1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.;
3.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2017-yil 11-avgustdagi PF-5148 sonli Farmoni asosida matbuot va ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa, kutubxonachilik, axborot-resurs sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, mavjud huquqiy-normativ va moddiy-texnik bazani takomillashtirish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, boshqaruvning bozor munosabatlariga xos usullarini keng qoʻllash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalarining tuzilmalari 3- va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktoriga zarur hollarda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalari, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tuzilmalariga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
2. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalarini saqlash, shuningdek, ularning moddiy- texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi tizimidagi tashkilotlarning shartnoma asosidagi ajratmalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasini saqlash, shuningdek, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi inobatga olinsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalari, Choʻlpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti davlat korxonasi davlat koʻchmas mulki obyektlarida ijara toʻlovisiz joylashtiriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi muassisligidagi “Tong yulduzi” va “Klass!” gazetalari hamda “Gulxan” va “Gʻuncha” jurnallarini nashr etish bilan bogʻliq xarajatlarning mazkur nashrlarni oʻz daromadlari bilan taʼminlanmagan qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni 2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining xarajatlari parametrlari doirasida ajratsin, 2018-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarida nazarda tutsin.
6. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bir oy muddatda, oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-avgust,
PQ-3223-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PQ-3223-son qaroriga 1-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 34-son, 879-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2018-y., 06/18/5420/1081-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)