1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar;
3.Moliya / Investitsiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda iqtisodiyotni har tomonlama va jadal rivojlantirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish yuzasidan keng koʻlamli ishlar, shuningdek sanoatni modernizatsiya qilish va zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni barpo etish boʻyicha yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, tahlillar kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha vazifalarning samarali bajarilishiga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga gʻov boʻlayotgan omillarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etishga toʻsqinlik qilayotgan qator kamchiliklar mavjudligini, xususan:
birinchidan, davlat ahamiyatiga molik loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonini sifatli tashkil etish, muvofiqlashtirish, monitoring hamda nazorat qilishni taʼminlovchi loyiha boshqaruvining yagona tizimi mavjud emasligini;
ikkinchidan, loyihalarni amalga oshirish surʼati va samaradorligini tezkor kuzatish imkonini beruvchi ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining boshqaruv jarayoniga yetarlicha joriy etilmaganligini;
uchinchidan, davlat va hududiy dasturlarni, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ochiqlik va shaffoflik darajasining pastligi mazkur sohada moliyaviy mablagʻlar maqsadsiz va samarasiz sarflanishi, shuningdek turli xil suiisteʼmolchilik holatlarini keltirib chiqarayotganligini;
toʻrtinchidan, davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillari shaffofligini taʼminlovchi davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda davlat organlari va boshqa tashkilotlar deb yuritiladi)ning maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilingan yagona axborot maydonining mavjud emasligini;
beshinchidan, amalga oshirilayotgan loyihalarning maqsadga muvofiqligi, asoslantirilganligi va rentabelligini tahlil qilish hamda baholash, shuningdek ularning qiymatini oshirib koʻrsatish va boshqa suiisteʼmolchiliklar alomatlarini aniqlash boʻyicha ishlar samaradorligining pastligini;
oltinchidan, tovarlar, ishlar va xizmatlarning haqiqiy bozor qiymatini aniqlash imkonini beradigan yagona klassifikator ishlab chiqilmaganligini koʻrsatmoqda.
Shu bilan birga, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida davlat organlari faoliyati, shu jumladan davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilgan.
Loyiha boshqaruvining yagona axborot tizimini yaratish orqali davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalari amalga oshirilishini, moliyaviy mablagʻlar sarflanishini boshqarish mexanizmlarining samaradorligi va shaffofligini yanada oshirish, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimi:
har bir resursning (tovarlar, ishlar va xizmatlarning) haqiqiy bozor qiymatini shakllantirish hamda notoʻgʻri texnik topshiriq va smetalarni yuritishga yoʻl qoʻymaslik imkonini beradigan resurslar yagona milliy maʼlumotnomasini joriy etishni;
uch oʻlchamli loyihalash texnologiyasidan foydalangan holda resurslar hisobini yuritish, loyiha boʻyicha qabul qilingan qaror samaradorligini baholash, resurslar miqdori va turlari toʻgʻri belgilanganligini aniqlashni;
loyihaoldi, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va tegishli jarayonlardan oʻtkazish, ijro intizomiga rioya etish, ish yurituvi, hisobotlar tuzish ustidan elektron nazorat oʻrnatishni;
davlat xaridlarining shaffofligini va suiisteʼmolchiliklarning oldini olishni taʼminlaydigan yagona avtomatlashtirilgan tizim tashkil etishni;
ishlar bajarilishi va dasturlar ijrosining haqiqiy holatini aks ettiruvchi kalendar-tarmoq rejalashtirishni joriy etishni, shuningdek xabardor qilish tizimiga ega reja va jadvallarni shakllantirishni;
boshqaruv qarorlari qabul qilishning nazorat-tahliliy taʼminotini nazarda tutadi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tashkil etilsin.
Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini yaratish, joriy etish va ekspluatatsiya qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, zayom va grantlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalari ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishining samaradorligi va shaffofligini oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, zayom va grantlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirishga koʻmaklashishni taʼminlash, norentabelli va samaradorligi past loyihalarni aniqlash;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish konsepsiyalari ishlab chiqilishi va har tomonlama tahlil qilinishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimi ishlashini taʼminlovchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat organlari va boshqa tashkilotlarda joriy etish;
loyiha boshqaruvi sohasida kadrlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlarini koʻrish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
Agentlik direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan oʻrinbosarlariga ega;
Agentlik direktori maqomi, tibbiy va transport taʼminoti shartlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisiga, direktor oʻrinbosarlari esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Agentlik direktori va xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilanadi.
tender savdolari oʻtkazmagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish uchun zarur boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari) bilan eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida asbob-uskuna, texnika va materiallar, ehtiyot qismlari, dasturiy mahsulotlar, butlovchi buyumlarni yetkazish boʻyicha shartnomalar tuzishga;
yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilishga hamda ularga Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash bilan kelishgan holda erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada ish haqi va boshqa toʻlovlar belgilashga ruxsat etilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Agentlikning buyurtmalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish doirasida jalb qilinayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Agentlikning buyurtmalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish doirasida jalb etilayotgan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek ularni vaqtincha propiska qilish, turar joyi boʻyicha hisobga olishni hamda vaqtincha propiska qilish va turar joyi boʻyicha hisobga olish uzaytirilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Agentlikning buyurtmalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni respublikaga jalb qilishga ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek jalb etilayotgan xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini ishlab chiqish, joriy etish va ekspluatatsiya qilish uchun xorijiy investorlar mablagʻlarini, shu jumladan xalqaro moliya institutlari kreditlari va zayomlarini jalb etishga har tomonlama koʻmaklashsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur Farmon va Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimi joriy etilishi bilan bogʻliq boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Bosh prokuraturasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini va Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 24-iyul,
PF-5120-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi PF–5120-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash
TARKIBI
1.
Sh.M. Mirziyoyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Kengash raisi
2.
A.N. Aripov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Kengash raisining oʻrinbosari
3.
I.B. Abdullayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh proku�ori, Kengash raisining oʻrinbosari
4.
M.B. Nurmuratov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi
5.
B.A. Xodjayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri
6.
M.M. Ikramov
—
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri
7.
Sh.X. Shermatov
—
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchisi
8.
A.I. Axmedxodjayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi
9.
Lavozimga koʻra
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori.
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Kengash tarkibiga ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.