Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 1-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2909]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 20-noyabrdagi PF-500-son “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri A. AZIZOV
Toshkent sh.,
2017-yil 7-iyul,
28-son
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
Toshkent sh.,
2017-yil 7-iyul,
21-son
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligining 2017-yil 7-iyuldagi 28 va 21-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA
Ushbu Yoʻriqnoma “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 20-noyabrdagi PF-500-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Yoʻriqnomada quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotish (bundan buyon matnda fuqarolikni yoʻqotish deb yuritiladi) — manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan rasmiylashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligining tugatilishi;
fuqarolikni yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (bundan buyon matnda IIV deb yuritiladi) va/yoki Tashqi ishlar vazirligi (bundan buyon matnda TIV deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladigan, Qonunga muvofiq fuqarolikni yoʻqotishi lozim boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini aniqlashga, shuningdek boshqa davlat organlari bilan birgalikda tegishli tekshiruvlarni amalga oshirishga va hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari boʻyicha Komissiyaga (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) taqdim etishga qaratilgan harakatlar majmui;
chet elda doimiy yashayotgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy yashash joyidan roʻyxatdan chiqarilgan hamda chet elga doimiy yashash uchun chiqishga ruxsatnomani belgilangan tartibda rasmiylashtirgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari.
2. Qonunning 21-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda yoʻqotilishi mumkin:
shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, politsiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralariga (bundan buyon matnda chet davlatning davlat xizmati deb yuritiladi) ishga kirganligi natijasida;
agar chet elda doimiy yashovchi shaxs uch yil ichida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan boʻlsa;
agar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi yolgʻonligi shak-shubhasiz maʼlumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olingan boʻlsa;
agar shaxs chet davlat foydasini koʻzlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan boʻlsa;
agar shaxs chet davlatning fuqaroligini olgan boʻlsa.
3. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalari yuzasidan hujjatlar tayyorlash vaqtida IIV, TIV va/yoki Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari (bundan buyon matnda — konsullik muassasalari) tomonidan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotgan deb topish boʻyicha amalga oshirilayotgan ish haqida uni xabardor qilish choralari koʻriladi.
Xabardor qilish shaxsning yashab turgan joyi boʻyicha yozma ravishda amalga oshiriladi. Shaxsning turgan joyi haqida maʼlumot boʻlmagan taqdirda, uni xabardor qilish ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari tomonidan shaxsning oxirgi yashash joyi boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga yoki uning yaqin qarindoshlariga xabarnoma yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Shaxs IIV, TIV yoki konsullik muassasalariga kelgan taqdirda, uni xabardor qilish imzo chektirib olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni chiqqan kundan boshlab yoʻqotiladi.
2-bob. Chet davlatning davlat xizmatiga kirganligini tasdiqlaydigan hujjatlar yoki boshqa ishonchli maʼlumotlar mavjud boʻlgan shaxslarga nisbatan fuqarolikni yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash
5. Chet davlatning davlat xizmatiga kirgan shaxslarni aniqlash uchun konsullik muassasalari:
oʻzlarining konsullik okruglari joylashgan mamlakatlarning tashqi ishlar vazirliklariga chet davlatning davlat xizmatiga kirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻyicha axborot berish haqida nota yuboradilar va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining qoidalari haqida xabardor qiladilar;
manfaatdor vazirlik va idoralarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi chet davlatning davlat xizmatiga kirganligi haqidagi maʼlumotlarini tekshiradilar;
shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi haqidagi murojaatlarini va chet davlatning soʻrovnomalarini oʻrganadilar.
6. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi chet davlatning davlat xizmatiga kirganligi haqida maʼlumot olingan yoki bunday maʼlumot aniqlangan taqdirda konsullik muassasasi ushbu fuqaroning shaxsini tekshiradi va, zarurat boʻlsa, TIVning Konsullik boshqarmasiga soʻrovnoma yuboradi, Konsullik boshqarmasi uni manfaatdor vazirlik va idoralarga yuboradi.
7. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi chet davlatning davlat xizmatiga kirganligi haqida maʼlumot olingan yoki bunday maʼlumot aniqlangan taqdirda manfaatdor vazirlik va idoralar TIVning Konsullik boshqarmasiga axborot yuboradilar, Konsullik boshqarmasi maʼlumotni tegishli konsullik muassasasi orqali qayta tekshiradi.
8. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi chet davlatning davlat xizmatiga kirganligi fakti aniqlangan taqdirda konsullik muassasasi ushbu Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq fuqarolikni yoʻqotishni rasmiylashtirish yuzasidan asoslantirilgan xulosa tayyorlaydi va uni hujjatlar bilan birga TIVning Konsullik boshqarmasiga yuboradi.
Hujjatlar uch nusxada tayyorlanadi va ularning ikkitasi TIVning Konsullik boshqarmasiga yuboriladi, uchinchisi esa, konsullik muassasasida saqlanadi.
