1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona mintaqaviy filialini tashkil etish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Milliy sanʼatimiz va madaniyatimizning qadimiy markazlaridan biri boʻlgan, koʻplab atoqli sanʼat va madaniyat namoyandalari yetishib chiqqan Fargʻona vodiysining bu boradagi alohida oʻrni va nufuzini, ijodiy salohiyatini hisobga olgan holda, isteʼdodli yoshlarni oʻzbek va jahon sanʼatining yuksak namunalari ruhida tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyat va intilishlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda roʻyobga chiqarish, Fargʻona vodiysi viloyatlari uchun teatr, xalq ijodiyoti sohasi boʻyicha aktyorlar, madaniyatshunoslik va sanʼatshunoslik yoʻnalishida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona mintaqaviy filialini (keyingi oʻrinlarda — Filial) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
madaniyat va sanʼat sohasida fundamental bilim va tushunchalar, tarixiy va zamonaviy anʼanalar, innovatsiya texnologiyalarini, davlat standarti boʻyicha belgilangan bilim va malakalarni puxta egallagan oliy maʼlumotli mutaxassis kadrlar tayyorlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarga mehnat bozoridagi real talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, yuqori sifatli bilim va malaka berish;
bitiruvchilarni ishga joylashtirish boʻyicha buyurtmalarni shakllantirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻz kasb sohasidagi bilim va tajribasi, ilmiy-ijodiy salohiyati va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarni, madaniyat va sanʼat sohasida ilm-fan boʻyicha erishilgan ilgʻor yutuqlarni tatbiq etish.
3. Quyidagilar:
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona mintaqaviy filialining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona mintaqaviy filialini tashkil etish, uning moddiy-texnik bazasini barpo etish, oʻquv va ilmiy-pedagogik salohiyatini shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziriga, zarur hollarda, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona mintaqaviy filiali tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, Filialga:
2017/2018 oʻquv yili uchun “5150300 — aktyorlik sanʼati (turlari boʻyicha)” taʼlim yoʻnalishiga bakalavrlar tayyorlash boʻyicha jami 25 ta — shundan 10 tasi davlat grantlari, 15 tasi toʻlov-kontrakt asosida — qabul kvotasi ajratiladi;
2017/2018 oʻquv yili uchun qabul jarayoni Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona mintaqaviy filialining ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Filialni tanlov asosida yuqori malakali professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Filialda oʻquv-metodik jarayonlarning tashkil etilishini taʼminlash, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash, uni oʻquv-laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasi bilan taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
6. Fargʻona viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining Qoʻqon shahri, Movarounnahr koʻchasi, 3a-uyda joylashgan Qoʻqon turizm va servis kasb-hunar kollejining uch qavatli asosiy binosining bir qismini Filialga bepul foydalanish huquqi bilan berish hamda Filial faoliyatini mazkur binoda tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Qoʻqon turizm va servis kasb-hunar kollejining Qoʻqon shahri, Movarounnahr koʻchasi, 3a-uyda joylashgan binosining bir qismi Filialga berilishi munosabati bilan mazkur kollej faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda 2018/2019 oʻquv yili va keyingi yillar uchun Filialga oʻqishga qabul qilishning 50 nafardan kam boʻlmagan kvotasini istiqbolda Fargʻona vodiysi hududlarini rivojlantirish bilan bogʻliq dasturlarni, har qaysi tarmoqda mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni hisobga olib, yillar boʻyicha aniq yoʻnalishlarni belgilab, kasb va taʼlim yoʻnalishlarini (mutaxassisliklarni) koʻrsatgan holda ishlab chiqishni nazarda tutsin;
2017/2018 oʻquv yili boshlanishiga qadar Filialning taʼlim yoʻnalishlarini davlat taʼlim standartlari hamda tegishli malaka talablariga muvofiq ishlab chiqilgan oʻquv rejalari, fan dasturlari va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlasin.
