toggle_night_mode
Hujjat 05.06.2001 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGASHI RAYOSATI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “CHERNOBIL HALOKATIDAN ZIYON KOʻRGAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ISTIQOMAT QILUVCHI FUQAROLARNI IJTIMOIY HIMOYALASH HAQIDA” 1992-YIL 6-APRELDAGI 170-SON QARORIGA OʻZGARTIRISH KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi toʻgʻrisida” 2001-yil 17-apreldagi PF-2832-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-apreldagi 170-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-yil, 4-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarga beriladigan haq-huquqlar, pul kompensatsiyalari va imtiyozlar roʻyxati II boʻlimining 6-bandi chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 5-iyun,
246-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 11-son, 66-modda)