1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.32.00 (Кучини йукотган) Malaka oshirish. Qayta tayyorlash;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3003-sonli qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3003-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-sentabr,
PF-5190-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PF-5190-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4732-son Farmoni 1-ilovasida:
a) 4-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
4.
Toshkent davlat agrar universiteti
Agronomiya
Agrokimyo va agrotuproqshunoslik
Oʻsimliklar himoyasi va karantin
Qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlov berish texnologiyasi
Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish texnologiyasi
Zootexniya
Ipakchilik
Oʻrmonchilik va aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik
Vetenariya
Qishloq xoʻjaligida menejment
”;
b) 14-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
14.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanish
Suv xoʻjaligi va melioratsiya
Suv xoʻjaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish
Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalarini ekspluatatsiya qilish
Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish
Yer tuzish va yer kadastri
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash
Qishloq xoʻjaligini elektrifikatsiya qilish va avtomatlashtirish
”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 28-maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini shunday kadrlar bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi PQ-1761-son qarori 2-ilovasi rus tilidagi matni:
a) 28-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Tashkentskiy institut injenerov irrigatsii i mexanizatsii selskogo xozyaystva
Gidromelioratsiya, kadastr i ustroystvo zemledeliya
Mexanizatsiya selskogo xozyaystva, elektrifikatsiya i avtomatizatsiya selskogo xozyaystva
Respublika Karakalpakstan, oblasti i g. Tashkent
Respublika Karakalpakstan, Buxarskaya, Djizakskaya, Kashkadarinskaya, Navoiyskaya, Samarkandskaya, Surxandarinskaya, Sirdarinskaya, Tashkentskaya, Xorezmskaya oblasti
”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909-son qarori 32, 32a, 32b, 32v, 32g, 47, 47a, 47b, 47v va 47g-ilovalarning nomlanishida “Toshkent irrigatsiya va meloratsiya instituti” soʻzlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi “2017-2021-yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2954-son qarorida:
ikkinchi xatboshidagi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida” soʻzlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga” soʻzlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning “Amalga oshirish mexanizmi” ustuni 12-pozitsiyasidagi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida” va “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga” soʻzlari tegishincha “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida” va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)
LexUZ sharhi
Ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 981-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son; 10.08.2023-y., 06/23/116/0579-son)