1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport;
3.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT IShLARI VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2778-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 27-sentabrdagi PF-3491-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda madaniyat va sport sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtirish darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-apreldagi 96-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y. 14-son, 104-modda)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, tuman (shahar) madaniyat va sport ishlari boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi, shuningdek madaniyat va sport ishlari hududiy organlari xodimlarining cheklangan umumiy soni 3—5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
* 5-ilova berilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziriga, zarurat boʻlganda, xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida Vazirlikning markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Madaniyat va sport ishlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hamda Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hamda Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasida oʻrnatilgan aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi vositalarini Madaniyat va sport ishlari vazirligida saqlab qolsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining markaziy apparati quyidagi manzilga joylashtirilsin: Toshkent shahri, Furqat koʻchasi, 1-uy.
6. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1996-yil 21 maydagi 185-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 5-son, 17-modda);
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2004-yil 9-iyundagi 272-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 55-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-apreldagi 96-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y. 14-son, 104-modda)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-apreldagi 96-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y. 14-son, 104-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-sentabrdagi 455-son qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-sentabrdagi 455-son qaroriga 3a-ILOVA
Viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-sentabrdagi 455-son qaroriga 4-ILOVA
Tumanlar (shaharlar) madaniyat va sport ishlari boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-sentabrdagi 455-son qaroriga 5-ILOVA
Madaniyat va sport ishlari hududiy organlari xodimlarining
ChEKLANGAN SONI
T/r
Hududlar
Xodimlarning cheklangan umumiy soni
shu jumladan boshqaruv xodimlari soni
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari
Tuman (shahar) madaniyat va sport ishlari boʻlimlari
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
36
10
24
2.
Andijon viloyati
36
9
25
3.
Buxoro viloyati
29
9
18
4.
Jizzax viloyati
25
7
17
5.
Qashqadaryo viloyati
33
8
24
6.
Navoiy viloyati
24
7
16
7.
Namangan viloyati
26
6
19
8.
Samarqand viloyati
40
11
26
9.
Sirdaryo viloyati
23
7
15
10.
Surxondaryo viloyati
32
9
21
11.
Toshkent viloyati
41
8
31
12.
Fargʻona viloyati
37
7
28
13.
Xorazm viloyati
27
9
16
14.
Toshkent shahri
39
14
22
Jami:
448
121
302
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 40-41-son, 436-modda; 2005-y., 14-son, 104-modda)