1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.08.00 Bandlikka koʻmaklashuvchi Davlat jamgʻarmasi (shuningdek, 06.03.03.00, 07.07.02.01larga qarang)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAQTINChALIK BIR MARTALIK ISh BILAN TAʼMINLASh MARKAZLARINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi 410-sonli “Vaqtincha, mavsumiy va bir martalik ishlarda band boʻlgan fuqarolarning mehnat faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 25-iyuldagi F-1218-son farmoyishi bilan tashkil etilgan fuqarolarning yollanib (kunbay) ishlashi toʻgʻrisidagi masalani oʻrganish boʻyicha Respublika komissiyasi tomonidan fuqarolar tomonidan vaqtinchalik bir martalik ishlar bajarilishi masalalari oʻrganib chiqildi.
Tahlillar vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi koʻpchilik shaxslar, eng avvalo yoshlar, ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelayotganligini, zarur mehnat koʻnikmalari, kasblar va malakaga ega emasligini koʻrsatdi. Shu bilan birga fuqarolarning muayyan qismi vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish bahonasi bilan oʻz oilaviy majburiyatlarini bajarishdan, oʻz oilalarini moddiy taʼminlashdan bosh tortishining koʻplab hollari mavjud, ular pasport tizimi qoidalarini buzmoqdalar.
Joylardagi hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan koʻrsatib oʻtilgan hodisalarni tugʻdiruvchi sabablarni oʻrganish boʻyicha ishlar juda qoniqarsiz olib borilayotganligini normal hol deb hisoblash mumkin emas, kichik va oʻrta biznesni, xizmat koʻrsatish sohasini, kasanachilik mehnatini hamda aholini mehnat faoliyatiga jalb etishning boshqa shakllarini keng rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar taʼminlanmayapti.
Ishsizlikning sabablarini oʻrganish va uni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining va uning joylardagi organlarining ishini qoniqarli deb boʻlmaydi. Mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilish mahalliy organlari tomonidan oʻtkazilayotgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari zarur samara bermayapti, ularda vaqtinchalik bir martalik ishlarni izlovchi shaxslar, shuningdek mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar faol qatnashmayapti.
Ish bilan mashgʻul boʻlmagan aholi bilan ishlash, fuqarolarni ishga joylashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yuzasidan ichki ishlar organlari, mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilish organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻzaro hamkorligi sust tashkil etilgan.
Fuqarolar vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanadigan oʻz-oʻzidan shakllanayotgan joylarda zarur jamoat tartibi va zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarning yoʻqligiga toqat qilib boʻlmaydi.
Vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolarning mehnat faoliyatini tartibga solish, ular uchun zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish va ularni ishga joylashtirishga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (Obidov), Ichki ishlar vazirligi (Almatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuqorida bayon etilgan salbiy hollarni keltirib chiqargan sabablarni, shuningdek fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlar bilan taʼminlash bozorini tashkil etishdagi jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish masʼuliyati yuklansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasida shahar va tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari huzurida yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazlari tashkil etilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanishda fuqarolarga koʻmaklashish;
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolarga yangidan tashkil etilgan va boʻsh ish joylarida ishga joylashish, kasb-kor tayyorgarligi, oʻz ishini tashkil etish va yuritish masalalari boʻyicha maslahat va kasbga yoʻllash xizmatlari koʻrsatish;
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish uchun fuqarolarni yollashda ish beruvchi xususiy shaxslarga koʻmaklashish;
vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarni keng xabardor qilish uchun xususiy ish beruvchilar tomonidan beriladigan ish turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bankini shakllantirish;
vaqtinchalik bir martalik ishga yollanuvchi fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishda jamoat tartibiga rioya qilish, pasport rejimi qoidalari, shuningdek mehnat xavfsizligining asosiy qoidalari toʻgʻrisida xabardor qilish;
manfaatdor ish beruvchilar va vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi shaxslar ishtirokida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini muntazam ravishda oʻtkazish;
vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish, ovqatlanish shoxobchalari tashkil etish;
jamoat tartibini saqlash, vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolar tomonidan qonun hujjatlari buzilishining oldini olish.
