toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.12.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish hamda tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 7-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat mulki ijarasining eng koʻp muddati besh yilni, kichik tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan xususiy tibbiyot tashkilotlari uchun esa oʻn yilni tashkil etadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-iyun,
382-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 537-modda)