1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (keyingi oʻrinlarda AKT deb ataladi) davlat boshqaruvi va davlat xizmatlari koʻrsatishning barcha sohalariga joriy etish boʻyicha bosqichma-bosqich oʻtkazilayotgan islohotlar axborot xizmatlarini ilgari surish, “elektron hukumat” tizimini rivojlantirish va amalga oshirish, xalq bilan muloqot qilish va aholining kundalik muammolarini joylarda oʻz vaqtida hal qilishning samarali mexanizmlarini yaratish imkonini berdi.
Bu borada erishilgan natijalarga qaramasdan, axborot texnologiyalari rivojlanishi va ularni iqtisodiyot sohalariga joriy etishning hozirgi holati, shuningdek mahalliy dasturiy mahsulotlarning eksport darajasi hali ham pastligicha qolmoqda. Axborot texnologiyalarining raqobatdosh va yuqori unumdorlikka ega tarmogʻini shakllantirish uchun mamlakatning fan va taʼlim sohasidagi salohiyatidan yetarlicha foydalanilmayapti.
Respublikada amal qilayotgan tashkiliy-iqtisodiy sharoit AKT sohasida tez oʻsishni namoyish etayotgan xorijiy mamlakatlarda yaratilgan sharoitlarga nisbatan mamlakatning raqobatdoshligi pastligini hisobga olgan holda ushbu sohaning yanada rivojlanishiga yetarli darajada yordam bermayapti.
AKTning jadal rivojlanishi yangi imkoniyatlarni ochib berar ekan, davlat tomonidan keng koʻlamli qoʻllab-quvvatlashni hamda respublikaning xalqaro AKT bozoridagi oʻrnini kuchaytirishni talab qiladi.
AKTdan foydalanishga asoslangan iqtisodiyotning yuqori texnologik tarmoqlarini shakllantirish va faol rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, axborot texnologiyalari mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va buyurtmachilariga qoʻshimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish hisobiga ushbu tarmoqda ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini yanada chuqurlashtirish, AKT mahsulotlari eksportini koʻpaytirish, shuningdek mahalliy va xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ragʻbatlantirish maqsadida:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
2. Belgilab qoʻyilsinki, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (keyingi oʻrinlarda — Texnopark) axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun eng qulay sharoitlarni yaratish maqsadida butun respublika hududida Texnopark rezidentlarini joylashtirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida eksterritoriallik prinsipi asosida tashkil qilinadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.07.00 Bojxona yigʻimlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
5. Texnopark rezidentlari 2028-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni, shuningdek ijtimoiy soliqni toʻlashdan;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, oʻz ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy taʼminot vositalari uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda:
har yili berilgan imtiyozlar va preferensiyalarning AKT milliy bozorining rivojlanishiga taʼsiri, ichki va tashqi bozorlarda dasturiy mahsulotlar va AKT xizmatlarining raqobatdoshligi darajasini tahlil qilsin va tahlil natijalarini keyinchalik Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritsin;
2017-yil 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizning dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarini ragʻbatlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2013-yil 20-sentabrdagi PQ-2042-son qaroriga muvofiq yaratilgan Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilari milliy reyestrining kelgusida faoliyat yuritishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi takliflarni Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritsin.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
8. Texnopark rezidentlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari boʻyicha xodimlar tomonidan 2028-yil 1-yanvargacha olingan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
7,5 foiz miqdordagi qatʼiy belgilangan stavka boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortilishi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
soliq solish maqsadida belgilanadigan jismoniy shaxslarning umumiy yillik daromadlari hajmiga kiritilmasligi belgilab qoʻyilsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda uch oy muddatda respublikada tovarlar va xizmatlarga haq toʻlash uchun xalqaro toʻlov kartalarini qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining bank hisob raqamlariga Internet butunjahon axborot tarmogʻidagi onlayn doʻkonlar orqali tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan valyuta tushumini hisobga olish tizimining mukammal ishlashiga doir zarur choralar koʻrsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi doimiy asosda Texnopark rezidentlari axborot texnologiyalari mahsulotlarining xorijga kirib borishini taʼminlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Innovatsiya markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, unda quyidagi tartib nazarda tutilsin:
Innovatsiya markazi va Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini tashkil etish;
yuridik shaxslarni rezident maqomini olishning aniq mezonlarini belgilashni hisobga olgan holda Innovatsiya markazi rezidentlari sifatida roʻyxatga olish;
Innovatsiya markazi rezidentlari uchun maxsus valyuta rejimini qoʻllash.
12. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Texnopark faoliyatining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil qilsin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 26-son, 576-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son, 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son; 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)