1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Oʻzsanoateksport” AJ faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatini kengaytirish, tadbirkorlik subyektlari tomonidan tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda, raqobatbardosh mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarishda ularga har tomonlama yordam koʻrsatish boʻyicha “Oʻzsanoateksport” AJ faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
1. Quyidagilar “Oʻzsanoateksport” AJ faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.11.00 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari. Moddiy balanslar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
birinchidan, chuqur marketing tadqiqotlarini olib borish, mamlakat iqtisodiyot tarmoqlarining mahsulotlariga boʻlgan jahon konyunkturasi tendensiyalarini oʻrganish va buning asosida mahalliy mahsulotlarni sotishning istiqbolli xorijiy bozorlarini aniqlash va eksportga mahsulot yetkazib berish geografiyasini kengaytirish;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.03.00 Savdo sohasidagi hamkorlik]
ikkinchidan, tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlariga oʻzlari ishlab chiqarayotgan mahsulotning chet ellardagi potensial xaridorlarini izlab topishda koʻmaklashish, shuningdek, mamlakatimiz korxonalarida eksportga yoʻnaltirilgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga xorijiy sheriklarning buyurtmalarini joylashtirish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.03.00 Eksportni qullab-quvvatlash]
uchinchidan, mahalliy mahsulot yetishtiruvchilarni keng namoyish etishni taʼminlash hamda ana shu mahsulotni sotishni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida oʻtkaziladigan tender (tanlov) savdolarida, xalqaro savdo-sanoat koʻrgazmalari, yarmarkalar va boshqa shunga oʻxshash tadbirlarda qatnashish, ixtisoslashtirilgan internet-nashrlarda Oʻzbekiston Respublikasining eksport salohiyati toʻgʻrisidagi, tashkilotlarning ilmiy va ishlab chiqarish imkoniyatlari haqidagi axborotni tarqatish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.03.00 Eksportni qullab-quvvatlash]
toʻrtinchidan, mashinasozlik, farmatsevtika, neft-gaz, metallurgiya, toʻqimachilik, gʻallachilik, kimyo va neft-kimyo sanoati, qurilish materiallari sanoati hamda boshqa sanoat korxonalariga ularning mahsulotlari eksportga chiqarilishida koʻmaklashish, shu jumladan korxonalarni eksport oldidan moliyalashtirish shaklida kreditlash;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.03.00 Tashqi iqtisodiy aloqalar. Eksport-import kontraktlarini roʻyxatga va hisobga olish]
beshinchidan, chet ellarda tashkilotlar (savdo uylari, vakolatxona va korxonalar) barpo etish hamda konsignatsiya shartnomalari (kontraktlari) va boshqa shakldagi shartnomalar asosida ularning manziliga tovarlar yuklab joʻnatilishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.03.00 Savdo sohasidagi hamkorlik]
oltinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida respublika sanoat korxonalarining boʻsh yotgan ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish maqsadida qayta ishlash (tolling) boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun xorijiy kompaniyalarni jalb etish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.03.00 Eksportni qullab-quvvatlash]
yettinchidan, chet ellardan tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilishda davlat organlari va tashkilotlarga, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda yordam koʻrsatish.
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri (E.M. Gʻaniyev), “Oʻzsanoateksport” AJ boshqaruvi raisi (E.Ya. Yunusov) hamda uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga aksiyadorlik jamiyatiga yuklangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
2. “Oʻzsanoateksport” AJning boshqaruv xodimlari cheklangan soni 40 nafardan iborat boʻlgan ijro apparati tuzilmasi ilovaga muvofiq maʼqullansin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
3. “Oʻzsanoateksport” AJga:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.08.00 Tovarlarni qabul qilish, saqlash va joʻnatishni hisobga olish va rasmiylashtirish]
“Oʻzsanoateksport” AJning chet ellardagi savdo uylari manziliga ozuqabop bugʻdoydan foydalanishning tasdiqlangan balansi hajmlari doirasida konsignatsiya shartlariga muvofiq oziq-ovqat uni va bugʻdoyni yuklab joʻnatish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqaruvi]
“Oʻzsanoateksport” AJ tomonidan olib kelingan va “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash natijalariga koʻra olingan mahsulotlarni jahon bozorlarida sotish uchun keyinchalik olib chiqib ketish huquqi berilsin.
4. Belgilansinki, “Oʻzsanoateksport” AJ tomonidan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish chogʻida tushumlarning kelib tushish muddati yoki eksport operatsiyalari boʻyicha qayta olib kirish muddati tovarlar, ishlar va xizmatlarning amaldagi eksport kunidan boshlab 90 kundan oshmasligi kerak.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi (E.M. Gʻaniyev) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi U.U. Rozukulov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-avgust,
PQ-3220-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3220-son qaroriga ILOVA
“Oʻzsanoateksport” AJ ijro apparati
TUZILMASI
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi
Taftish komissiyasi
Kuzatuv kengashi
Ichki audit xizmati
Boshqaruv raisi
Marketing va eksport boʻyicha direktor
Rejalashtirish
va moliyalashtirish boʻyicha direktor
Xaridlar va logistika boʻyicha direktor
Yuridik boʻlim
3 nafar
Marketing va istiqbolli jahon bozorlari konyunkturasini oʻrganish
4 nafar
Strategik rejalashtirish boʻlimi
5 nafar
Axborot texnologiyalari xizmati
1 nafar
Tashqi xaridlar boʻlimi
3 nafar
Buxgalteriya hisobi va valyuta hisob-kitoblari boʻlimi
6 nafar
Mashinasozlik va metallurgiya mahsulotlarini eksport qilish boʻlimi
2 nafar
Xodimlarni boshqarish xizmati
1 nafar
Yetkazib berishlar logistikasini tashkil etish boʻlimi
2 nafar
Aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlarni oʻrnatish xizmati
1 nafar
Kimyo va neft-kimyo mahsulotlarini eksport qilish boʻlimi
3 nafar
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomini nazorat qilish shuʼbasi
2 nafar
Qurilish materiallari, farmatsevtika, toʻqimachilik va boshqa mahsulotlarni eksport qilish boʻlimi
3 nafar
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 40 nafar
LexUZ sharhi
Ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 34-son, 877-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 06/17/5287/0425-son, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)