1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.05 Havo kemalari, ularning ekipaji va boshqa personallar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.09 Aviatsiya ishlari va xizmatlar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalari “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi bortkuzatuvchilarining ishlarini tashkil etish qoidalari”ga (OʻzR AQ-95) oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 28-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1733-2]
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-fevraldagi 90-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 20-sentabrdagi 145-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1733, 2007-yil 26-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 43-son, 439-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalari “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi bortkuzatuvchilarining ishlarini tashkil etish qoidalari”ga (OʻzR AQ-95) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-iyul,
91-N-son
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 11-iyuldagi 91-N-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalari “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi bortkuzatuvchilarining ishlarini tashkil etish qoidalari”ga (OʻzR AQ - 95) kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“40. Bortkuzatuvchilarni tilga tayyorlash va til boʻyicha malakasini oshirish yoʻlovchilar bilan chet tillarda muomala qilish va ularga xalqaro klass boʻyicha xizmat koʻrsatishga oʻrgatish maqsadida amalga oshiriladi.
41. Tilga tayyorlash va til boʻyicha malaka oshirish kurslari quyidagilarni nazarda tutadi:
a) fuqaro aviatsiyasida qoʻllaniladigan maxsus leksikani oʻzlashtirish;
b) soʻzlashish nutqini mukammallashtirish.
Fuqaro aviatsiyasi oʻquv markazida joriy qilingan qoidalarga muvofiq davlat va chet tillar boʻyicha bilimlarni tasdiqlash uchun ekstern uslubida imtihon topshirishga yoʻl qoʻyiladi.
42. Bortkuzatuvchilarni tilga tayyorlash va til boʻyicha malakasini oshirish kurslarida oʻqitish aviakorxona (aviakompaniya)larning yoʻllanmalari boʻyicha sertifikatlangan Fuqaro aviatsiyasining oʻquv markazida olib boriladi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 758-modda)