9. TIVning Konsullik boshqarmasi kelgan hujjatlarni tekshiradi va besh ish kuni ichida bittadan nusxasini Oʻzbekiston Respublikasi IIV va Milliy xavfsizlik xizmatiga (bundan buyon matnda MXX deb yuritiladi) koʻrib chiqish uchun yuboradi.
10. IIVning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda IIV MvaFRBB deb yuritiladi) kelib tushgan hujjatlarni oʻn ish kuni ichida IIV MvaFRBBning Aholini pasportlashtirish avtomatlashtirilgan axborot tizimi respublika markazining (bundan buyon matnda APAAT RM deb yuritiladi) maʼlumotlar bazasi orqali tekshiradi va ayni vaqtda ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining (bundan buyon matnda IIVning hududiy boshqarmalari deb yuritiladi) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va boʻlimlariga (bundan buyon matnda MvaFRBvaB deb yuritiladi) yuboradi.
11. IIV hududiy boshqarmalarining MvaFRBvaB kelib tushgan hujjatlarni oʻn ish kuni ichida IIV hududiy boshqarmalarining manzil-maʼlumot byurolari (bundan buyon matnda MMB deb yuritiladi) hamda axborot markazlarining maʼlumotlar bazalari orqali tekshiradi va ularni IIV MvaFRBBga yuboradi.
12. IIV MvaFRBB Nizomning IV boʻlimi 2-bandida nazarda tutilgan faktlarni aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga, Bosh prokuraturasiga, MXXga hamda IIVning tegishli xizmatlariga, shuningdek fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq maʼlumotlarni aniqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga uch ish kuni ichida tegishli soʻrovnomalarni yuboradi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, MXX, IIVning tegishli xizmatlari hamda Adliya vazirligi soʻrovnoma asosida barcha tarkibiy va hududiy boʻlinmalar boʻyicha tegishli tekshiruvlarni oʻtkazadi va ularning natijalarini oʻttiz ish kuni ichida IIV MvaFRBBga yuboradi.
14. Kelib tushgan hujjatlar asosida IIV MvaFRBB oʻn ish kuni ichida fuqarolikni yoʻqotishni rasmiylashtirish yuzasidan asoslantirilgan xulosani tayyorlaydi. Ushbu xulosa Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Hujjatlar va xulosa TIVning Konsullik boshqarmasiga yuboriladi.
15. MXX kelib tushgan hujjatlarni yigirma ish kuni ichida oʻrganib chiqadi va fuqarolikni yoʻqotishni rasmiylashtirish yuzasidan asoslantirilgan xulosani TIVning Konsullik boshqarmasiga yuboradi.
16. TIVning Konsullik boshqarmasi hujjatlarni hamda IIV va MXXning xulosalarini olib, oʻn ish kuni ichida asoslantirilgan xulosani tayyorlaydi. Ushbu xulosa Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Toʻplangan hujjatlar va xulosalar Komissiyaga yuboriladi.
3-bob. Chet elda doimiy yashayotgan uch yil ichida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan shaxslarning fuqaroligini yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash
1-§. TIV tomonidan hujjatlarni tayyorlash
17. Chet elda doimiy yashayotgan uch yil ichida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan shaxslarni aniqlash maqsadida konsullik muassasalari:
shaxslarning konsullik muassasalariga kelib tushgan murojaatlarini tekshiradi;
chet davlatning shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi haqidagi soʻrovnomalarini oʻrganadi;
oʻzining konsullik okruglari joylashgan mamlakatlardagi ozodlikdan mahrum qilish muassasalarida saqlanayotgan fuqarolarni aniqlaydi;
chet elda doimiy yashash uchun chiqib ketgan fuqarolarning IIV MvaFRBB tomonidan taqdim etilgan roʻyxatni oʻzining konsullik hisobi boʻyicha tekshiradi.
18. Konsullik muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining shaxsini aniqlaydi va u konsullik hisobiga oʻz vaqtida turmaganligi sabablarini oʻrganadi.
19. Uch yil ichida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan shaxslar aniqlanganida, basharti ularning pasporti boʻlmasa, konsullik muassasasi 1-shaklning tasdiqlangan nusxasini TIV Konsullik boshqarmasi orqali soʻrab oladi.
20. Konsullik muassasasi rahbari vaziyatga qarab, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi oʻz vaqtida konsullik hisobiga turmaganligi sabablarining uzrliligiga obyektiv maʼlumotlar asosida mustaqil baho beradi.
Uzrli sabablar aniqlangan taqdirda, konsullik muassasasi fuqaroni konsullik hisobiga oladi, bu haqda TIVning Konsullik boshqarmasiga xabar beriladi.
21. Toʻplangan hujjatlar asosida konsullik muassasasi ushbu Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq ikki nusxada asoslantirilgan xulosa tayyorlaydi.
