1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.02.00 Kartografiya;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.02.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning boshqaruvi. Yerga oid munosabatlarni tartibga solish yuzasidan davlat organlarining vakolatlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
2.Tabiiy resurslar / Er;
3.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI YER RESURSLARI, GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA DAVLAT KADASTRI DAVLAT QO‘MITASINI TAShKIL QILISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF–3358-son Farmoniga muvofiq hamda yerdan foydalanish, geodeziya va kartografiya sohasidagi boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, yerdan oqilona foydalanishni ta’minlash va yer munosabatlarini tartibga solish, Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Bosh boshqarmasi tugatilib, ularning negizida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (O‘zdavyergeodezkadastr) tashkil qilinsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi PF-5065-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 22-son, 415-modda)
3. Belgilansinki, O‘zdavyergeodezkadastr qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Bosh boshqarmasining shartnomalari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qo‘shimcha qiymat solig‘i / 07.10.03.02 (Кучини йукотган) Qo‘shimcha qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
4. Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga bajariladigan yer-kadastr, yer tuzilishi, tuproq va geobotanika sohasidagi ishlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi belgilab qo‘yilsin.
5. “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 24-iyuldagi PF–2059-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
7. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-oktabr,
PF-3502-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 42-son, 445-modda; 2017-y., 22-son, 415-modda)