1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.14.00 Ximiya va neft-kimyo sanoati;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Kimyo sanoati tashkilotlarining eksport-import faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Kimyo sohasining eksport salohiyatini kengaytirish, “Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan eksport va import operatsiyalarining shaffofligini taʼminlash, raqobatdosh mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqish samaradorligini oshirish va belgilangan maqsadli parametrlarga erishish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3236-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Kimyo sanoatini rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
1. “Oʻzkimyosanoat” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Tashki savdo vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimida tashqi savdo kompaniyasi — 1-ilovaga muvofiq “Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlari ishtirokida “Oʻzkimyoimpeks” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi eksport-import operatsiyalari boʻyicha yagona agent tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar “Oʻzkimyoimpeks” MCHJning asosiy vazifalari etib belgilansin:
chuqur marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, kimyo sanoati mahsulotiga jahon konyunkturasi tendensiyalarini oʻrganish va shu asosda mahsulot sotiladigan istiqbolli xorijiy bozorlarni aniqlash va eksportga mahsulot yetkazib berish geografiyasini kengaytirish;
mahalliy korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqish, shu jumladan zamonaviy logistika tizimini keng tatbiq etish, chet ellarda savdo uylari va vakolatxonalar tashkil etish, ularga konsignatsiya va boshqa shakllardagi shartnomalar asosida tovarlar joʻnatib turish yoʻli bilan shunday mahsulotlarni xorij bozorlarida sotishni kengaytirish;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida oʻtkaziladigan tender (tanlov) savdolarida, xalqaro savdo-sanoat koʻrgazmalarida, yarmarka va boshqa shunga oʻxshash tadbirlarda mahsulotni keng namoyish etishni taʼminlash va uning sotilishini ragʻbatlantirish, kimyo sohasining eksport salohiyati toʻgʻrisidagi axborotni ommalashtirish;
“Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda chet ellardan uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar xarid qilishni tashkillashtirish;
ishonchli xorijiy xaridorlar bilan uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini oʻrnatish, kimyoviy mahsulotlar eksporti hamda “Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar importi boʻyicha ular bilan shartnomalar tuzish;
mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish boʻyicha takliflar va marketing hisobotlarini tayyorlagan holda kimyo sanoati mahsulotlariga boʻlgan talab tendensiyalari va mahsulot sotiladigan istiqbolli bozorlarni oʻrganib chiqish;
kimyo sanoati mahsulotlarining narxlarini tahlil qilish, tashqi bozorlarning oʻzgaruvchan konyunkturasini hisobga olgan holda eng foydali narxda va yoʻnalishlarda mahsulot yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzish;
eksport boʻyicha sotilgan mahsulotlar uchun mablagʻlarning oʻz vaqtida kelib tushishini, shuningdek, import qilinayotgan uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda yetkazib berilishini taʼminlash;
“Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlariga ularning mahsulotlarini eksportga chiqarishda, eksport oldidan moliyalashtirish shaklida, shu jumladan, tijorat banklarining kreditlarini jalb etish hisobiga tashkilotlarni avans bilan taʼminlash orqali ularga koʻmaklashish;
milliy va jahon bozorlarining oʻzgarayotgan konyunkturasiga tezkor munosabat bildirmoq, eksportchi korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulotlarga chet ellardan salohiyatli xaridorlarni izlash, kimyo mahsulotlarini eksportga chiqarishda zamonaviy logistika tizimini keng joriy etish, shuningdek mahalliy korxonalarda raqobatdosh, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga xorijiy hamkorlar buyurtmalarini joylashtirish;
mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan kimyo sanoat mahsulotlarini tashqi bozorlarda himoya qilish, jumladan, mahsulot belgisidan va boshqa intellektual mulk obyektlaridan foydalanish orqali boʻladigan nohalol raqobatchilikka qarshi harakat qilish;
“Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlarining boʻsh turgan ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida qayta ishlash (tolling) operatsiyalarini amalga oshirish boʻyicha xorijiy kompaniyalarni jalb etish.
