1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.12.00.00 Soliq maslahati;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Soliq maslahati milliy standarti (2-sonli SMMS) “Soliq maslahati boʻyicha hisobot tuzish va mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etish tartibi”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 11-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2375-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonuni 13-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 28-maydagi 44-son “Soliq maslahati milliy standarti (2-sonli SMMS) “Soliq maslahati boʻyicha hisobot tuzish va mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etish tartibi”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2375, 2012-yil 28-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 26-27-son, 299-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-avgust,
126-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 23-avgustdagi 126-son buyrugʻiga ILOVA
“Soliq maslahati milliy standarti (2-sonli SMMS) “Soliq maslahati boʻyicha hisobot tuzish va mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etish tartibi”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Buyruqning nomi va 1-bandi “soliq maslahati boʻyicha hisobot” degan soʻzlardan keyin “va soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
a) nomi va 1-band “soliq maslahati boʻyicha hisobot” degan soʻzlardan keyin “va soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“9. Hisobotning har bir beti soliq maslahatini amalga oshirgan soliq maslahatchisi tomonidan imzolanadi, hisobot soliq maslahatchilari tashkiloti rahbarining imzosi va mazkur tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi.”;
v) quyidagi tahrirdagi III1 va III2 boblar bilan toʻldirilsin:
“III1 bob. Soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasi
121. Soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasi (keyingi oʻrinlarda xulosa deb yuritiladi) soliq maslahatchilari tashkilotining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish, toʻlash, soliq solish bilan bogʻliq boʻlgan obyektlarni aniqlash va hisobini yuritish toʻgʻrisidagi fikrini oʻz ichiga oluvchi yozma shaklda ifodalangan hujjatdir.
Xulosa hisobot asosida tuziladi.
122. Xulosa erkin shaklda tuziladi va majburiy tartibda quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
nomi — “Soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasi”;
mijozning (ishonch bildiruvchining) manzili, nomi yoki F.I.O.;
tuzilayotgan xulosaga asos boʻlgan hisobot sanasi;
shartnomani bajarishda ishtirok etgan soliq maslahatchisi(lari) toʻgʻrisida maʼlumotlar (F.I.O., soliq maslahatchisi sertifikatining raqami va berilgan sanasi).
123. Xulosada soliq maslahatchilari tashkilotining shartnoma predmeti boʻyicha asoslangan fikri aniq bayon etilishi kerak.
III2 bob. Xulosani tuzish va mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etish
124. Xulosa soliq maslahatchisi (soliq maslahatchilari), soliq maslahatchilari tashkilotining rahbari tomonidan imzolanishi va mazkur tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanishi kerak.
125. Xulosa mijozga (ishonch bildiruvchiga) shartnomada belgilangan muddatlarda shaxsan olib borib berish, pochtadan buyurtma xat orqali yoki elektron hujjat tarzida taqdim etiladi.”;
g) IV bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“IV bob. Hisobot va xulosaning mazmuni uchun javobgarlik”;
d) 16-band “hisobot” soʻzidan keyin “va xulosa” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 1011-modda)