Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Muborak Qurbon hayitining maʼnaviy hayotimizdagi oʻrni, mohiyati va ahamiyatini, xalqimizga mansub mehr-oqibat, shukronalik va bagʻrikenglik ramzi ekanini eʼtiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrash va ulugʻlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 1-sentabr juma kuniga toʻgʻri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2017-yil 1-sentabr mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.
2. Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamgʻarmalari va boshqa barcha mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.
3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Qurbon hayitini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.