4. Quyidagilar:
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq;
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazining namunaviy tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
huzurida Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazi tashkil etiladigan shahar (tuman) Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktorining oʻrinbosari Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazi direktori hisoblanadi;
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazi direktori va Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazida doimiy ravishda boʻladigan shahar (tuman) ichki ishlar boʻlimi masʼul xodimi mehnatiga haq toʻlash tegishli ravishda shahar (tuman) Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi va ichki ishlar boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
(4-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Markazlarni barpo etish va ularga sarflanadigan joriy xarajatlar, shu jumladan Markazning bitta shtatdagi mutaxassisi mehnatiga Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga haq toʻlanadi;
vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarga, shuningdek ish beruvchi xususiy shaxslarga xizmatlar Markaz tomonidan tekin koʻrsatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Markazlar xodimlari oʻz lavozim majburiyatlarini bajarishlari ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasinlar, ularning vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarga nisbatan oʻz xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilishlariga yoʻl qoʻymasinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
fuqarolar vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanadigan joylarni hisobga olgan holda ikki hafta muddatda Markazlarning joylashtirilishini belgilasinlar va bir oy muddatda ushbu Markazlarni tashkil etsinlar;
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazlari huzurida ovqatlanish shoxobchalari tashkil etilishini va ish izlovchi fuqarolar uchun boshqa zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasinlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda aholining, birinchi navbatda kasb tayyorgarligiga ega boʻlmagan yoshlarning, ayollarning va sudning hukmi bilan jazoni oʻtagan shaxslarning ish bilan taʼminlanishi darajasini oshirish yuzasidan dasturiy maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar. Ushbu dasturlarda kichik va oʻrta biznesni, xususiy tadbirkorlikni, kasanachilik mehnatini rivojlantirish, maishiy xizmatlar sohasini kengaytirish yoʻli bilan fuqarolarni doimiy yashash joylarida ishga joylashtirish nazarda tutilsin;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
ichki ishlar organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish uchun doimiy yashash joyidan tashqariga muntazam ravishda ketib qolayotgan, oilani moddiy taʼminlashga oid majburiyatlarini bajarishdan bosh tortib yurgan, jamoatga zid turmush tarzi olib borayotgan shaxslarni ular doimiy yashaydigan joylarda ish bilan taʼminlash maqsadida monitoring olib borsinlar.
6. Oʻzbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining buyurtmalari boʻyicha Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazlarini zarur telefon aloqasi bilan jihozlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, basharti vaqtinchalik bir martalik ishlar Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazlari orqali bajarilsa, bunday ishlardan olingan fuqarolarning daromadlarini soliq solishdan ozod qilishni nazarda tutuvchi amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni oʻn kun muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudoyberganov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 18-may,
223-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-maydagi 223-son qaroriga 1-ILOVA
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazi toʻgʻrisida
2. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasida shahar (tuman) Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida fuqarolarning Vaqtinchalik bir martalik mehnat faoliyatini tartibga solish maqsadida tashkil etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Markazlarni joylashtirish vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollashning shakllangan joylari hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda belgilanadi.
vaqtinchalik bir martalik ishga yollanishda fuqarolarga koʻmaklashish;
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolarga yangidan tashkil etilgan va boʻsh ish joylarida ishga joylashish, kasb-kor tayyorgarligi, oʻz ishini tashkil etish va yuritish masalalari boʻyicha maslahat va kasbga yoʻllash xizmatlari koʻrsatish;
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish uchun fuqarolarni yollashda ish beruvchi xususiy shaxslarga koʻmaklashish;
vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarni keng xabardor qilish uchun xususiy ish beruvchilar tomonidan beriladigan ish turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bankini shakllantirish;
vaqtinchalik bir martalik ishga yollanuvchi fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishda jamoat tartibiga rioya qilish, pasport rejimi qoidalari, shuningdek mehnat xavfsizligining asosiy qoidalari toʻgʻrisida xabardor qilish;
manfaatdor ish beruvchilar va vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi shaxslar ishtirokida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini muntazam ravishda oʻtkazish;
Markazda vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish, ovqatlanish shoxobchalari tashkil etish;
jamoat tartibini saqlash, vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolar tomonidan qonun hujjatlari buzilishining oldini olish.
5. Markazning ish vaqti va tartibi shahar (tuman) hokimligi tomonidan mazkur joyda fuqarolar tomonidan vaqtinchalik bir martalik ishlarning bajarilishi borasida yuzaga kelgan xususiyatlarni eʼtiborga olgan holda belgilanadi. Qoidaga koʻra, Markazning ish vaqti soat 6.00 da boshlanadi, ishni tugatish vaqti soat 16.00. Markaz dam olish kunlarisiz ishlaydi.
