1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining biometrik pasportlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatlarining hisobini yuritish va yoʻq qilishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-maydagi PF-5061-son Farmoni)
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining biometrik pasportlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatlarining hisobini yuritish va yoʻq qilishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-maydagi PF-5061-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori N.S. Turaxodjayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 31-avgust,
684-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 684-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini va 16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning harakatlanish hujjatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 7-iyuldagi 200-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 7-son, 63-modda) 1-ilovada:
a) 2-bandning birinchi xatboshidagi “Kirish va chiqish hamda fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining” soʻzlari “Migratsiya hamda fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“Pasport va harakatlanish hujjati blankalari “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi, pasport va harakatlanish hujjatlarini personallashtirish, ishlab chiqarish jarayonida yaroqsiz deb topilgan va maʼlumotlarni yigʻish punktlaridan almashtirish uchun qaytarilgan pasport va harakatlanish hujjatlarini hisobga olish va yoʻq qilish DPMda, pasport va harakatlanish hujjatlarini egalariga berish, muddati oʻtgan va oʻrnatilgan tartibda haqiqiy emas deb topilgan pasport va harakatlanish hujjatlarini hisobga olish va yoʻq qilish — maʼlumotlarni yigʻish punktlarida amalga oshiriladi”;
“19. Maʼlumotlarni yigʻish punkti yangi pasport yoki harakatlanish hujjatini berish chogʻida ilgari berilgan pasport yoki harakatlanish hujjatini yoʻq qilish uchun olib qoʻyadi”;
“24. Vafot etgan fuqaro yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning pasporti yoki harakatlanish hujjati maʼlumotlarni yigʻish punktiga yoʻq qilish uchun topshiriladi”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida biometrik pasport tizimi doirasida idoralararo oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida” 2012-yil 6-martdagi 63-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 10-son, 105-modda) ruscha matnida:
1) 1-banddagi “vyezda-viezda” soʻzlari “migratsii” soʻzi bilan almashtirilsin;
“unichtojeniye prosrochennix i priznannix v ustanovlennom poryadke nedeystvitelnimi biometricheskix dokumentov”;
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 952-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son)