3. “Oʻzkimyoimpeks” MCHJning boshqaruv xodimlari cheklangan umumiy soni 45 nafardan iborat boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
4. Belgilansinki:
“Oʻzkimyoimpeks” MCHJ direktori lavozimga jamiyat taʼsischilari umumiy yigʻilishida belgilangan tartibda tayinlanadi;
“Oʻzkimyoimpeks” MCHJning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga, zarurat boʻlganda, bajarilayotgan vazifalar va amalga oshirilayotgan eksport-import operatsiyalari hajmini hisobga olgan holda taʼsischilarning umumiy yigʻilishida kelishilgan holda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
5. Quyidagilar:
“Oʻzkimyoimpeks” MCHJ faoliyatining samarali tashkil etilishi boʻyicha — “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi A.A. Abdullayev zimmasiga;
toʻla hajmdagi kontraktatsiya hamda shartnoma tuzilgan paytda eksport va import qilinayotgan mahsulotlarning narxlari jahon konyunkturasiga muvofiqligi, shuningdek, marketing tadqiqotlari har tomonlama va sifatli oʻtkazilishi uchun — “Oʻzkimyoimpeks” MCHJ direktori zimmasiga;
shartnomada nazarda tutilgan zarur hajmlarda va muddatlarda eksport qilinadigan mahsulot bilan taʼminlash boʻyicha — “Oʻzkimyosanoat” AJ tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
6. “Oʻzkimyoimpeks” MCHJ ijara sharti bilan Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 38-uyda joylashtirilsin.
7. “Oʻzkimyosanoat” AJ bir oy muddatda:
“Oʻzkimyoimpeks” MCHJning nizomini va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlashni;
“Oʻzkimyoimpeks” MCHJning ijro etuvchi apparati tasdiqlangan tuzilma va shtatlar jadvaliga muvofiq, zamonaviy menejment va marketing metodlarini egallagan yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
8. Belgilansinki:
2017-yil 1-oktabrdan boshlab “Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlarining kimyoviy mahsulotlari eksporti “Oʻzkimyoimpeks” MCHJ orqali amalga oshiriladi (toʻlangan shartnomalar boʻyicha majburiyatlarni bajarish bundan mustasno), shu jumladan, Oʻzbekiston tomoni amalga oshiradigan mahsulot eksporti hajmlari va xorijiy aksiyadorlar bilan kelishilgan holda boshqa hajmlar qismida “Maksam-Chirchiq” AJ, “Ammofos-Maksam” AJ va “Elektrkimyozavod” AJ tomonidan yetkazib beriladi;
2018-yil 1-yanvardan boshlab “Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar importi ularning buyurtmalari boʻyicha “Oʻzkimyoimpeks” MCHJ tomonidan amalga oshiriladi, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun qimmatbaho metallar boʻyicha operatsiyalar bundan mustasno;
“Oʻzkimyoimpeks” MCHJning vositachilik mukofoti miqdori mahsulot eksportini amalga oshirishda kontrakt (shartnoma) qiymatining 2 foizini, importda esa kontrakt (shartnoma) qiymatining 1 foizini tashkil etadi;
mahsulot eksportidan kelib tushayotgan valyuta mablagʻlari keyinchalik bankning uch ish kuni davomida, “Oʻzkimyoimpeks” MCHJning vositachilik mukofot pullari chiqarib tashlanib, “Oʻzkimyosanoat” AJ ishlab chiqaruvchi tashkilotlarining bank hisobvaraqlariga oʻtkazilgan holda, “Oʻzkimyoimpeks” MCHJning bank hisobvaragʻida jamgʻarib boriladi.
“Oʻzkimyoimpeks” MCHJning tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda tushumning kelib tushishi yoki eksport operatsiyalari boʻyicha qaytarib olib kirish muddati tovarlar amalda eksport qilingan kundan boshlab uzogʻi bilan 90 kundan oshmasligi kerak;
“Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlarining valyuta tushumi birinchi galda davlat kafilligida jalb etilgan kreditlar boʻyicha majburiyatlarni bajarishga, shuningdek, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni “Oʻzkimyoimpeks” MCHJ orqali xarid qilishga yoʻnaltiriladi.
9. Oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni, shu jumladan, xorijiy valyutaga markazlashtirilmagan tarzda yetkazib beruvchi eksportchi korxonalar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalar “Oʻzkimyoimpeks” MCHJ va uning ishlab chiqaruvchi tashkilotlariga joriy etilsin.
mahsulotni eksport qilishga va komissiyalar shartnomalari asosida “Oʻzkimyoimpeks” MCHJning xorijdagi savdo uylariga mahsulot yetkazib berishni amalga oshirishga;
“Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlarining buyurtmasiga asosan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni xorijdan xarid qilishga toʻgʻridan-toʻgʻri kontraktlar (shartnomalar) tuzishga ruxsat berilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki “Oʻzkimyoimpeks” MCHJning bank hisobvaraqlariga kelib tushayotgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishini monitoring qilib borsin.
“Oʻzkimyoimpeks” MCHJning xorijdagi savdo uylari manzillariga mineral oʻgʻitlarni ularni ishlab chiqarish va foydalanish balansi bilan tasdiqlangan hajmlar doirasida hamda konsignatsiya shartlariga binoan boshqa kimyoviy mahsulotlarni joʻnatish;
xizmat haqlari eksportga sotilgan mahsulot hajmiga qarab toʻlanadigan, mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqishga qodir boʻlgan, ularning xorijiy mutaxassislarni ishga jalb etish huquqi berilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bir oy muddatda “Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlarining mahsulotlariga tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazsin va mazkur qarorda qoʻyilgan maqsad hamda vazifalarni amalga oshirishda koʻmaklashsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-apreldagi PQ-2884-sonli qaroriga3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
15. “Oʻzkimyosanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-avgust,
PQ-3246-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3246-son qaroriga 1-ILOVA
“Oʻzkimyoimpeks” MCHJ ishtirokchilarining
ROʻYXATI
T/r
Tashkilotlarning nomlanishi
Ustav fondiga qoʻshgan ulush miqdori, foizda
1.
“Oʻzkimyosanoat” AJ
85,0
2.
“Navoiyazot”AJ
5,0
3.
“Fargʻonaazot” AJ
5,0
4.
“Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi” MCHJ
5,0
Jami
100,0
Izoh.
1) Ustav fondining 81 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi ulushi saqlanib qolishi hisobiga”Oʻzkimyosanoat” AJning boshqa tashkilotlarining mulk shakli oʻzgarishiga qarab, ular ham”Oʻzkimyoimpeks” MCHJ ishtirokchilari tarkibiga kiritilishi mumkin.
2) “Oʻzkimyosanoat” AJning “Oʻzkimyoimpeks” MCHJ ustav fondiga ulushi tovar belgisidan foydalanish huquqini topshirish tarzida kiritiladi. “Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlarining ulushi mineral oʻgʻitlarning tegishli hajmlari hisobidan shakllantirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3246-son qaroriga 2-ILOVA
“Oʻzkimyoimpeks” MCHJ ijro apparatining
TUZILMASI
Taftish komissiyasi
Taʼsischilarning umumiy yigʻilishi
Ichki audit xizmati
Direktor
Marketing boʻyicha direktor oʻrinbosari
Moliya va maʼmuriy masalalar boʻyicha direktor oʻrinbosari
Yuridik byuro
2 nafar
Nazorat boʻlimi
2 nafar
Marketing va istiqboldagi jahon bozorlari konyunkturasini oʻrganish boʻlimi
5 nafar
Moliya va kontrakt majburiyatlarini bajarish boʻlimi
6 nafar
Xodimlarni boshqarish boʻlimi
1 nafar
Buxgalteriya
2 nafar
Protokol xizmati
2 nafar
Kimyo mahsulotlari eksporti boʻlimi
7 nafar
Axborot texnologiyalari xizmati
1 nafar
Maxsus xizmat
1 nafar
Tashqi xaridlar boʻlimi
7 nafar
Ofis-menejer
1 nafar
Logistikani tashkil qilish boʻlimi
4 nafar
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 45 nafar.
LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3246-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-apreldagi PQ-2884-son qaroriga kiritiladigan
OʻZGARTIRISH
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: