1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqning muqaddimasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 17-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1806-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 22-apreldagi 41-son “Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻining (roʻyxat raqami 1806, 2008-yil 12-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 20-21-son, 178-modda) muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-sonli “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 7-iyul,
97-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 29-son, 714-modda)