1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari toʻgʻrisida
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi]
Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz vakolatlarini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq samarali amalga oshirishi uchun zarur sharoitlar yaratish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan, shuningdek konstitutsiyaviy vakolat muddati tugab yoki sogʻligʻi holatiga koʻra isteʼfoga chiqqan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasining eks-Prezidenti deb yuritiladi) zarur sharoitlar va kafolatlar yaratib berishdan iborat.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining daxlsizligi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.03 Fuqaroning shaʼni va obroʻsiga tajovuzlardan, uning shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish, turar joy daxlsizligi huquqi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti daxlsizlik va immunitetga ega boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining daxlsizligi uning turar joy va xizmat xonalariga, bagajiga, shaxsiy va xizmat transport vositalariga, yozishmalariga, foydalanadigan aloqa vositalariga, shuningdek unga tegishli hujjatlarga tatbiq etiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.02 Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi]
Oʻzbekiston Respublikasining eks-Prezidenti ham butun hayoti mobaynida daxlsizlik va immunitetga ega boʻladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat]
Oʻzbekiston Respublikasining eks-Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlarini bajarish bilan bogʻliq harakatlar uchun jinoiy va boshqa xil javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Unga nisbatan ushlab turish, soʻroq qilish, tintuv oʻtkazilishi yoki uning shaxsi koʻzdan kechirilishi mumkin emas.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining muhofazasi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.05.00 Davlat tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlarning xavfsizligini taʼminlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va uning oila azolariga davlat muhofazasi beriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari]
Oʻzbekiston Respublikasining eks-Prezidentiga doimiy yoki vaqtincha turgan joylarida umrbod davlat muhofazasi beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi eks-Prezidentining butun hayoti davrida uning oila aʼzolariga ham davlat muhofazasi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi eks-Prezidentining davlat muhofazasi va xavfsizligini taʼminlash qonun hujjatlarida belgilangan normalar va talablarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati zimmasiga yuklanadi.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining faoliyati taʼminoti. Moddiy va ijtimoiy taʼminot
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.01.00 Umumiy masalalar. Saylash tartibi. Vakolatlarning tugashi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilinishiga, shuningdek uning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi hamda bunday harakatlar qonun bilan taʼqib qilinadi. Bu qoida Oʻzbekiston Respublikasining eks-Prezidentiga nisbatan ham oʻz kuchini saqlab qoladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mehnatiga haq toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.29.00 Taʼtillar / 05.02.29.05 Taʼtilga haq toʻlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga muddati oʻttiz olti ish kunidan iborat yillik haq toʻlanadigan taʼtil beriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.02 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarini saylash, Senat aʼzolarini saylash va tayinlash]
Oʻzbekiston Respublikasining eks-Prezidenti umrbod Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi lavozimini egallaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining eks-Prezidenti yoshidan qatʼi nazar, amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oylik mansab maoshining 70 foizi miqdorida umrbod oylik pul taminoti olish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi]
Oʻzbekiston Respublikasi eks-Prezidentining hayoti va sogʻligʻi davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yillik mansab maoshiga teng summada majburiy davlat sugʻurtasidan oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.04.00 Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi]
Eks-Prezidentning bevasi, hayot kechirishning boshqa manbalari borligidan qatʼi nazar, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi olishga haqli.
Qonun hujjatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va eks-Prezidenti faoliyatining boshqa kafolatlari ham nazarda tutilishi mumkin.
5-modda. Uy-joy, aloqa va transport taʼminoti. Tibbiy va sanatoriy-kurort taʼminoti
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.13.00 Sanatoriya-kurort davolanish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida qarorgohlar beriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.10.00 Aloqa xizmatlari uchun tariflar, bojlar va imtiyozlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti barcha aloqa turlari bilan taʼminlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga maxsus maqsaddagi avtotransport, shuningdek mamlakat ichkarisidagi va chet ellarga qilinadigan safarlar uchun maxsus jihozlangan samolyot va vertolyot beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oila aʼzolariga ham xizmat avtotransportidan foydalanish huquqi beriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.13.00 Sanatoriya-kurort davolanish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va u bilan birga yashayotgan oila aʼzolariga bepul tibbiy xizmat koʻrsatiladi hamda sanatoriy-kurortda davolanish taʼmin etiladi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.09.00 Xizmat turar joyi]
Oʻzbekiston Respublikasiniig eks-Prezidentiga davlat hisobidan xizmat kvartirasi (turar joyi) va shahar tashqarisidagi – Toshkent viloyatidagi (Toshkent viloyatining Qaynarsoy tabiiy chegarasida joylashgan) qarorgohi mulk qilib berilib, tegishli xizmatlar koʻrsatiladi va muhofaza qilinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar]
Oʻzbekiston Respublikasining eks-Prezidenti maxsus, hukumat aloqalari hamda davlat organlari ixtiyoridagi boshqa aloqa turlaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududida bepul foydalanish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasining eks-Prezidentiga davlat hisobidan ikkita haydovchisi boʻlgan avtomobil birkitib qoʻyiladi, xizmat transporti bilan xizmat koʻrsatish ham taʼminlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi eks-Prezidentining u bilan birga yashayotgan yoki unga hamrohlik qilayotgan oila aʼzolari ham xizmat transportidan foydalanish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.13.00 Sanatoriya-kurort davolanish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini ijro etish tugallangan kunda Oʻzbekiston Respublikasining eks-Prezidenti va uning oila aʼzolari tibbiy xizmat hamda sanatoriy-kurortda davolanish boʻyicha ega boʻlgan imtiyozlar va afzalliklar ularda umrbod saqlanib qoladi.
6-modda. Xarajatlarni moliyalashtirish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi]
Ushbu Qonunda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov
Toshkent sh.
2003-yil 25-aprel,
480-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 3-4-son, 34-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 26.10.2021-y., 03/21/724/0994-son)