1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.03.00.00 Pul tizimi va pul muomalasi. Inflyatsiya / 07.03.02.00 Naqd pul emissiyasi, pul muomalasini tashkil qilish va tartibga solish. Inflyatsiya;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
[TSZ:
1.Moliya / Pul tizimi. Hisob-kitoblar;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
NAQD PUL MUOMALASINI MUSTAHKAMLASh VA TIJORAT BANKLARINING MASʼULIYATINI OShIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA- TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6325-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda oʻtkazilgan tekshirishlar jarayonida sotilgan tovarlar va xizmatlar uchun olingan tushumni banklar kassalariga oʻz vaqtida topshirishdan boʻyin tovlash, tijorat banklari tomonidan hisob raqamlari ochishni kechiktirish, mehnatga haq toʻlash va boshqa xoʻjalik ehtiyojlari uchun naqd pul berishning belgilangan tartibini buzish, mijozlarning hisob raqamlariga mablagʻlarni oʻtkazish va koʻchirish boʻyicha toʻlov talabnomalari va topshiriqnomalarini oʻz vaqtida bajarmaslik hollari aniqlandi.
Soliq organlari, bank muassasalari va ichki ishlar organlarining savdo tushumining toʻliq va oʻz vaqtida inkassatsiya qilinishini tashkil etish va nazorat qilish, bir qator isteʼmol tovarlari, shu jumladan tamaki va alkogolli mahsulotlar bilan noqonuniy savdo qilinishiga chek qoʻyish borasidagi oʻzaro hamkorligi sust amalga oshirilayapti. Ayrim mintaqalarda, ayniqsa Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida naqd pul emissiyasining darajasi yuqoriligicha qolayotganligi mutlaqo chidab boʻlmaydigan holdir.
Koʻrsatib oʻtilgan hollar mamlakatdagi pul muomalasi jarayonlariga salbiy taʼsir etmoqda, bank tizimiga boʻlgan ishonchga putur yetkazmoqda, bankdan tashqari muomalaning oʻsishiga sabab boʻlmoqda.
Pul muomalasini mustahkamlash, naqd pul tushumining toʻliq inkassatsiya qilinishini taʼminlash, tijorat banklarining xoʻjalik yurituvchi subyektlarga xizmat koʻrsatish borasidagi masʼuliyatini oshirish, tijorat banklariga nisbatan ishonchni mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qayd etilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki, tijorat banklari tomonidan savdo tashkilotlarining kunlik tushumlari oʻz vaqtida va toʻliq topshirilishi, naqd pul berishning belgilangan tartibiga rioya etilishi, hisob raqamlariga mablagʻlarni oʻtkazish va koʻchirish boʻyicha toʻlov hujjatlarining oʻz vaqtida bajarilishi ustidan zarur nazorat amalga oshirilmayapti.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat soliq qoʻmitasi naqd pul tushumini oʻz vaqtida va toʻliq inkassatsiya qilishni tashkil etish, tijorat banklarining mijozlarga xizmat koʻrsatish borasidagi masʼuliyati masalalarini qoʻshma kengaytirilgan majlisda koʻrib chiqsinlar. Yoʻl qoʻyilgan har bir tartibni buzish holati batafsil tekshirilsin va aybdor shaxslar egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha qatʼiy maʼmuriy javobgarlikka tortilsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari, barcha darajalardagi soliq organlarining rahbarlari belgilangan naqd pul muomalasi qoidalari va normalarining soʻzsiz bajarilishi, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan kassa intizomiga qatʼiy rioya etilishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari toʻgʻrisida qatʼiy ogohlantirilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.19.00.00 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish / 09.19.05.00 Maishiy xizmat koʻrsatish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik]
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori bilan chiqarilgan— OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
belgilangan savdo qoidalari buzilgan, nazorat-kassa mashinalaridan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanilmagan, toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha qabul qilish terminallari bilan jihozlash va toʻlovni plastik kartochkalardan foydalangan holda qabul qilishga doir belgilangan talablar buzilgan, shuningdek, naqd pul mablagʻlari bank kassalariga qonunchilikda belgilangan tartibda topshirilmagan hollarda shaharlar va tumanlar hokimliklari soliq organlarining taqdimnomasiga koʻra chakana savdo uchun berilgan ruxsatnomalarning amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyadi yoxud oʻn ish kunidan ortiq muddatga toʻxtatib qoʻyish yoki ruxsatnomalarni bekor qilish toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
yuridik shaxslar (tovar ishlab chiqaruvchi korxonalar va ularni ulgurji yetkazib beruvchilar) tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmol tovarlari bilan ulgurji va chakana savdo qilishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 19-martdagi 125-son qarorida belgilangan xalq isteʼmol tovarlarini ulgurji sotish qoidalari buzilishi savdo qilish qoidalarini qoʻpol ravishda buzish deb baholanadi, buning uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari va mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikkacha javob beradilar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtinchalik boʻsh mablagʻlarini jalb etish boʻyicha faoliyatni, shu jumladan depozit omonatlarning manfaatli yutuqli turlarini tashkil etish, depozit sertifikatlari chiqarishni kengaytirish yoʻli bilan faollashtirish tavsiya etilsin.
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki inkassatsiya xizmati faoliyatini takomillashtirish choralarini koʻrsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-martdagi 201-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 09/19/201/2731-son)
2020-yil 1-martdan boshlab, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning naqd pullarini banklarga inkassatsiya xizmatlari orqali yetkazib berilishi boʻyicha xizmat haqi shartnoma asosida buyurtmachi, yaʼni inkassatsiya xizmatlari koʻrsatilishining tashabbuskori (xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki bank) tomonidan toʻlanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 30-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son — 2020-yil 18-apreldan kuchga kiradi)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 834-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/834/1700-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudiga:
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Markaziy banki va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda tijorat banklari tomonidan xizmat koʻrsatilayotgan mijozlarga nisbatan oʻz shartnomaviy majburiyatlari buzilishiga doir qismi boʻyicha xoʻjalik sudlarining qarorlarini koʻrib chiqish va ijro etish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqish va tasdiqlash;
banklar va ularning mijozlari oʻrtasida yuzaga keladigan nizolarning hal etilishiga oid daʼvo arizalarini qabul qilish va sudda koʻrib chiqish, davlat boji toʻlashni sud muhokamasi yakunlangunga qadar kechiktirish hamda keyinchalik bojni aybdor tomondan undirib olish tavsiya qilinsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi ikki oy muddatda tadbirkorlik faoliyatining yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirish ruxsat etiladigan turlari mezonlari va roʻyxatini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni oʻrganib chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 22-iyun,
264-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 12-son, 79-modda; 2005-y., 40-son, 307-modda; 2006-y., 6-7-son, 35-modda; 46-47-son, 458-modda; 2009-y., 22-son, 258-modda, 25-son, 288-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son; 09.03.2019-y., 09/19/201/2731-son; 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son; 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son, 31.12.2020-y., 09/20/834/1700-son)