Zaruratga qarab hokimlik Markazning boshqacha ish tartibi va vaqtini belgilashi mumkin.
6. Huzurida Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazi tashkil etiladigan shahar (tuman) Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktorining oʻrinbosari Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazi direktori hisoblanadi.
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazi direktori mehnatiga haq toʻlash shahar (tuman) Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
7. Markazda bitta shtatdagi xodim va ichki ishlar organlarining xodimi doimiy ravishda ishlaydi.
Markazning shtatdagi xodimlariga sarflanadigan xarajatlar Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Markazda doimiy boʻluvchi shahar (tuman) ichki ishlar boʻlimi xodimining mehnatiga tegishli shahar (tuman) ichki ishlar boʻlimi tomonidan haq toʻlanadi.
fuqarolarga xususiy ish beruvchilar va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bir martalik ishlarning muayyan turlarini bajarishga doir mavjud buyurtmanomalari toʻgʻrisida maʼlumotlar berishga;
xususiy ish beruvchilar va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishga doir buyurtmanomalarini qabul qilish va roʻyxatdan oʻtkazishga;
vaqtinchalik bir martalik ishlarning aniq turlariga boʻlgan ehtiyoj toʻgʻrisida maʼlumotlar bankini shakllantirish va muntazam ravishda yangilab turishga;
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishga yollanishda, shuningdek yangidan tashkil etilayotgan va boʻsh ish oʻrinlariga doimiy asosda ishga kirishda fuqarolarga koʻmaklashishga;
mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar, kasb-hunarga oʻqitish va qayta oʻqitish, oʻz ishini yoʻlga qoʻyishni tashkil etish masalalari boʻyicha fuqarolarga maslahat xizmatlari koʻrsatishga;
zarurat boʻlganda aniq masalalarni hal etish uchun mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining boshqa mutaxassislarini jalb etishga yoki yuzaga kelayotgan masalalarni hal etishda yordam olish uchun fuqarolarni tegishli mahalliy organlarga yoʻllashga;
yuridik shaxslar fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollash masalalari yuzasidan Markazga murojaat qilgan hollarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalari rasmiylashtirilishida koʻmaklashishga majburdirlar.
9. Markazda doimiy ravishda boʻluvchi ichki ishlar organlarining xodimi:
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarayotgan fuqarolar tomonidan jamoat tartibiga, pasport rejimiga rioya etilishini taʼminlashga;
vaqtinchalik bir martalik ish qidirayotgan fuqarolar tomonidan huquqni buzishlarning oldini olish yuzasidan profilaktika chora-tadbirlarini oʻtkazishga majburdir.
10. Markaz orqali vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanayotgan fuqarolar Markazda:
vaqtinchalik bir martalik ishlarga doir takliflar va tuman (shahar) korxonalaridagi mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Markaz xodimlarining mehnat va ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida amaldagi qonun normalari, shuningdek ayrim ish turlari boʻyicha xavfsiz ish usullari toʻgʻrisidagi maslahatni;
yuridik shaxslar fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollash masalalari yuzasidan Markazga murojaat qilgan hollarda mehnat shartnomalarini rasmiylashtirishda koʻmakni tekin olish huquqiga egadirlar.
11. Vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma beriladi.
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma olishga ariza berishda fuqarolar vaqtinchalik yoki doimiy roʻyxatdan oʻtgan yoxud turgan joyi boʻyicha hisobga olingan boʻlishlari, qonun hujjatlarida belgilangan pasport rejimiga va jamoat tartibiga rioya etishlari shart.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-fevraldagi 54-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 9-son, 88-modda)
111. Boshqa mintaqalardan kelgan fuqarolar uchun vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtish muddatiga, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha hisobga olish muddatiga beriladi. Bunda vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma muddati olti oydan ortiq boʻlishi mumkin emas.
112. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma olish uchun fuqaro tomonidan Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markaziga:
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan keladigan va vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanadigan fuqarolar turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻini ham taqdim qilishlari kerak.
113. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma ushbu Nizomning 112-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar taqdim etilgandan keyin ikki ish kuni mobaynida beriladi.
