1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 29-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2771-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet, Soliq va Bojxona kodekslari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 24-martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-son qarori (roʻyxat raqami 2771, 2016-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 13-son, 124-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-avgust,
121-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-avgust,
2017-40-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. TOXIRIY
Toshkent sh.,
2017-yil 11-avgust,
01-02/8-32-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 11-avgustdagi 121, 2017-40 va 01-02/8-32-son qaroriga ILOVA
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-band quyidagi mazmunda xatboshi bilan toʻldirilsin:
“UzASBO” DM — budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobi va hisobotining yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun moʻljallangan dasturiy majmua.”.
2. 31-banddagi “yoki notoʻgʻri” degan soʻzlar “, shu jumladan notoʻgʻri” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“33. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 56-moddasiga muvofiq ortiqcha toʻlangan soliqlar summalarini hisobga olishda soliq toʻlovchi tomonidan ariza taqdim etilishi zarur boʻlganda, mazkur ariza ushbu Yoʻriqnomaning 7-ilovasidagi shaklga muvofiq boʻlishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 57-moddasiga muvofiq ortiqcha toʻlangan soliqlar summalarini qaytarishda soliq toʻlovchi tomonidan ariza taqdim etilishi zarur boʻlganda, mazkur ariza ushbu Yoʻriqnomaning 8-ilovasidagi shaklga muvofiq boʻlishi lozim.”.
4. Quyidagi mazmundagi 331 — 334-bandlar bilan toʻldirilsin:
“331. Muayyan maʼmuriy-hududiy birlik hududidagi davlat soliq xizmati organida hisobi yuritilayotgan soliq majburiyati boʻyicha ortiqcha toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, boshqa maʼmuriy-hududiy birlik hududidagi davlat soliq xizmati organida hisobi yuritilayotgan soliq majburiyatini bajarish hisobiga hisobga olish mumkin emas.
332. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 56 va 57-moddalariga muvofiq ortiqcha toʻlangan soliqlar summalarini qaytarish yoki hisobga olish uchun davlat soliq xizmati organi axborot tizimida mablagʻlarni qaytarish yoki hisobga olish toʻgʻrisida elektron xulosa tayyorlaydi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash orqali “OʻRMV” ATga elektron tarzda yuboradi.
Elektron xulosada quyidagilar albatta koʻrsatiladi:
xulosa raqami;
xulosa taqdim etuvchi davlat soliq xizmati organining nomi;
toʻlovchi yuridik shaxsning — nomi, STIR yoki toʻlovchi jismoniy shaxsning — F.I.O., STIR;
ortiqcha toʻlangan soliq yoki toʻlov turi;
summasi;
toʻlovchining mablagʻlarni qaytarish toʻgʻrisidagi arizasiga havola qilingan holda, qaytarish yoki hisobga olishning aniq sabablari;
daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi;
oluvchining bank rekvizitlari;
elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan masʼul shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
333. Davlat soliq xizmati organi axborot tizimidan “OʻRMV” ATga elektron yuborilgan mablagʻlarni qaytarish yoki hisobga olish toʻgʻrisida elektron tarzda xulosa tegishli tuman (shahar) moliya boʻlimi tomonidan bir ish kuni mobaynida koʻrib chiqib qonun hujjatlariga muvofiq xulosada koʻrsatilgan mablagʻlarni qaytarish yoki hisobga olishga eʼtirozlari boʻlmaganida “OʻRMV” ATda xulosani tasdiqlaydi, eʼtirozlar boʻlganida esa, sababini koʻrsatgan holda qaytaradi.
Zarur hollarda, tegishli tuman (shahar) moliya boʻlimi davlat soliq xizmati organidan qaytarish yoki hisobga olish toʻgʻrisida elektron xulosani maqsadga muvofiqligini tekshirish uchun:
soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni ortiqcha toʻlagan yuridik shaxs va davlat soliq xizmati organi oʻrtasida eng soʻnggi sanaga tuzilgan oʻzaro solishtirma dalolatnomalar shaklidagi elektron maʼlumotlarni;
soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni ortiqcha toʻlagan jismoniy shaxs boʻyicha davlat soliq organi xizmatining mazkur shaxsning soliq qarzi holati toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotnomalarini talab qilib olishlari mumkin.
334. Tuman (shahar) moliya boʻlimlari tomonidan “OʻRMV” ATda tasdiqlangan xulosalar tegishli gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan xulosada koʻrsatilgan daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan joriy tushumlar hisobidan qaytarish yoki hisobga olish uchun bir ish kuni muddatida ijroga qabul qilinadi.”.
