʻgʻrisidagi Bitim yuzasidan belgilangan tartibda huquqiy xulosa bersin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishda 2018-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirish doirasidagi hissasini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlarini nazarda tutsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 06/20/5370/0975-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi “Qishloq xoʻjaligini modernizatsiyalashni koʻllab-quvvatlash” V komponenti qismini moliyalashtirish uchun grantlarni jalb etish masalasini ishlab chiqsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
9. Loyihani amalga oshirish doirasida:
XTA krediti, grantlar va Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari), qoʻshilgan qiymat soligʻi, shuningdek, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar va yigʻimlar toʻlashdan;
yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlari yuridik shaxslarning foyda soligʻidan;
loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlari jismoniy shaxslarning daromad soligʻidan ozod qilinsin.
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlarni berish natijasida boʻshaydigan mablagʻlar summasi Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga qoʻshadigan hissasi boʻladi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (B.I. Zakirov, K.N. Toʻlaganov) loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasini hamda loyihani amalga oshirish doirasida ado etilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan tegishli darajadagi davlat arxitektura-qurilish nazoratini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat taʼminoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligining buyurtmanomalariga binoan ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmagan holda belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat taʼminoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligining buyurtmanomalariga binoan ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular vaqtincha yashaydigan joyda vaqtinchalik roʻyxatga olish va uning muddatini uzaytirishni davlat boji undirmasdan taʼminlasin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
13. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat taʼminoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligining buyurtmanomalariga binoan ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida mavjud boʻlmaganlarni) Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar, shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov zimmasiga yuklansin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-sentabr,
PQ-3282-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ-3282-son qaroriga 1-ILOVA
“Fargʻona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-faza” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari
Konsultantlar xizmatlari (tender hujjatlarini tayyorlash va ishlab chiqish hamda texnik nazorat, monitoring va baholash, yakka tartibdagi konsultantlar, texnik audit, atrof muhitni boshqarish rejasini yaratish)
ming AQSH dollari
7 230,51
7 230,51
2.5.
koʻzda tutilmagan jismoniy va narx xarajatlari
ming AQSH dollari
8 385,31
8 385,31
2.6.
boshqa xarajatlar, jami
ming AQSH dollari ekvivalentida
4 492,25
2 692,25
1 800,00
shu jumladan:
EMVda
ming AQSH dollari ekvivalentida
2 692.25
2 692,25
milliy valyutada
ming AQSH ?ollari ekvivalentida
1 800,00
1 800,00
2.7.
Investitsiya davridagi moliyaviy sarf-xarajatlar
ming AQSH dollari ekvivalentida
18 243,83
18 243,83
3.
Soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etish
ming AQSH dollari ekvivalentida
36 965,45
36 965,45
4.
Loyiha bilan qamrab olingan maydon
ga
81 957
5.
Loyihaning qoplanish muddati hisob-kitoblari
yil
11
6.
Investitsiya davrining muddati
oy
84
7.
Tashkil etilayotgan asosiy fondlarning qiymati
ming AQSH dollari
173 006
8.
Kreditni soʻndirish muddati
yil
25
shu jumladan imtiyozli davr
yil
5
* Yakuniy narx koʻrsatkichlari oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolari natijalariga koʻra belgilanadi.
LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ-3282-son qaroriga 2-ILOVA
“Fargʻona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-faza” loyihasi doirasida XTA kreditini soʻndirish, kredit boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali
Kredit summasi
144 900,0 ming AQSH dollari
Soʻndirish muddati
25 yil
Imtiyozli davr
5 yil
Xizmat koʻrsatish uchun vositachilik haqi
1,47 foiz
Majburiyatlar boʻyicha vositachilik haqi
0,50 foiz
Foiz stavkasi
1,38 foiz
ming AQSH dollari
Toʻlov sanasi
Asosiy qarz boʻyicha toʻlov summasi
Vositachilik boʻyicha toʻlov summasi
Kredit boʻyicha foizlarni toʻlash summasi
Toʻlanishi kerak boʻlgan umumiy summa
2018-yil 15-may
362,25
362,35
2018-yil 15-noyabr
353,95
47,33
401,28
2019-yil 15-may
345,64
94,66
440,30
2019-yil 15-noyabr
276,40
489,33
765,73
2020-yil 15-may
276,40
884,00
1 160,40
2020-yil 15-noyabr
165,29
1 122,65
1 287,94
2021-yil 15-may
123,43
1 361.30
1 484,73
2021-yil 15-noyabr
98,76
1 501,91
1 600,67
2022-yil 15-may
74,09
1 642,53
1 716,62
2022-yil 15-noyabr
2 390,85
49.86
1 918,71
4 359,42
2023-yil 15-may
2 390,85
25,63
1 947,55
4 364,03
2023-yil 15-noyabr
2 390,85
14,60
1 976.39
4 381.84
2024-yil 15-may
2 390,85
3,56
1 962.62
4 357,03
2024-yil 15-noyabr
2 390,85
1 928,55
4 319.40
2025-yil 15-may
2 390,85
1 894,48
4 285,33
2025-yil 15-noyabr
2 390,85
1 860,41
4 251,26
2026-yil 15-may
2 390,85
1 826.34
4217,19
2026-yil 15-noyabr
2 390,85
1 792,27
4 183,12
2027-yil 15-may
2 390,85
1 758,20
4 149,05
2027-yil 15-noyabr
2 390,85
1 724,13
4 114,98
2028-yil 15-may
2 390,85
1 690,06
4 080,91
2028-yil 15-noyabr
2 390,85
1 655,99
4 046,84
2029-yil 15-may
2 390,85
1 621,92
4 012,77
2029-yil 15-noyabr
2 390,85
1 587,85
3 978.70
2030-yil 15-may
2 390,85
1 553.78
3 944,63
2030-yil 15-noyabr
2 390.85
1 519,71
3 910,56
2031-yil 15-may
2 390,85
1 485.64
3 876,49
2031-yil 15-noyabr
2 390,85
1 451,57
3 842.42
2032-yil 15-may
2 390,85
1 417,50
3 808,35
2032-yil 15-noyabr
4 854,15
1 383,43
6 237,58
2033-yil 15-may
4 854,15
1 314.26
6 168,41
2033-yil 15-noyabr
4 854.15
1 245.09
6 099,24
2034-yil 15-may
4 854,15
1 175,92
6 030,07
2034-yil 15-noyabr
4 854,15
1 106,75
5 960,90
2035-yil 15-may
4 854.15
1 037,57
5 891,72
2035-yil 15-noyabr
4 854,15
968,40
5 822,55
2036-yil 15-may
4 854,15
899,23
5 753,38
2036-yil 15-noyabr
4 854,15
830,06
5 684,21
2037-yil 15-may
4 854,15
760,89
5 615.04
2037-yil 15-noyabr
4 854,15
691,72
5 545,87
2038-yil 15-may
4 854,15
622,54
5 476,69
2038-yil 15-noyabr
4 854,15
553,37
5 407,52
2039-yil 15-may
4 854,15
484,20
5 338,35
2039-yil 15-noyabr
4 854.15
415.03
5 269,18
2040-yil 15-may
4 854,15
345,86
5 200,01
2040-yil 15-noyabr
4 854,15
276,69
5 130.84
2041-yil 15-may
4 854,15
207,51
5 061,66
2041-yil 15-noyabr
4 854.15
138,34
4 992,49
2042-yil 15-may
4 854,15
69,17
4 923,32
Jami:
144 900,00
2 169,86
56 243,41
203 313,27
LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2017-y., 07/17/3282/0008-son, 08.06.2018-y., 06/18/5457/1324-son, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son; 29.06.2020-y., 06/20/5370/0975-son, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)