Xulosaning bir nusxasi va hujjatlar TIVning Konsullik boshqarmasiga yuboriladi, ikkinchi nusxasi hujjatlar nusxasi bilan birga konsullik muassasasida saqlanadi.
24. TIVning Konsullik boshqarmasi oʻrganish natijalariga asosan oʻn ish kuni ichida asoslantirilgan xulosani tayyorlaydi. Ushbu xulosa Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi hamda hujjatlar bilan birga Komissiyaga yuboriladi.
25. Tuman, shahar ichki ishlar boshqarmalari, boʻlimlarining (bundan buyon matnda TShIIBB deb yuritiladi) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari (bundan buyon matnda MvaFRB deb yuritiladi) hamda IIV hududiy boshqarmalarining MvaFRBvaBlari chet elga doimiy yashash maqsadida chiqib ketish uchun roʻyxatdan chiqarishni va ruxsat yozuvi stikerini rasmiylashtirishda fuqaroni Qonunning 21-moddasi qoidalari haqida ushbu Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq yozma ravishda ogohlantiradi.
Ayni vaqtda shaxslarning ushbu toifasi haqidagi maʼlumotlar (ketish varaqalari) roʻyxatdan chiqarish rasmiylashtirgandan keyin bir kun ichida APAAT RM “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan kompleks axborot tizimining maʼlumotlar bazasiga kiritiladi.
IIV MvaFRBB koʻrsatilgan maʼlumotlarni har chorakda TIVning Konsullik boshqarmasiga xizmatda hisobga olish uchun elektron shaklda yuboradi.
26. TShIIBB MvaFRB chet elga doimiy yashash maqsadida chiqib ketgan shaxslarning toʻliq hisobini yuritish uchun ketish varaqalari boʻyicha arxiv hujjatlarini, kvartira kartochkalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining uy va xoʻjalik kitoblari boʻyicha doimiy ravishda oʻrganib boradi.
27. TShIIBB MvaFRB chet elga doimiy yashash maqsadida chiqib ketgan va uch yildan ortiq vaqt davomida xorijiy davlatda yashayotgan shaxslar aniqlanganida, ushbu shaxslarga doir ilgari IIV MvaFRBBga joʻnatilgan 1-shaklning nusxasi va APAAT RMning maʼlumotlar bazasida 1-shaklning elektron varianti mavjudligini tekshiradi. 1-shakl mavjud boʻlmagan taqdirda u ushbu bazaga kiritib qoʻyiladi.
28. Tekshirish tugagandan keyin TShIIBB MvaFRB IIV hududiy boshqarmalarining MvaFRBvaBga qogʻozning bir tomonida aks ettirilgan va muhr bilan tasdiqlangan 1-shakl nusxasini va 4-ilova boʻyicha roʻyxatni yuboradi. 1-shakl nusxasining orqa tomoni ushbu Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
29. IIV hududiy boshqarmalarining MvaFRBvaB kelib tushgan roʻyxatlarni umumlashtiradi va ularning toʻgʻriligini 1-shakl nusxasi maʼlumotlariga solishtirish yoʻli bilan tekshiradi, shundan soʻng umumlashtirilgan roʻyxat 1-shakl nusxalari bilan birga IIVning hududiy boshqarmalari MMBlariga yuboriladi.
IIVning hududiy boshqarmalari MMBlari kelib tushgan hujjatlarni roʻyxatdan oʻtgan yoki chiqarilgan hollar mavjudligini aniqlash maqsadida uch ish kuni ichida tekshiradi.
Tekshiruv natijalari boʻyicha IIVning hududiy boshqarmalari MMBlari hamda MvaFRBvaBlari tomonidan 1-shakl nusxasining orqa tomoniga ushbu Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq tegishli maʼlumotlar kiritiladi, ushbu maʼlumotlar roʻyxat bilan birga IIV MvaFRBBga yuboriladi.
30. IIV MvaFRBB kelib tushgan roʻyxatlarni umumlashtiradi va ularning toʻgʻriligini 1-shakl nusxasi maʼlumotlariga solishtirish yoʻli bilan tekshiradi.
IIV MvaFRBB umumlashtirilgan roʻyxatni Nizomning IV boʻlimi 2-bandida nazarda tutilgan faktlarni aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga, Bosh prokuraturasiga, MXXga hamda IIVning tegishli xizmatlariga, shuningdek fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq maʼlumotlarni aniqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga uch ish kuni ichida tegishli soʻrovnomalar bilan yuboradi.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, MXX, IIVning tegishli xizmatlari hamda Adliya vazirligi soʻrovnoma asosida barcha tarkibiy va hududiy boʻlinmalar boʻyicha tegishli tekshiruvlarni oʻtkazadi va ularning natijalarini oʻttiz ish kuni ichida IIV MvaFRBBga yuboradi.