“34. Soliqlardan tashqari ortiqcha toʻlangan summalarini qaytarish yoki hisobga olish toʻlovchining qaytarish yoki hisobga olish rekvizitlari toʻliq koʻrsatilgan arizasi hamda soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organning ushbu Yoʻriqnomaning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi xulosasiga asosan mazkur vakolatli organ tomonidan tegishli gʻaznachilik boʻlinmasiga xulosa taqdim qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Bunda “UzASBO” DMga ulangan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organlar mablagʻlarni qaytarish yoki hisobga olish uchun xulosani elektron raqamli imzo bilan imzolagan holda elektron ravishda tegishli gʻaznachilik boʻlinmasiga yuborishlari mumkin.
Elektron xulosada quyidagilar albatta koʻrsatiladi:
xulosa raqami;
xulosa taqdim etuvchi organ nomi;
toʻlovchi yuridik shaxsning — nomi, STIR raqami yoki toʻlovchi jismoniy shaxsning — F.I.O., STIR raqami;
ortiqcha toʻlangan toʻlov nomi;
summasi;
toʻlovchining mablagʻlarni qaytarish toʻgʻrisidagi arizasiga havola qilingan holda, qaytarish yoki hisobga olishning aniq sabablari;
daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi;
oluvchining bank rekvizitlari;
elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan masʼul shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.”.
6. Quyidagi mazmundagi 341 — 343-bandlar bilan toʻldirilsin:
“341. Soliq boʻlmagan boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha mablagʻlarni boshqa toʻlov turiga hisobga olish (oʻtkazish) faqat soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organ tomonidan undiriladigan toʻlovlar oʻrtasidagina amalga oshirilishi mumkin.
342. Maʼmuriy va iqtisodiy sudlarning jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ortiqcha toʻlangan davlat bojini qaytarish boʻyicha sud qarori (ajrimi, buyrugʻi) mavjud boʻlganda tegishli gʻaznachilik boʻlinmalariga vakolatli organ tomonidan xulosa oʻrniga sud qarori (ajrimi, buyrugʻi) taqdim qilinadi.
343. Tegishli gʻaznachilik boʻlinmalari mazkur Yoʻriqnomaning 34, 341 va 342-bandlariga muvofiq xulosa yoki sud qarori (ajrimi, buyrugʻi) taqdim qilinganidan soʻng bir ish kuni muddatida ushbu hujjatlarda koʻrsatilgan toʻlovchining rekvizitlari va summalarni “OʻRMV” ATdagi maʼlumotlar bilan solishtiradilar. Barcha maʼlumotlar oʻzaro muvofiq boʻlganida taqdim etilgan xulosa yoki sud qarori (ajrimi, buyrugʻi) mablagʻlarni ularda koʻrsatilgan daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan joriy tushumlar hisobidan qaytarish yoki hisobga olish uchun tegishli gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan ijroga qabul qilinadi.”.
7. 36-banddan “yoki notoʻgʻri” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
“37. Alohida hollarda, agar 10 ish kuni mobaynida joriy tushumlarning yetishmasligi yoki mavjud boʻlmaganligi sababli qaytarish yoki hisobga olish imkoniyati boʻlmasa, ortiqcha toʻlangan mablagʻni qaytarish yoki hisobga olish tegishli budjetning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan amalga oshirilishi mumkin.”.
9. Quyidagi mazmundagi 371 — 376-bandlar bilan toʻldirilsin:
“371. Mazkur Yoʻriqnomaning 37-bandida belgilangan muddat oʻtganidan soʻng mablagʻni qaytarish yoki hisobga olish toʻgʻrisidagi elektron xulosani ijro etish “OʻRMV” ATda avtomatik tarzda toʻxtatiladi va qaytarish yoki hisobga olish boʻyicha qoldiq summa:
eng kam oylik ish haqining 10 000 (oʻn ming) baravaridan yuqori boʻlgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “OʻRMV” ATda maʼqullangach;
eng kam oylik ish haqining 10 000 (oʻn ming) baravaridan kam boʻlgan hollarda avtomatik tarzda tegishli budjet mablagʻlaridan (tegishli daromad turini kamaytirgan holda) qaytarish yoki hisobga olish boʻyicha toʻlov hujjati shakllantiriladi.
Bunda toʻlov hujjati tegishli daromad turi uchun belgilangan ajratmalar meʼyoriga mutanosib ravishda har bir budjet uchun alohida shakllantiriladi.