9. Belgilab qoʻyilsinki, Filial faoliyatini yuritish bilan bogʻliq xarajatlar 2017-yilda taʼlim sohasi boʻyicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida, 2018-yildan boshlab esa mazkur sohaga har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
10. Quyidagilar Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar]
xoʻjalik faoliyatidan olinadigan daromadlar va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan keladigan tushumlar;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Filialga xizmat koʻrsatadigan 1 ta yengil avtomobil uchun limit ajratsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 4-iyundagi PQ-1771-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining tashkiliy tuzilmasi rus tilidagi matnidagi “Nukusskiy filial” blokidan keyin “Ferganskiy regionalniy filial” bloki bilan toʻldirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari X. Sultonov, A. Yunusxodjayev hamda Fargʻona viloyati hokimi Sh. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
LexUZ sharhi
Ushbu qaror “Xalq soʻzi” gazetasining 2017-yil 18-avgustdagi 163 (6857)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-avgust,
PQ-3218-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3218-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Fargʻona mintaqaviy filialining namunaviy
* Filial (fakultet, kafedralar va boshqa tarkibiy boʻlinmalar) xodimlarining cheklangan umumiy soni oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3218-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona mintaqaviy filialini tashkil etish, uning moddiy-texnika bazasini shakllantirish, oʻquv va ilmiy-pedagogik taʼminlash chora-tadbirlari
DASTURI
T/r
Tadbirlar mazmuni
Bajarish muddatlari
Moliyalashtirish manbalari
Bajarish uchun masʼullar
I. Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Fargʻona mintaqaviy filiali faoliyatini tashkil etish
1.
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Fargʻona mintaqaviy filialini (keyingi oʻrinlarda Filial deb ataladi) oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.
2017-yil
avgust
-
Fargʻona viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Filial
2.
Filialning shtatlar jadvali va xarajatlari smetasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.
2017-yil
avgust
-
Madaniyat vazirligi, Filial
3.
Filialni yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash maqsadida professor-oʻqituvchi va xodimlarning tarkibini shakllantirish hamda ishga qabul qilish jarayonini tanlov asosida tashkil etish.
2017-yil
avgust
-
Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
4.
Filialning Vasiylik kengashi tarkibini tasdiqlash, unga kadrlarning isteʼmolchilari — Fargʻona vodiysi teatrlari, madaniy-maʼrifiy muassasalari va boshqa tashkilotlari, vazirliklar va idoralar vakillarini kiritish.
2017-yil avgust
-
Fargʻona viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
II. Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Fargʻona mintaqaviy filialining moddiy-texnik bazasini tashkil etish va mustahkamlash
5.
Filialga ajratilgan Qoʻqon shahri, Movarounnahr koʻchasi, 3a uyda joylashgan Turizm kasb-hunar kolleji binolari va inshootlarida taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.
2017-yil
avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari
Fargʻona viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi
6.
Filialning taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklari)ga mos zamonaviy oʻquv laboratoriya bazasini tashkil etish.
2018-yil
avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari
Fargʻona viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi
III. Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Fargʻona mintaqaviy filialini oʻquv va ilmiy-pedagogik taʼminlash
7.
Filialning taʼlim yoʻnalishlarini tasdiqlangan oʻquv rejalari va fanlar dasturlari hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan taʼminlash.
2017-yil avgust
-
Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
8.
Filialning axborot-resurs markazini tashkil etish hamda oʻquv-metodik adabiyotlar, axborot materiallari (shu jumladan ularning elektron variantlari), maxsus davriy nashrlar bilan taʼminlash.
2017-yil
avgust
Filialning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari,
Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari
Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
9.
Filialning professor-oʻqituvchilarini Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti tarmoq markazida va xorijiy oliy taʼlim muassasalarida malaka va tajriba orttirishlarini tashkil etish.
2018-yildan boshlab
Filialning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari,
“Isteʼdod” jamgʻarmasi mablagʻlari
Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti, “Isteʼdod” jamgʻarmasi
10.
Filial kafedralari ilmiy tadqiqotlari yoʻnalishlarini belgilash, grantlar jalb etishni va xoʻjalik shartnomalarini bajarishni tashkil etish.
2018 — 2023-yillar
Davlat grantlari va xoʻjalik shartnomalari boʻyicha tushgan mablagʻlar
Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
11.
Mintaqaning madaniyat va sanʼat sohasi korxonalari va tashkilotlari bilan hamkorlikda qoʻshma ilmiy-tadqiqot, ilmiy-metodik ishlanmalarni tashkil etish.
2018-yildan boshlab
-
Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
12.
Filialda axborotlar, toʻplangan tajriba va mutaxassislarning keng almashinuvini taʼminlash. Mahorat darslari va maxsus mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarning yuqori malakali olimlari va sanʼat arboblarini taklif etish.
muntazam
Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarning grantlari
Madaniyat vazirligi,
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti, “Isteʼdod” jamgʻarmasi
13.
Filial professor-oʻqituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish uchun respublikaning boshqa hududlaridan taklif etilgan professor-oʻqituvchilar va mutaxassislarni turar-joy bilan taʼminlash maqsadida imtiyozli ipoteka kreditlari asosida Qoʻqon shahrida qurilayotgan arzon uy-joylardan ajratish.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 34-son, 875-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)