32. IIV MvaFRBB umumlashtirilgan roʻyxatni tekshirish uchun IIVning hududiy boshqarmalari MvaFRBvaBlariga yuboradi.
33. IIV hududiy boshqarmalarining MvaFRBvaB yetti ish kuni ichida IIV hududiy boshqarmalarining MMB hamda MvaFRBvaB maʼlumotlar bazalari boʻyicha tekshiruvni amalga oshiradi, va undan soʻng IIV MvaFRBBga tegishli maʼlumotnomani yuboradi.
34. IIV MvaFRBB kelib tushgan roʻyxatlarni tekshiradi va ayni vaqtda ularni IIV axborot markaziga yuboradi. Axborot markazi yetti ish kuni ichida natijalar haqida IIV MvaFRBBga axborot beradi.
35. Shaxslarning roʻyxati 1-shakl nusxalari bilan birga TIVning Konsullik boshqarmasiga yuboriladi. Konsullik boshqarmasi roʻyxatni konsullik muassasalariga yuboradi.
36. Konsullik muassasalari oʻn ish kuni ichida roʻyxatni oʻzlarining konsullik hisobi bilan solishtiradi va TIVning Konsullik boshqarmasiga maʼlumot yuboradi.
37. TIVning Konsullik boshqarmasi tekshiruvlar natijalari boʻyicha oʻn ish kuni ichida asoslantirilgan xulosani tayyorlaydi. Ushbu xulosa Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi va roʻyxat bilan birga Komissiyaga yuboriladi.
4-bob. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi oldindan bila turib yolgʻon maʼlumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida olinganligi aniqlangan shaxslarga nisbatan fuqarolikni yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash
38. Shaxs oldindan bila turib yolgʻon maʼlumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etishi natijasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi olinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar yoki arizalar kelib tushgan taqdirda TShIIBB MvaFRB yoki konsullik muassasalari Qonunga muvofiq ushbu shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlaydilar.
39. Tekshiruvni oʻtkazish vaqtida TShIIBB MvaFRB yoki konsullik muassasalari tomonidan quyidagilar aniqlanadi:
shaxsning Qonun kuchga kirgan vaqtda (1992-yil 28-iyulda) Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashaganligi;
shaxsning Qonun kuchga kirgan vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi hududida propiskasi boʻlganligi;
shaxs Qonun kuchga kirgan vaqtda mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarda harbiy hisobda turganligi;
shaxs Qonun kuchga kirganidan keyin tugʻilganligi va unda Qonunning 13 — 16-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olish huquqi mavjudligi;
Qonunning 4-moddasi 2-bandida nazarda tutilgan holatlar.
40. Tekshiruvni oʻtkazish hamda shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini qonuniy ravishda olganligi faktlarini tasdiqlash uchun tegishli vazirlik va idoralarga (mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari, shaxsning oldingi yashash joyi boʻyicha ichki ishlar organlari va boshqalarga) soʻrovnomalar yuboriladi.
41. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi oldindan bila turib yolgʻon maʼlumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida olinganligi fakti tasdiqlangan taqdirda TShIIBB MvaFRB yoki TIV Konsullik boshqarmasi uch ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olishning asossizligi haqida sabablarini koʻrsatgan holda xulosa tayyorlaydi.
42. TShIIBB MvaFRB xulosaning nusxasi va toʻplangan hujjatlarni bir ish kuni ichida mazkur fakt aniqlangan joydagi prokuratura organiga yuboradi, prokuratura organi bu hujjatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror haqida TShIIBB MvaFRBga xabar beradi.
TIVning Konsullik boshqarmasi xulosa va toʻplangan hujjatlarni konsullik muassasalaridan olganidan keyin bir ish kuni ichida ularni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuboradi. Bosh prokuratura mazkur hujjatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror haqida TIVning Konsullik boshqarmasiga xabar beradi.
43. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi oldindan bila turib yolgʻon maʼlumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida olinganligi fakti sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan belgilanadi.
Qarorni chiqargan sud uning nusxasini TShIIBB MvaFRB yoki TIVning Konsullik boshqarmasiga oʻrnatilgan tartibda yuboradi.
44. TShIIBB MvaFRB sudning qarorini olgach, toʻplangan hujjatlarni uch ish kuni ichida IIV hududiy boshqarmalarining MvaFRB orqali IIV MvaFRBBga yuboradi.
TIVning Konsullik boshqarmasi sudning qarorini olgach, toʻplangan hujjatlarni uch ish kuni ichida IIV MvaFRBBga yuboradi.
45. IIV MvaFRBB Nizomning IV boʻlimi 2-bandida nazarda tutilgan faktlarni aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga, Bosh prokuraturasiga, MXXga hamda IIVning tegishli xizmatlariga, shuningdek fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq maʼlumotlarni aniqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga uch ish kuni ichida tegishli soʻrovnomalarni yuboradi.
46. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, MXX, IIVning tegishli xizmatlari hamda Adliya vazirligi soʻrovnoma asosida barcha tarkibiy va hududiy boʻlinmalar boʻyicha tegishli tekshiruvlarni oʻtkazadi va ularning natijalarini oʻttiz ish kuni ichida IIV MvaFRBBga yuboradi.