372. Tegishli budjet mablagʻlaridan mablagʻlarni qaytarish yoki hisobga olish boʻyicha toʻlov hujjati mablagʻlar:
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan qaytarilishi lozim boʻlsa — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetidan qaytarilishi lozim boʻlsa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari tomonidan;
tuman va shahar budjetlaridan qaytarilishi lozim boʻlsa — tuman va shahar moliya boʻlimlari tomonidan;
DMJ budjetidan qaytarilishi lozim boʻlsa — DMJ taqsimlovchisi tomonidan bir ish kuni muddatida “OʻRMV” ATda maʼqullanadi.
373. Moliya vazirligi Gʻaznachiligi, hududiy moliya organlari va DMJ taqsimlovchilari tomonidan “OʻRMV” ATda maʼqullangan toʻlov hujjati gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan shu kundan kechiktirmasdan tasdiqlanadi va mablagʻlar tegishli budjetdan mavjud qoldiqlar doirasida qaytariladi.
374. Qaytarilgan va hisobga olingan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organlar gʻaznachilik boʻlinmalaridan oladi.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organlar oʻrtasida elektron maʼlumot almashish tartibi mavjud boʻlganida maʼlumotlar soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organlarga “OʻRMV” ATdan elektron hujjat koʻrinishida yuboriladi va qogʻoz koʻrinishida taqdim etilmaydi.
375. Soliqlardan tashqari ortiqcha toʻlangan summalarini qaytarish mazkur Yoʻriqnomaning 37-bandiga muvofiq tegishli budjetning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan amalga oshirilganida mablagʻning soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organlarning tegishli jamgʻarmasiga oʻtkazilgan qismi mazkur jamgʻarmadan qaytariladi.
376. Alohida hollarda agar 10 ish kun mobaynida mablagʻlar ortiqcha kelib tushgan daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga joriy tushumlar kelib tushishi kutilmayotgan boʻlsa (asoslangan holda) soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan xulosalar ijrosi istisno tariqasida, bir ish kuni mobaynida tegishli budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Bunda mablagʻlar mazkur Yoʻriqnomaning 371, 372 va 373-bandlarida belgilangan tartibda qaytariladi.”.
10. 38-banddan “yoki notoʻgʻri” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Hisob-kitobga muvofiq soliq va boshqa majburiy toʻlovlar
Soliq hisoboti boʻyicha vujudga kelgan soliq majburiyati ijrosi, shuningdek soliq boʻlmagan boshqa majburiy toʻlovlar, maʼmuriy jarimalar va moliyaviy sanksiyalar.
b) 7-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
7.
08107
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tomonidan undirib olinadigan soliq toʻlovlari
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tomonidan undirib olingan soliq summasi hisobidan soliq boʻyicha majburiyatlari ijrosi
12. 9-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
13. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
2017-yil 11-avgust
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ILOVA
“Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 9-ILOVA
XULOSA №_________ __________________________________________________________________________________________________ (xulosa taqdim etuvchi vakolatli organning nomi)
_______________________________________arizasiga asosan (STIR —____________________________________)
(toʻlovchi yuridik shaxsning — nomi, STIR yoki toʻlovchi jismoniy shaxsning — F.I.O., STIR)
Ortiqcha (yoki notoʻgʻri) toʻlangan summani qaytarish yoki boshqa toʻlov hisobiga olish toʻgʻrisida _________________________________________________________________________________________________
Taqdim etilgan materiallar tekshiruvi natijasida 20___ yil “____” _____________________ holatiga ariza beruvchi tomonidan ________________________________________________________________________________________
quyidagi daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga ____________________________________________________________
ortiqcha (yoki notoʻgʻri) toʻlangani aniqlandi.
(shgʻh)
Koʻrsatilgan summani qaytarish (yoki hisobga olish) quyidagi daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushgan toʻlovlar kontingenti summasi doirasida amalga oshirilsin.
Mablagʻlar manbai va budjetlarning darajasi
Valyuta kodi
Nazorat kaliti
Hududiy tasnif kodi
Daromad turi
Tashkiliy tasnif kodi
Mablagʻ oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxsning nomi
Bank hisob raqami
Mablagʻ oluvchining bank nomi
Bank kodi (MFO)
STIR
Summa raqamda
Summa yozuvda
Toʻlov maqsadi
Rahbar
________________________
Bosh buxgalter (buxgalter, mutaxassis)
_____________________________
20__ yil “___” ______________”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 941-modda)