toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.11.2024
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-noyabrdagi 758-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2002-yilning 1-sentabridan boshlab o‘qituvchilar va o‘quv yurtlari muallimlarining, ilmiy xodimlarning ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida” 2002-yil 7-avgustdagi PF-3112-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining quyidagi qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan xodimlar ro‘yxatida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 3-son, 11-modda):
6-bandning ikkinchi ustunidagi “14” raqami “18” raqamiga almashtirilsin;
7-bandning ikkinchi ustunidagi “16” raqami “20” raqamiga almashtirilsin;
8-bandning ikkinchi ustunidagi “640” raqami “800” raqamiga almashtirilsin;
9-bandning ikkinchi ustunidagi “720” raqami “800” raqamiga almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 31-32-son, 303-modda)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 31-oktabr,
375-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 20-son, 161-modda; 2008-y., 31-32-son, 303-modda)