48. IIV MvaFRBB yoki TIVning Konsullik boshqarmasi kelib tushgan hujjatlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi asossiz olinganligi haqida asoslantirilgan xulosa chiqaradi va toʻplangan hujjatlarni Komissiyaga yuboradi.
5-bob. Chet el davlati foydasini koʻzlab faoliyat yuritib yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan shaxslarning fuqaroligini yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash
49. Shaxsning chet davlat foydasini koʻzlab faoliyat yuritish yoki Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Maxsus qismi ikkinchi boʻlimida nazarda tutilgan tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlarni sodir etish natijasida jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazganligini tasdiqlaydigan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan hujjatlar shaxsning fuqaroligini yoʻqotish yuzasidan MXX, IIV va TIV tegishli boshqarmalarining asoslantirilgan taqdimnomalari bilan birga ushbu Yoʻriqnomaning 6-ilovasiga muvofiq IIV MvaFRBBga yuboriladi.
50. IIV MvaFRBB ushbu Yoʻriqnomaning 10 va 11-bandlariga muvofiq hujjatlarni tekshiradi va IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi hamda Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda fuqarolikni yoʻqotish masalasini koʻtarishga oid hujjatlarning nusxasini TIV Konsullik boshqarmasiga va MXXga taqdim etadi.
IIV MvaFRBB Nizomning IV boʻlimi 2-bandida nazarda tutilgan faktlarni aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga, Bosh prokuraturasiga, MXXga hamda IIVning tegishli xizmatlariga, shuningdek fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq maʼlumotlarni aniqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga uch ish kuni ichida tegishli soʻrovnomalarni yuboradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, MXX, IIVning tegishli xizmatlari hamda Adliya vazirligi soʻrovnoma asosida barcha tarkibiy va hududiy boʻlinmalar boʻyicha tegishli tekshiruvlarni oʻtkazadi va ularning natijalarini oʻttiz ish kuni ichida IIV MvaFRBBga yuboradi.
53. IIV MvaFRBB oʻn ish kuni ichida fuqarolikni yoʻqotish yuzasidan asoslantirilgan xulosani chiqaradi. Ushbu xulosa Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanib, hujjatlarni ilova qilgan holda Komissiyaga yuboriladi.
6-bob. Chet davlatning fuqaroligini olgan shaxslarning fuqaroligini yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash
1-§. TIV tomonidan hujjatlarni tayyorlash
54. Chet davlatning fuqaroligini qabul qilgan shaxslarni aniqlash uchun konsullik muassasalari:
chet davlatning fuqaroligini qabul qilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari haqida axborot taqdim etishni soʻrab, oʻzining konsullik okrugi joylashgan mamlakatlarning tashqi ishlar vazirliklariga notalar yuboradi;
manfaatdor vazirlik va idoralarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari chet davlat fuqaroligini qabul qilganligi haqidagi maʼlumotlarini tekshiradi;
shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi haqida ulardan tushgan murojaatlarni va chet davlat soʻrovlarini oʻrganadi.
55. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari chet davlatning fuqaroligini qabul qilganligi haqida axborot olingan yoki aniqlangan taqdirda, konsullik muassasasi mazkur fuqarolarning shaxsini tekshiradi hamda zarur boʻlsa TIVning Konsullik boshqarmasiga soʻrov yuboradi, Konsullik boshqarmasi soʻrovni manfaatdor vazirlik va idoralarga joʻnatadi.
56. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari chet davlatning fuqaroligini qabul qilganligi haqida maʼlumotlar olingan yoki aniqlangan taqdirda manfaatdor vazirlik va idoralar TIVning Konsullik boshqarmasiga axborot yuboradilar, Konsullik boshqarmasi tegishli konsullik muassasasi orqali maʼlumotlarni qayta tekshiradi.
57. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan chet el fuqaroligi qabul qilganligi fakti aniqlangan taqdirda konsullik muassasasi ushbu Yoʻriqnomaning 7-ilovasiga muvofiq fuqarolikni yoʻqotishni rasmiylashtirish yuzasidan xulosa tayyorlaydi va uni hujjatlar bilan birga TIVning Konsullik boshqarmasiga yuboradi.
Hujjatlar uch nusxada tayyorlanadi. Ularning ikkita nusxasi TIVning Konsullik boshqarmasiga yuboriladi, uchinchi nusxasi esa, konsullik muassasasida saqlanadi.
58. TIVning Konsullik boshqarmasi kelib tushgan hujjatlarni tekshiradi va uch ish kuni ichida ularning bittadan nusxasini IIV va MXXga ular tomonidan koʻrib chiqilishi uchun yuboradi.
59. IIV MvaFRBvaB kelib tushgan hujjatlarni oʻn ish kuni ichida APAAT RM maʼlumotlar bazalaridan tekshiradi va ayni vaqtda ularni IIV hududiy boshqarmalari MvaFRBga yuboradi.
