1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.09 Avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.02.00 Respublika budjeti daromadlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari;
2.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Avtomototransport vositalarini davlat daromadiga oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, davlat daromadiga oʻtkazilgan, 20 va undan koʻp yil muddatda foydalanilgan hamda yaroqsiz avtomototransport vositalari haq toʻlash evaziga utilizatsiya tashkilotlariga yoki ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash tashkilotlariga haq toʻlash evaziga (metall parchalari narxida) topshiriladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda:
avtomobillarga texnika xizmati koʻrsatish boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb etgan holda, 20 va undan koʻp yil muddatda foydalanilgan va sud qarori asosida davlat daromadiga oʻtkazilgan hamda foydalanishga yaroqsizligini aniqlash uchun davlat sud ijrochilari yuritishida boʻlgan avtomototransport vositalarini xatlovdan oʻtkazsin;
oʻtkazilgan xatlov natijalariga koʻra, 20 va undan koʻp yil muddat foydalanilgan hamda yaroqsiz avtomotransport vositalarini belgilangan tartibda ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash tashkilotlariga metall parchalari narxida topshirish choralarini koʻrsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-sentabr,
707-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-son qaroriga ILOVA
Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritiladigan
a) ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti (keyingi oʻrinlarda Sud departamenti deb ataladi)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) oltinchi xatboshidagi “sud ijrochilari” soʻzlari “Tuman (shahar) byurosi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“20 va undan koʻp yil foydalanilgan avtomototransport vositasini koʻzdan kechirish dalolatnomasiga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati organining avtomototransport vositasining foydalanishga yaroqliligi toʻgʻrisidagi xulosasi ilova qilinadi”.
3. 13-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“20 va undan koʻp yil foydalanilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati organlari tomonidan foydalanish uchun yaroqsiz deb topilgan avtomototransport vositalari haq toʻlash evaziga utilizatsiya tashkilotlariga yoki ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash tashkilotlariga (metall parchalari narxida) topshiriladi. Bir vaqtning oʻzida, ushbu avtomototransport vositalarining davlat roʻyxatiga olingan raqam belgilari va roʻyxatga olingani toʻgʻrisidagi guvohnomalarini belgilangan tartibda yoʻq qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati organlariga topshirish haqida qaror qabul qilinadi”.
4. 14-bandning ikkinchi xatboshidagi “Sud departamentining tuman (shahar) boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda sud ijrochilari deb ataladi)” soʻzlari “Tuman (shahar) byurosining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“Roʻyxatga olish davomida mol-mulkni oʻzlashtirish, uning kamomadi, uni yashirish, yoʻq qilish, unga shikast yetkazish holatlari, mol-mulk nomi, miqdori, sifati, qiymat koʻrsatkichlarida, shuningdek olib qoʻyish toʻgʻrisidagi dalolatnomada, ekspertning xulosasida, baholash toʻgʻrisidagi xulosada va mol-mulkni baholash toʻgʻrisidagi dalolatnomada va saqlash uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasida koʻrsatilgan farqlar aniqlangan taqdirda davlat ijrochisi bu haqda guvohlar ishtirokida uch nusxada dalolatnoma tuzadi va keyingi kundan kechikmay, dalolatnomaning bir nusxasi ilova qilingan ijro hujjati nusxasini aniqlangan kamchiliklarni koʻrsatgan holda sudga yoki uni bergan vakolatli organga yuboradi. Bir vaqtning oʻzida, davlat ijrochisi davlat ijrochisi joylashgan joydagi tegishli tuman (shahar) prokuroriga aybdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar koʻrish uchun dalolatnomaning ikkinchi nusxasi ilova qilingan maxsus bildirishnomani yuboradi.
Davlat ijrochisi tasarrufiga oʻtadigan qimmatbaho metallar va toshlarning roʻyxatini tuzishda, qimmatbaho metallar va toshlarni davlat ijrochisiga topshirish sanasida ularning qiymati qayta baholanadi. Qayta baholash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Qimmatbaho metallar agentligi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan shkala boʻyicha ichki bozorda olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkazilgan qimmatbaho metallar va toshlar qiymati hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Qayta baholash davlat ijrochilari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi, soliq va moliya organlari vakillarining majburiy ishtirokida qimmatbaho buyumlar qiymatini qayta baholash dalolatnomasini tuzgan holda oʻn kun muddatda amalga oshiriladi. Davlat ijrochisi qayta baholangan qiymatdan qimmatbaho metallar va toshlarni sotish yuzasidan shartnomalar tuzish uchun foydalanadi”.
“16. Davlat ijrochisi ijro hujjati bajarilgunga qadar mol-mulk (qimmatbaho metallar va toshlardan tashqari) saqlanadigan joyni oʻzgartirishga haqlidir. Bunda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi, dalolatnoma sud ijrochisi, mol-mulkni olib qoʻygan organning mansabdor shaxsi, mol-mulk saqlanishi uchun javobgar boʻlgan shaxs, shuningdek mol-mulk saqlanishi uchun javobgar etib yangidan tayinlangan shaxs tomonidan imzolanadi”.
“Shartnoma shartlariga rioya etish, shuningdek mol-mulkni sotish tartibini nazorat qilish tegishli davlat ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi. Shartnoma shartlari va mol-mulkni sotish tartibi buzilgan taqdirda tegishli davlat ijrochisi mol-mulkni uni sotish yuzasidan xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzilgan boshqa savdo tashkilotiga berishga haqlidir”;
v) toʻrtinchi xatboshidagi “sud ijrochisi” soʻzlari “davlat ijrochisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“Davlat daromadiga oʻtkazilgan sotuvdagi mol-mulkning yaroqlilik muddati tamom boʻlgandan keyin savdo tashkiloti davlat ijrochisiga tegishli bildirishnoma yuboradi. Davlat ijrochisi yaroqlilik muddati tamom boʻlgan mol-mulkni yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun uch kun mobaynida sudga yoki ijro hujjatini bergan boshqa organga murojaat qiladi. Sud yoki ijro hujjatini bergan boshqa organ davlat ijrochisining murojaatini ijro hujjatini bajarish usuli va tartibini oʻzgartirish tartibida koʻrib chiqadi”.
16. 44-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati organining mutaxassisi 20 va undan koʻp yil muddat foydalanilgan avtomototransport vositasini koʻzdan kechirish bilan bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda avtomototransport vositasining yaroqliligi toʻgʻrisida xulosa tuzadi va ushbu xulosa Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmatining tegishli organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi”.
17. Quyidagi mazmundagi 451-band qoʻshilsin:
“451. Utilizatsiyaga yoki ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash tashkilotlariga topshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan avtomototransport vositalari davlat ijrochisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati vakilining majburiy ishtirokida utilizatsiyaga yoxud ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash tashkilotlariga topshiriladi hamda qabul qilish-topshirish dalolatnomasida bu haqda tegishli yozuv qayd etiladi.
Davlat ijrochisi avtomototransport vositasini hisobdan chiqarish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va uni avtomototransport vositasi hisobga olingan joydagi Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati organiga ijro etish uchun yuboradi. Bir vaqtning oʻzida Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati organiga ushbu avtomototransport vositasining davlat roʻyxatiga olingan raqam belgilari va roʻyxatga olingani toʻgʻrisidagi guvohnoma ham (mavjud boʻlsa) topshiriladi”.