1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.06.00 Fanlar akademiyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy boʻlimi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2789-sonli qarori ijrosini taʼminlash va Navoiy viloyatidagi innovatsiya loyihalarini ishlab chiqish va joriy etish orqali iqtisodiyotning real sektorlari samaradorligini oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy boʻlimi faoliyatini tashkil etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishni taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.06.00 Fanlar akademiyasi]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy boʻlimi tashkil etilsin (keyingi oʻrinlarda — Boʻlim).
2. Boʻlimning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Navoiy viloyatining (keyingi oʻrinlarda — hudud) sanoat va qishloq xoʻjaligi tarmoqlari holatining tizimli tahlilini olib borish, muammoli masalalarni aniqlash va ularning samarali yechimini izlash uchun ustuvor ilmiy yoʻnalishlarni belgilash;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.14.00 Raqamli iqtisodiyot;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
hududning iqtisodiyot tarmoqlarini texnik va texnologik rivojlanishi, energo va resurstejamkor texnologiyalarni joriy etishni taʼminlash, ishlab chiqilayotgan mahsulotlarning tannarxini pasaytirishga yordam beruvchi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va oʻtkazish;
hududning texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.08.00 Fan-texnika faoliyati]
hududni yanada rivojlantirishga qaratilgan geologiya, konchilik ishi, metallurgiya, kimyo, geotexnologiya, robototexnika, mexatronika, nanotexnologiya, biotexnologiya, agrokimyo, ekologiya, avtomatika, energetika va mashinasozlik sohalarida fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni oʻtkazishda ishtirok etish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
hududning ilmiy va ilmiy-pedagog yuqori malakali kadrlari, taʼlim muassasalari oʻqituvchilari va sanoat korxonalari mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda ishtirok etish;
fan-taʼlim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi jarayonini jadallashtirishga koʻmaklashuvchi sharoitlar yaratish;
sanoat va qishloq xoʻjaligi sohalarida jahon va mamlakat ilm-fani yutuqlarini oʻrganish va tahlil qilish, hududning xususiyatlari va ehtiyojlarini inobatga olib, ulardan foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlarga xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, hududning muammolarini hal etish boʻyicha izlanishlar va ilmiy tadqiqotlar olib borish doirasida xalqaro hamkorlikni tashkil etish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy boʻlimi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.02.00 Mehnat sohasidagi boshqaruv]
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentiga, zarur hollarda, Boʻlimning tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.03.00 Nomlar va ramzlarning ishlatilishi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.07.00 Valyuta hisobvaraqlari]
Boʻlim davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va bank, shu jumladan, valyuta hisob raqamiga ega;
Boʻlimning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot har yili Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Prezidiumi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasining Ilmiy-texnik kengashi majlislarida tinglanadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari Boʻlim xodimlariga ham joriy etiladi;
Boʻlim raisi maqomi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti lavozimiga tenglashtiriladi va bir vaqtning oʻzida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi bosh direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari hisoblanadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]
Boʻlim raisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidentining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadi va ozod qilinadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasining Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy boʻlimi huzurida 2-ilovaga muvofiq tarkibda Idoralararo ilmiy-texnikaviy kengash tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
6. Boʻlim huzuridagi Idoralararo ilmiy-texnikaviy kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bogʻliq ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish;
fan, taʼlim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyalashuvi uchun qulay sharoitlar yaratish;
hududdagi tashkilotlar bilan shartnomalar asosida yangi ilmiy tadqiqotlar natijalari va innovatsiya ishlanmalarini amaliyotga joriy etishga koʻmaklashish;
yuqori ilmiy natijalarga erishgan va hududda ilm-fanning rivojlanishiga munosib hissa qoʻshgan olimlarni, jumladan yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash;
Boʻlimni moddiy-texnik taʼminlash uchun homiylik mablagʻlarini jalb etishga koʻmaklashish.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Navoiy kon- metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi bilan birgalikda Boʻlim huzuridagi Idoralararo ilmiy-texnikaviy kengash toʻgʻrisidagi Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.06.00 Fanlar akademiyasi]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
bir oy muddatda Boʻlimning ustavini tasdiqlasin va uni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazishni taʼminlasin;
ikki oy muddatda Boʻlimni yuqori malakali ilmiy kadrlar, shu jumladan, istiqbolli yoʻnalishlar boʻyicha taklif etilgan xorijiy olim — mutaxassislar bilan toʻldirish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin;
Boʻlim ilmiy xodimlarning yetakchi xorijiy ilmiy va taʼlim muassasalarida maqsadli tajriba orttirishlarini tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni taʼminlasin.