60. IIV hududiy boshqarmalari MvaFRBvaB kelib tushgan hujjatlarni oʻn ish kuni ichida IIV hududiy boshqarmalari MMB va axborot markazlarining maʼlumotlar bazasidan tekshiradi hamda ushbu hujjatlarni IIV MvaFRBBga yuboradi.
61. IIV MvaFRBB Nizomning IV boʻlimi 2-bandida nazarda tutilgan faktlarni aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga, Bosh prokuraturasiga, MXXga hamda IIVning tegishli xizmatlariga, shuningdek fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq maʼlumotlarni aniqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga uch ish kuni ichida tegishli soʻrovnomalarni yuboradi.
62. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, MXX, IIVning tegishli xizmatlari hamda Adliya vazirligi soʻrovnoma asosida barcha tarkibiy va hududiy boʻlinmalar boʻyicha tegishli tekshiruvlarni oʻtkazadi va ularning natijalarini oʻttiz ish kuni ichida IIV MvaFRBBga yuboradi.
63. IIV MvaFRBB kelib tushgan hujjatlar asosida oʻn ish kuni ichida fuqarolikni yoʻqotish yuzasidan asoslantirilgan xulosani tayyorlaydi. Ushbu xulosa Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Hujjatlar va xulosa TIVning Konsullik boshqarmasiga yuboriladi.
64. MXX kelib tushgan hujjatlarni yigirma ish kuni ichida tekshiradi va TIVning Konsullik boshqarmasiga fuqarolikni yoʻqotish yuzasidan asoslantirilagan xulosani yuboradi.
65. TIVning Konsullik boshqarmasi IIV va MXXning hujjatlari va xulosalarini olib, oʻn ish kuni ichida asoslantirilgan xulosani tayyorlaydi. Ushbu xulosa Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Toʻplangan hujjatlar va xulosalar Komissiyaga yuboriladi.
2-§. IIV tomonidan hujjatlarni tayyorlash
66. Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari chet davlatning fuqaroligini qabul qilganligi toʻgʻrisida axborot olingan yoki aniqlangan taqdirda vazirlik va idoralar chora koʻrish uchun tegishli maʼlumotni IIV MvaFRBBga yuboradilar.
IIV MvaFRBB axborotni olib, uch ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi TIV yoki Adliya vazirligi orqali (xalqaro shartnomalar doirasida) chet davlatning vakolatli organlariga Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi chet davlat fuqaroligini qabul qilganligi faktini tasdiqlash uchun soʻrovnoma yuboradi.
Chet davlat fuqaroligi qabul qilinganligi fakti tasdiqlangan taqdirda, IIV MvaFRBB hujjatlarni uch ish kuni ichida shaxsning doimiy yashash joyi boʻyicha TShIIBB MvaFRBga tekshiruv oʻtkazish uchun yuboradi.
TShIIBB MvaFRB oʻn besh ish kuni ichida IIV maʼlumotlar bazalari (axborot markazi, MMB va boshqalar) boʻyicha tegishli tekshiruvni amalga oshirib, hujjatlarni IIV hududiy boshqarmalarining MvaFRBvaBlariga yuboradi.
67. IIV hududiy boshqarmalarining MvaFRBvaB kelib tushgan hujjatlarni oʻrganib chiqadi va fuqarolikni yoʻqotish yuzasidan xulosa tayyorlaydi hamda uni hujjatlar bilan birga IIV MvaFRBBga yuboradi.
68. IIV MvaFRBB Nizomning IV boʻlimi 2-bandida nazarda tutilgan faktlarni aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga, Bosh prokuraturasiga, MXXga hamda IIVning tegishli xizmatlariga, shuningdek fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq maʼlumotlarni aniqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga uch ish kuni ichida tegishli soʻrovnomalarni yuboradi.
69. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, MXX, IIVning tegishli xizmatlari hamda Adliya vazirligi soʻrovnoma asosida barcha tarkibiy va hududiy boʻlinmalar boʻyicha tegishli tekshiruvlarni oʻtkazadi va ularning natijalarini oʻttiz ish kuni ichida IIV MvaFRBBga yuboradi.
70. IIV MvaFRBB natijalarni olgach, besh ish kuni ichida uch nusxada hujjatlarni tayyorlaydi. Hujjatlarning bir nusxasi TIVga, ikkinchi nusxasi MXXga yuboriladi, uchinchi nusxasi esa, IIV MvaFRBBda saqlanadi.
71. TIV va MXX kelib tushgan hujjatlarni yigirma ish kuni ichida koʻrib chiqadi va IIV MvaFRBBga fuqarolikni yoʻqotishni rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi asoslantirilgan xulosani yuboradi.
