1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.02 (Кучини йукотган) Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-iyuldagi 300-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-iyundagi PF-3270-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 13-iyundagi 208-son qarorining 6-bandiga muvofiq hamda savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortishga oid oʻtkazilgan monitoring natijalariga koʻra Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2002-yil 1-noyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar idoraviy normativ hujjatlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 5-noyabr,
379-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-noyabrdagi 379-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 13-iyundagi 208-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 31-modda)ga 3-ilovadagi jadval quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Toʻlovchilar
Korxonalar boʻyicha soliq stavkalari (yalpi tushum hajmiga nisbatan foiz hisobida):
shahar va qishloq joylarda
uzoq va togʻli tumanlarda
Ulgurji va chakana savdo
5
3
Umumiy ovqatlanish: a) umumtaʼlim maktablari, maktab-internatlar, oʻrta va oliy oʻquv yurtlari huzuridagi umumiy ovqatlanish korxonalari;
2. Vazirlar Mahkamasining “Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish tartibi toʻgʻrisida” 2002-yil 12-iyuldagi 249-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 41-modda) bilan tasdiqlangan Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi tushumidan (tovar aylanmasi hajmidan) olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizomda: