1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.18.00 Elektron va elektrotexnika sanoati. Maishiy asbob-uskunalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Nukus shahrida elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish toʻgʻrisida
Qoraqalpogʻiston Respublikasida zamonaviy energiya tejovchi uskunalar ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlarni tashkil qilish va import oʻrnini bosadigan mahsulotlarni yanada mahalliylashtirish maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.18.00 Elektron va elektrotexnika sanoati. Maishiy asbob-uskunalar]
1. “Oʻzbekenergo” AJning umumiy qiymati 8 mln. AQSH dollari boʻlgan “Nukus shahrida (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha “Nukuselektroapparat” MCHJ korxonasini tashkil etish” (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) investitsiya loyihasini amalga oshirish va 2017-yilning 1-sentabriga foydalanishga topshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, umumiy qiymati 8 mln. AQSH dollari boʻlgan investitsiya loyihasi “Tanotrade AG” kompaniyasining (Shveysariya) 80 foiz ulushi va “Toshelektroapparat” MCHJ XK (Oʻzbekiston Respublikasi) tomonidan mahalliy investitsiyalar ekvivalenti 20 foiz ulushi boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri xorij investitsiyalarini jalb etish orqali amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
3. Quyidagilar investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
“Nukuselektroapparat” MCHJ — buyurtmachi;
“Issiqlikelektrloyiha” AJ — bosh loyiha tashkiloti;
“Element Plus” MCHJ — bosh pudratchi tashkiloti etib belgilansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang)]
4. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida 2017-yilning 15-avgustigacha qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirishga, istisno tariqasida, ruxsat etilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qoʻmitasi 2017-yilning 15-avgustigacha investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazishni hamda qurilish-montaj ishlarini sifatli bajarilishi yuzasidan lozim boʻlgan davlat arxitektura-qurilish nazoratini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bir oy muddatda belgilangan tartibda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha “Nukuselektroapparat” MCHJ korxonasi qurilishiga yer maydoni ajratilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.05.00 Sanoat uskunalari, mashinalari va asboblariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash. Asosiy fondlarning amortizatsiyasi]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ oʻz mablagʻlari hisobiga, mansubligi boʻyicha, qurilish hududiga tushgan amaldagi muhandislik kommunikatsiyalarini koʻchirish va ulash, shuningdek, loyiha hujjatlariga muvofiq ularning uzluksiz ishlab turishini hisobga olgan holda, muhandislik kommunikatsiyalari va temir yoʻl liniyasini ulash, bosh pudrat tashkilotlari oʻzlarining boʻlinmalarini belgilashni va tayyorlovchi-zavodlar yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyuterlari) bilan tender savdolarisiz eng yaxshi takliflar asosida, import qilinayotgan tovarlarni albatta yuklash oldi inspeksiyasini oʻtkazish sharti bilan, uskuna va materiallar, ehtiyot qismlari, butlovchi buyumlar va uzellar yetkazib berilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha 2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobiga qurilish hududiga tushgan mavjud vodoprovod tarmoqlarini koʻchirish va ulanishiga loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq markazlashgan investitsiyalar ajratishni taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2022-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzqurilishimateriallari” AK va “Oʻzbekneftgaz” MXK “Nukuselektroapparat” MCHJ ish hujjatlari asosida taqdim etilgan talabnomalari boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan sementni boshqariladigan narxlarda va yonilgʻi-moylash materiallarini oʻrtacha baholangan narxlarda toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnomalar boʻyicha ajratilishi va yetkazilishini taʼminlasin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-iyun,
PQ-3055-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 24-son, 495-modda, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)