9. Boʻlim faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar hisoblansin:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi mablagʻlari, shu jumladan, tegishli ilmiy-texnologik ishlanmalarni joriy etish natijasida olingan sof foydaning 10 foizi miqdori;
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish uchun xoʻjalik shartnomalaridan kelib tushadigan tushumlar, xalqaro moliya va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlar grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
10. Boʻlim bepul foydalanish huquqi bilan Navoiy shahri, Gʻalaba shoh-koʻchasidagi Navoiy davlat konchilik instituti binosi manziliga joylashtirilsin.
11. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.09.00 Ilmiy tekshirish muassasalarining moddiy-texnik bazasi]
bir oy muddatda Boʻlim faoliyatini tashkil etish uchun zarur mebel, kompyuter texnikasi, jihoz va boshqa moddiy vositalar bilan taʼminlashni;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
Navoiy shahri, Meʼmorlar koʻchasi, 2-uy manzili boʻyicha joylashgan binoni Boʻlimning ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish va joylashtirish uchun uni kapital taʼmirlashni;
Boʻlimning ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlashni;
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakat ilmiy-tadqiqot muassasalaridan taklif etiladigan ilmiy maslahatchilarning vaqtincha yashashlari uchun turar-joy kompleksini qurishni taʼminlasin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-iyun,
PQ-3059-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi PQ-3059-sonli qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy boʻlimi
TUZILMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi PQ–3059-sonli qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy boʻlimi huzuridagi Idoralararo ilmiy-texnik kengash
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Idoralararo ilmiy-texnik kengash raisi
B.S. Yoʻldoshev
—
Fanlar akademiyasi prezidenti, Idoralararo ilmiy-texnik kengash raisi oʻrinbosari
Q.S. Sanaqulov
—
“Navoiy KMK” DK bosh direktori, Idoralararo ilmiy-texnik kengash raisi oʻrinbosari
K.B. Tursunov
—
Navoiy viloyati hokimi
M.M. Karimov
—
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari
M.R. Boltaboyev
—
Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori
I.B. Toʻramuratov
—
Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasi raisi
B.M. Sharipov
—
“Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisi
B.S. Nazarov
—
“Qizilqumsement” AJ boshqaruvi raisi
S.P. Bobosodiqov
—
“Elektrokimyozavod” AJ QK bosh direktori
K.X. Gʻaniyev
—
“NavoiyTES” AJ boshqaruvi raisi
N.P. Snitka
—
“Navoiy KMK” DK bosh muhandisi
B.T. Ibragimov
—
Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi
X.F. Botirov
—
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining Samarqand boʻlimi rahbari
S.L. Lutpullayev
—
Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti direktori
B.S. Zokirov
—
Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori
lavozimiga koʻra
—
Fanlar akademiyasining Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti direktori
A.U. Mirzayev
—
Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasining Geologiya va geofizika instituti direktori
S.S. Negmatov
—
Toshkent davlat texnika universitetining “Fan va taraqqiyot” DUK direktorining ilmiy maslahatchisi
Sh.Ya. Mirzaaxmedov
—
“Yuqori texnologiyalar oʻquv-eksperimental markazi” DK direktori
lavozimiga koʻra
—
Fanlar akademiyasining Navoiy boʻlimi raisi, Idoralararo ilmiy-texnik kengash kotibi
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Kengash tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 526-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son; 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)