(111 — 113-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-fevraldagi 54-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 9-son, 88-modda)
12. Fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishga yollayotgan ish beruvchilar:
yollangan fuqarolarga xavfsiz mehnat sharoitini yaratib berishga;
fuqarolar tomonidan bajarilgan ishlar uchun ish haqini ogʻzaki kelishuvga muvofiq toʻliq hajmda va oʻz vaqtida toʻlashga;
fuqarolar vaqtinchalik bir martalik ishni bajarayotgan vaqtida ularga zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarni taʼminlashga;
yollangan xodim tomonidan amaldagi qonun hujjatlari talablari buzilishi va xodim vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarayotgan vaqtida u bilan yuz bergan baxtsiz hodisalar toʻgʻrisida Markazga yoki vakolatli organlarga zudlik bilan xabar berishga majburdir.
vaqtinchalik bir martalik ishlarga oid takliflar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
tuman (shahar) korxonalaridagi mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
mehnat va ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlaridan koʻchirmalar;
mehnat xavfsizligi qoidalariga doir yoʻriqnomalar, boshqa zarur maʼlumotlar joylashtiriladi.
15. Vaqtinchalik bir martalik ish qidirayotgan fuqarolarni ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar bilan taʼminlash maqsadida Markaz ovqatlanish shoxobchasi, sanitariya uzellari, shuningdek oʻtiradigan joylar bilan jihozlanadi.
16. Markazni barpo etish va uni joriy taʼminlash xarajatlari Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Vaqtinchalik bir martalik ish qidirayotgan fuqarolarga, shuningdek ish beruvchi xususiy shaxslarga Markaz bepul xizmat koʻrsatadi.
17. Mazkur Nizom fuqarolar va ish beruvchilarni Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazining faoliyat koʻrsatish qoidalari bilan tanishtirish maqsadida qulay va koʻrinarli joyga joylashtiriladi.
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga 1-ILOVA
(old tomoni)
_____________________________________________________da (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahri) vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi _______-son guvohnoma
Familiyasi
Muhr bilan tasdiqlangan fotosurat uchun joy
Ismi
Otasining ismi
Tugʻilgan yili
Tugʻilgan joyi
Doimiy yashash joyi manzili
Vaqtinchalik yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha hisobga olish manzili
Pasportning seriyasi va raqami, kim tomonidan va qachon berilgan
Guvohnomaning amal qilish muddati
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazi rahbarining F.I.O.
imzo va muhr
(Orqa tomoni)
Guvohnoma egasiga eslatma
Guvohnoma egasi guvohnomani pasport bilan birgalikda olib yurishi, zarur tarzda saqlashi va uni uchinchi shaxslarga bermasligi shart. Guvohnoma egasin�ng doimiy yoki vaqtincha yashash joyi yoxud turgan joyi boʻyicha hisobga olish manzili oʻzgargan taqdirda, u 5 kecha-kunduz mobaynida bu haqda Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markaziga maʼlum qilish shart. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish maqsadida guvohnoma egasi Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markaziga guvohnomaning amal qilish muddati tamom boʻlishidan 5 sutka oldin murojaat qilishi kerak. Agar Sizga nisbatan ish beruvchi tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilgan taqdirda, Siz Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markaziga telefonlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga 2-ILOVA
SOʻROVNOMA
Soʻrovnomaning tartib raqami _________
Soʻrovnoma toʻldirilgan sana 20 yil “___” ____________
Ismi
Familiyasi
vavavaiaivaiaivaivaivaaiva
Otasining ismi
Tugʻilgan sanasi
Tugʻilgan joyi
Jinsi
Doimiy yashash joyi manzili
Vaqtinchalik yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha hisobga olish manzili
Pasportning seriyasi va raqami
Kim tomonidan va qachon berilgan
Maʼlumoti
Mutaxassisligi
Mutaxassislik boʻyicha ish staji
Vaqtinchalik bir martalik ish izlash sababi
Qachon va qaysi xorijiy mamlakatlarga chiqqan
Xorijiy mamlakatlarga chiqishning maqsadi
Jinoiy javobgarlikka tortilganmi
Agar jinoiy javobgarlikka tortilgan boʻlsa, qachon va Jinoyat kodeksining qaysi moddasi boʻyicha javobgarlikka tortilgan
�
Soʻrovnomani qabul qilgan shaxsning F.I.O.
Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini kafolatlayman
Ariza beruvchining imzosi
(1 va 2-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-fevraldagi 54-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 9-son, 88-modda)