72. IIV MvaFRBB hujjatlarni va TIV hamda MXXning xulosasini olgach, besh ish kuni ichida fuqarolikni yoʻqotishni rasmiylashtirish haqida asoslantirilgan xulosani tayyorlaydi. Ushbu xulosa Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Toʻplangan hujjatlar va xulosalar Komissiyaga yuboriladi.
7-bob. Fuqarolikni yoʻqotishni roʻyxatga olish
73. Fuqarolikni yoʻqotish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining MXX, IIV va TIVga kelib tushgan nusxalari ishda hisobga olish uchun qabul qilinadi.
74. IIV MvaFRBB va TIVning Konsullik boshqarmasi fuqarolikni yoʻqotish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining nusxasini IIV hududiy boshqarmasining tegishli MvaFRBvaBga yoki konsullik muassasasiga yuboradi.
Ayni vaqtda IIV MvaFRBB fuqaroligini yoʻqotgan shaxslar haqida APAAT RMning maʼlumotlar bazasiga, har bir elektron 1-shaklga yozuv kiritadi.
75. IIV hududiy boshqarmasining MvaFRBvaB fuqarolikni yoʻqotish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining nusxasini olgach, 1-shaklning asl nusxalariga fuqarolikni yoʻqotganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish uchun uni TShIIBB MvaFRBlariga yuboradi.
76. Fuqarolikni yoʻqotganlik fakti Oʻzbekiston Respublikasi hududida shaxs doimiy istiqomat qiladigan joydagi TShIIBB MvaFRB tomonidan, chet davlatda doimiy istiqomat qilayotgan shaxslarga nisbatan esa, konsullik muassasalari tomonidan roʻyxatga olinadi.
77. Fuqaroligini yoʻqotgan shaxs TShIIBB MvaFRB yoki konsullik muassasasiga kelganida undan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti olib qoʻyiladi va unga ushbu Yoʻriqnomaning 8-ilovasiga muvofiq fuqarolikni yoʻqotganlik haqida maʼlumotnoma beriladi. Olib qoʻyilgan pasport belgilangan tartibda yoʻq qilinishi lozim.
78. TShIIBB MvaFRB Qonunning 21-moddasi birinchi qismiga muvofiq fuqaroligini yoʻqotgan shaxsga fuqaroligi boʻlmagan shaxs yoki chet el fuqarosining yashash uchun guvohnomasini rasmiylashtiradi.
8-bob. Yakuniy qoidalar
79. Fuqarolikni yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etuvchi davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan bevosita sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi davlat organiga (mansabdor shaxsga) shikoyat qilinishi mumkin.
80. Mazkur Yoʻriqnoma talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
81. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Bosh prokuraturasi va Oliy sudi bilan kelishilgan.
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
2017-yil 21-iyun
Bosh prokuror I. ABDULLAYEV
2017-yil 21-iyun
Oliy sud raisi K. KAMILOV
2017-yil 21-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi rahbari ________________ _____________ ______________ “____” ________ 20___ yil
XULOSA fuqaro _______________________________________________________________________________ning (F.I.O.) chet davlatning davlat xizmatiga kirganligi fakti toʻgʻrisida
________________________________________________________________ “_____” _______________ _____ yilda
(fuqaroning F.I.O.)
(kun)
(oy)
Oʻzbekiston Respublikasi, _________________________________________________, ________________ da tugʻilgan.
(viloyat, shahar)
(shahar, tuman )
Millati _______________________________, maʼlumoti ____________________________, sudlanmagan (sudlangan), ________________________, ____________ nafar farzandi bor (farzandlari yoʻq).
(oilaviy ahvoli)
Hozirgi kunda, quyidagi manzilda yashaydi:_______________________________________________________________
________________________________________________, ______.______.__________ yilda, doimiy yashash maqsadida
(fuqaroning F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasidan ________________________________________________________ ga doimiy roʻyxatdan chiqib, konsullik hisobga turmagan hamda xorijiy mamlakatning _________________________________ga, yaʼni davlat idorasiga ishga kirgan. Ushbu holat uning “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 21-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishga tushadi. Yuqoridagilarni inobatga olib, _____________________________________________________________________ga
(fuqaroning F.I.O.)
nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolikni yoʻqotish boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Konsul
(imzo)
_______________________________
(F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi rahbari ________________ _____________ ______________ “____” ________ 20___ yil
XULOSA fuqaro _____________________________________________________________________________ning (F.I.O.)
uch yil ichida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmaganlik fakti boʻyicha
______________________________________________________________ “_______” _____________ _______ yilda
(fuqaroning F.I.O.)
(kun)
(oy)
Oʻzbekiston Respublikasi, _________________________________________________, ________________ da tugʻilgan.
(viloyat, shahar)
(shahar, tuman )
Millati _______________________________, maʼlumoti ____________________________, sudlanmagan (sudlangan), ________________________, ____________ nafar farzandi bor (farzandlari yoʻq).
(oilaviy ahvoli)
Hozirgi kunda, quyidagi manzilda yashaydi:________________________________________________________________________________________
________________________________________________, ______.______.__________ yilda, doimiy yashash maqsadida
(fuqaroning F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasidan ________________________________________________________ ga doimiy roʻyxatdan chiqib, uch yil ichida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan. Ushbu holat uning “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 21-moddasi birinchi qismining 2-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishga tushadi. Yuqoridagilarni inobatga olib, _____________________________________________________________________ga
(fuqaroning F.I.O.)
nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolikni yoʻqotish boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Konsul
(imzo)
_______________________________
(F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ILOVA
__________________________________________________________ga borganimdan soʻng, uch yil muddat ichida, ushbu
(davlat nomi)
davlatdagi Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasida konsullik hisobga turishim haqida ogohlantirildim.
Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 21-moddasiga asosan qaysi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi yoʻqotilishi mumkinligi haqida ogohlantirildim.
___________
(imzo)
________________
(sana)
(F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4-ILOVA
____________________________________________________ boʻyicha doimiy yashashga ketganligiga uch yildan oshgan fuqarolar
(viloyat, tuman, shahar)
ROʻYXATI
“______”________________________ _____ yilga holatiga
(kun)
(oy)
T/r
F.I.O. (1-shakl ariza yoki pasport nusxasi boʻyicha yoziladi)
Tugʻilgan sanasi (1-shakl ariza yoki pasport nusxasi boʻyicha yoziladi)
Tugʻilgan joyi (Oʻzbekistonda tugʻilgan boʻlsa viloyat nomi, xorijda tugʻilgan boʻlsa davlat nomi yoziladi)
Millati (kichik harflar bilan yoziladi)
Pasport seriya va raqami (2 ta harf va 7 ta raqam yoziladi)
Doimiy yashashga ketgan davlatning nomi
Doimiy yashashga ketgan yil
Maʼlumot taqdim etgan IIVning hududiy boshqarmasi
Dastlabki maʼlumotlarni aniqlagan TShIIBB
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1.
2.
Izoh: roʻyxat davlat tilida toʻldiriladi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 5-ILOVA
MAʼLUMOTNOMA (TShIIBB MvaFRB)
______________________________________________________________ “_______” _______ _________ yilda
(fuqaroning F.I.O.)
(kuni)
(oy)
Oʻzbekiston Respublikasi, ______________________________________, ___________________________da tugʻilgan,
tomonidan __________ seriyali ________________________ raqamli pasport berilgan, “_____” _______ _________ yilda, doimiy roʻyxatdan chiqarilgan va ______________________ ga ketgan. Shundan soʻng biometrik pasportni rasmiylashtirish uchun va boshqa masalalar yuzasidan TShIIBBga qayta murojaat qilmagan. Ushbu fuqaroning 1-shakl arizasi elektron koʻrinishda APAAT RM “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan kompleks axborot tizimining maʼlumotlar bazasiga kiritilgan. Oxirgi yashagan manzili boʻyicha tekshirib koʻrilganda, uning fuqaroligini yoʻqotishga toʻsqinlik qiluvchi maʼlumotlar aniqlanmadi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 7-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi rahbari ________________ _____________ ______________ “____” ________ 20___ yil
XULOSA fuqaro _______________________________________________________________________ning (F.I.O.)
uch yil ichida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmaganlik fakti boʻyicha
________________________________________________________________ “_______” _________ _________ yilda
(fuqaroning F.I.O.)
(kun)
(oy)
Oʻzbekiston Respublikasi, _________________________________________________, ________________ da tugʻilgan.
(viloyat, shahar)
(shahar, tuman )
Millati _______________________________, maʼlumoti ____________________________, sudlanmagan (sudlangan), ________________________, ____________ nafar farzandi bor (farzandlari yoʻq).
(oilaviy ahvoli)
Hozirgi kunda, quyidagi manzilda yashaydi:______________________________________________________
____________________________________________________________ ning fuqaroligi olingan. Ushbu holat uning
(davlatning nomi)
“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 21-moddasi birinchi qismining 5-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishga tushadi. Yuqoridagilarni inobatga olib, _____________________________________________________________________ga
�(fuqaroning F.I.O.)
nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolikni yoʻqotish boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Konsul
(imzo)
_______________________________
(F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 8-ILOVA
M A ʼ L U M O T N O M A
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ____.____._________ yildagi, PF-____________-son Farmoniga muvofiq, ___.___._______ yil, ______________________________ da tugʻilgan ___________________________________ning
(F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi yoʻqotilgan.
_____________________________________________________ ning _____ seriyali ____________ raqamli pasporti,
(F.I.O.)
_______________________________________________________________________________________________ ga
(pasport topshirilgan tashkilot)
topshirilgan.
___________
(imzo)
____________________
(lavozim)
(F.I.O.)
M.Oʻ. “_____”__________20___ yil
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 31-son, 785-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2019-y., 10/19/2909-1/2517-son; 22.10.2020-y., 10/20/2909-2/1402-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)