Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-iyuldagi PQ-3137-son “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining
8-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Tovar cheklarini berish boʻyicha asbob-uskunalar mavjud boʻlmagan yoki nosoz boʻlgan yoxud elektr energiyasi vaqtincha oʻchirilgan hollarda dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana sotishda foydalaniladigan tovar cheklari kitobining shakli
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu shakl Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.