O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi PF-6262-sonli “Respublikada o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-avgustdagi PF-5174-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda o‘simliklar karantini qoidalari va fitosanitariya normalarining bajarilishi ustidan davlat nazorati tizimini yanada takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi hududida maqbul fitosanitariya sharoitlarini ta’minlash maqsadida:
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2018-yil 28-martdagi PQ-3626-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 07/18/3626/0957-son)
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2018-yil 28-martdagi PQ-3626-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 07/18/3626/0957-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining O‘simliklar karantini tizimini rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
urug‘liklar, o‘simliklar va o‘simlik mahsulotlarini import qilish uchun karantin ruxsatnomalarini rasmiylashtirish uchun olinadigan to‘lovlar;
tarkibida urug‘lar, o‘simliklar va o‘simlik mahsulotlari bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bo‘yicha olib o‘tilayotgan yuklarga karantin ruxsatnomasini rasmiylashtirishdan olingan to‘lovlar;
urug‘lar, o‘simliklar va o‘simlik mahsulotlarini eksport qilishda fitosanitariya sertifikatlarini rasmiylashtirish uchun olinadigan to‘lovlar;
eksport va import qilinayotgan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarning namunalarini laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazilishi uchun olinadigan to‘lovlar;
eksport va import qilinayotgan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni zararsizlantirish bo‘yicha fumigatsiya ishlari o‘tkazilganligi uchun olinadigan to‘lovlar;
karantindagi yuklarni O‘zbekiston Respublikasi hududi ichida karantin fitosanitariya sertifikatini rasmiylashtirganlik va taqdim etganlik uchun olinadigan to‘lovlar;
o‘simliklar karantini sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlik uchun qonunchilikka muvofiq undiriladigan jarimalar;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma mablag‘laridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni hal etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shuningdek, o‘simliklar karantini davlat xizmati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun foydalaniladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomni;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining O‘simliklar karantini tizimini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasini zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan belgilangan tartibda ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-avgust,
PQ-3249-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 36-son, 947-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 07/18/3626/0957-son)