1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.11.00 Favquloddagi holatlar va jamiyat xavfsizligining boshqa masalalari]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aholining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 754-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/754/3727-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 24-avgustdagi 242-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011-yil, 34-35-son, 350-modda) 3-ilovasiga quyidagi mazmunda boʻlim qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi
Mahalla fuqarolar yigʻinlari darajasida fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik sohasidagi vazifalarni hal etishda mahalliy davlat hokimiyati organlariga hamda boshqa tashkilotlarga koʻmaklashish.
Mahalla fuqarolar yigʻinining ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasida band boʻlmagan aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga aholini ixtiyoriy ravishda jalb etish.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 34-son, 892-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/754/3727-son; 27.08.2020-y., 09/20/515/1223-son)